Rashidova Shaxzoda Raimovnaning
Falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy o‘zbek oilasida islom urf-odatlari va an’analarining evolyusiyasi”, 24.00.03 – Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fal287
Ilmiy rahbar: To‘ychieva Gulxumor Ummatalievna , filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.IsI./Tar/F.57.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: Toshqulov Jo‘ravoy O‘rinboevich, yuridik fanlari doktori, professor, Xuseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek oilasida islom urf-odat va an’analarining o‘zgarishi jarayonini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qur’oni karim Niso surasi (سورة النساء)  35-oyat tafsiri hamda Imom Molik va Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadislar sharhlari vositasida er-xotin nizolarini bartaraf etishda hakam (حكم) sifatida tomonlardan vakillar tayinlashga doir yarashtirish milliy an’anasi islom ta’limoti asosida shakllangani, zamonaviy mediatsiya institutining tarixiy ko‘rinishi ekani isbotlangan;
islom tarixida ijtimoiy munosabatlardan faqat nikohdagina «xutba o‘qish» (خطبة النكاح) amaliyotining joriy etilgani uning «qurbat» (قربة – Yaratganga yaqinlik) hosil qilish vositasi hamda oilaning muqaddasligi va birdamligiga ta’sir etuvchi omil ekani ochib berilgan;
o‘rta asrlarda mintaqa musulmon jamiyatlarida “mehribonlik uylari”ning bo‘lmaganligi islom dinida etim bolaning homiylik va vasiyligi 28 nafar qarindoshga tadrijiylik asosida yuklatilishi bilan izohlangani aniqlangan;
الصلاة – namoz ibodatidan (66 ta marotaba) farqli ravishda Qur’oni karimning 84 o‘rnida oilaga taalluqli masalalarning bayon etilishi hamda النساء – Ayollar, الطلاق – Taloq,  التحريم– Tahrim,  المجادلة– Mujodala singari oilaga doir suralarning nozil bo‘lishi hamda oilani saqlab qolishda ikki tomondan “vositachilik” amaliyotining joriy etilishi Ilohiy Kitobda oilaning muhim ekani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek oilasida islom urf-odatlari va an’analarining evolyusiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflap acocida:
Qur’oni karim Niso surasi (سورة النساء)  35-oyat tafsiri hamda Imom Molik va Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadislar sharhlari vositasida er-xotin nizolarini bartaraf etishda hakam (حكم) sifatida tomonlardan vakillar tayinlashga doir yarashtirish milliy an’anasi islom ta’limoti asosida shakllangani, zamonaviy mediatsiya institutining tarixiy ko‘rinishi ekani isbotlangani xususidagi ilmiy xulosalar, buyurtma asosida bajarilgan «Oilaviy hayotning shar’iy asoslari» nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 30 iyundagi 02-03 /4148-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu o‘quvchilarda oilalarni himoya qilish, farzand tarbiyasiga oid mas’uliyat samaradorligini oshirish, jamiyatda oilaviy ajrimlar soni kamayishiga erishish, yoshlarning oila va nikohning muqaddasligini keng tushunishlariga xizmat qilgan;
islom tarixida ijtimoiy munosabatlardan faqat nikohdagina «xutba o‘qish» (خطبة النكاح) amaliyotining joriy etilgani uning «qurbat» (قربة – Yaratganga yaqinlik) hosil qilish vositasi hamda oilaning muqaddasligi va birdamligiga ta’sir etuvchi omil ekani ochib berilganligi xususidagi ilmiy xulosalardan «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutining JHBL 10-son «Oilaviy ajralishlarning omillari va oqibatlari tahlili, ularni kamaytirish bo‘yicha takliflar (chora-tadbirlar)» ilmiy loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 16 noyabrdagi 01-09/632-son ma’lumotnomasi). Natijada, oilaviy ajrashishlar sonini kamaytirish va ularning oldini olishga qaratilgan mahallabay tadbirlarning samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘rta asrlarda mintaqa musulmon jamiyatlarida “mehribonlik uylari”ning bo‘lmaganligi islom dinida etim bolaning homiylik va vasiyligi 28 nafar qarindoshga tadrijiylik asosida yuklatilishi bilan izohlangani aniqlangani xususidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida bajarilgan «O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor» kitobi mazmuniga singdirilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2021 yil 3 dekabrdagi 02/495-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, keng jamoatchilikda oila haqidagi hozirgi zamon konsepsiyasi asosida oilaviy munosabatlarga doir islom qadriyatlari, urf-odatlarining mohiyati, ularning oilaviy munosabatlarni ham milliy, ham mintaqaviy darajalarda himoya qilish jarayoniga ta’siri to‘g‘risida tushunchalarning shakllanishiga xizmat qilgan;
الصلاة – namoz ibodatidan (66 ta marotaba) farqli ravishda Qur’oni karimning 84 o‘rnida oilaga taalluqli masalalarning bayon etilishi hamda النساء – Ayollar, الطلاق – Taloq,  التحريم – Tahrim,  المجادلة – Mujodala singari oilaga doir suralarning nozil bo‘lishi hamda oilani saqlab qolishda ikki tomondan “vositachilik” amaliyotining joriy etilishi Ilohiy Kitobda oilaning muhim ekani isbotlangani xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy vebportalidagi «Diniy savollarga javob beruvchi Koll-markaz» faoliyatida tizimli foydalanilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2021 yil 7 dekabrdagi 3523-son ma’lumotnomasi). Natijada, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, xotin-qizlar hamda voyaga etmagan bolalar huquq va manfaatlarini himoya qilish ishlarini tizimli amalga oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish