Saidova Rayhon Bekmurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek mumtoz adabiyotida malomatiylik g‘oyasi va talqinlari (XI–XVI asrlar)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1957.
Ilmiy maslahatchining familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Haqqulov Ibrohim Chorievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Boltaboev Hamidulla Ubaydullaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Usmonov Qobil Uralovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malomat maslagi va uning shakllanish tarixini nazariy asoslash, uning boshqa tariqatlar bilan aloqasini belgilash, badiiy adabiyotga malomiylikning ta’sirini yoritish hamda qahramon ruhiy holatini belgilashda malomat holining ahamiyatini, Alisher Navoiy ijodiyotida malomat tushunchasi sharh va motivlarining ifodasini ochib berishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ahmad Yassaviy va uning izdoshlari, jumladan, XI–XVI asrlar mumtoz adabiyotida malomatiylik g‘oyalarining ta’siri aniqlanib, malomatning badiiy talqinlari  nazariy jihatdan dalillangan, shuningdek, malomat tasavvufiy maslak va holni ifodalovchi tushuncha o‘laroq izohlangan;
malomatiylik tariqatining yuzaga kelish omillari, malomat holining insoniyat ma’naviy-axloqiy tarbiyasidagi o‘rni asoslanib, malomat maslagi tajribalarining boshqa tariqatlarga bevosita ta’siri va nafs tarbiyasida malomiylikning muhim mavqei ochib berilgan;
“Lison ut-tayr” dostonidagi malomatiylik motivlari talqinidagi izchillikni yoritish bilan Haq oshig‘ining ma’naviy martabalariga e’tibor qaratilgan, badiiy adabiyot obrazlar tizimida malomiylikka tegishli ramziy timsollar va ularning ma’naviy-axloqiy mazmuni ochib berilgan;
Alisher Navoiy ijodiyotida malomatiylik g‘oyasining ma’rifiy mazmun-mohiyati ochib berilgan hamda  qahramonning axloqiy-ruhiy kamolotidagi roli belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbek mumtoz adabiyotida malomatiylik g‘oyasi va talqinlari (XI–XVI asrlar) ” mavzusida erishilgan ilmiy natijalardan:
malomatiylik tariqatining yuzaga kelish omillari va malomat holining insoniyat ma’naviy-axloqiy tarbiyasidagi o‘rni, Alisher Navoiy ijodiyotida malomatiylikning o‘ziga xos mazmun-mohiyati ochib berilib, qahramonning axloqiy-ruhiy kamolotidagi rolining belgilanishi, badiiy adabiyot obrazlar tizimida malomiy timsollar va ularning ma’naviy-axloqiy talqinlarini yoritishda FA-F1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” (2017-2020) fundamental tadqiqot grantida foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 2 noyabrdagi 326/1-son ma’lumotnomasi). Natijada maqolalar va dissertatsiyadan foydalanib keltirilgan bir qator ma’lumotlar loyihaning mazmunan boyitilishiga sabab bo‘lgan;
Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” tazkirasida zikr etilgan malomatiylar haqidagi ma’lumotlar, lirik merosida malomat kechinmalari, shuningdek, “Lison ut-tayr” dostonida malomatiylik g‘oyalari talqinlaridan PZ-20170930220 “Navoiy qomusini nashrga tayyorlash va chop etish” (2018-2020) amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2021 yil 6 dekabrdagi 3/1255-3399-son ma’lumotnomasi). Natijada malomat maslagi badiiy talqinida Navoiyning ishq, nafs, tavakkul, sabr, qanoat, ma’rifat tushunchalari xususidagi qarashlar mazkur amaliy loyiha metodologik asoslarini shakllantirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish