Ochilova Vaziraxon Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Talabalarga ingliz tilidagi leksik birliklarni metakognitiv yondashuv asosida o‘rgatish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1983.
Ilmiy rahbar: Rahimov G‘anisher Xudayqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xashimova Dildora O‘rinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kurbanbaev Djavod Aminbaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika  instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda ingliz tilidagi leksik birliklarni metakognitiv yondashuv asosida o‘rgatish jarayonini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1 va 2- bosqich talabalarining kredit modul` tizimida ingliz tili bo‘yicha bilimining CEFR ning V2 darajasiga tenglashtirishga qaratilgan metodik ta’minot mutaxassislik tiliga va shaxsga yo‘naltirilganlik, maqsadlarni to‘g‘ri shakllantirish, muvaffaqiyatli o‘sish uchun maqbul muhitni ta’minlash, zarur ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish kabi o‘z-o‘zini rivojlantirish prinsiplariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
yuqori darajadagi metakognitiv kompetensiyaga erishishda o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, maqsadlarni to‘g‘ri shakllantirish, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi interferension omillarni bartaraf etishga qaratilgan metodik ta’minot takomillashtirilgan;
talabalarga ingliz tili leksik birliklarini metakognitiv yondashuv asosida o‘qitish uchun mo‘ljallangan loyiha (Project-based Learning) texnologiyasi tatbiqining samaradorligi statistik styudent formulasi ko‘rsatkichlari orasidagi differensial tafovutni (15%) aniqlash orqali isbotlangan;  
o‘quv muhitida metakognitiv yondashuvni takomillashtirish tamoyillari o‘z-o‘zini baholash texnikasi (diversifikatsiya) orqali kredit-modul tizimida o‘qitish mezonlariga ustuvorlik berish asosida darsliklardagi mashqlar tizimini metakognitiv yondashuvga asoslangan holda shakllantirishga qaratilgan metodika ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarining filologik ta’lim yo‘nalishi talabalariga ingliz tili leksik birliklarini metakognitiv yondashuv asosida o‘qitish xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ingliz tili leksik birliklarini metakognitiv yondashuv asosida o‘qitishda metakognisiya, metakognitiv strategiya, metakognitiv kompetensiyalarning asosiy jihatlarini aniqlashtirishga oid xulosa va takliflardan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining “Uzluksiz ta’lim tizimida bir nechta chet tilini o‘rganish konsepsiyasi”ni tayyorlashda foydalanilgan (Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2021 yil 20 oktyabrdagi 01-800a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabaning intellektual faoliyatni amalga oshirish, muammoli vaziyatlarga oqilona echim topish, xotirasini mustahkamlash, refleksiyani rivojlantirishga xizmat qilgan;
filologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tili leksik birliklarga o‘qitishda metakognitiv yondashuv, loyiha texnologiyasi, mashqlar tizimidan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish, ingliz tili leksik birliklarini tanlash mezonlarini takomillashtirishga oid xulosa va takliflardan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining “Chet tili (ingliz, nemis, fransuz) bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2021 yil 20 oktyabrdagi 01-800a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda so‘zning kontekstual ma’nosini aniqlash, so‘z hajmini ikki tilda taqqoslash va o‘ziga xos milliy, xarakterli xususiyatlarni aniqlash qobiliyatini shakllantirishga xizmat qilgan;
kredit-modul tizimida talabalarga ingliz tilidagi leksik birliklarni metakognitiv yondashuv asosida tashkil etilgan o‘quv jarayonida metakognitiv yondashuvni kuchaytirish tamoyillari va metodlarini innovatsion o‘quv muhiti o‘z-o‘zini baholash texnikasi orqali o‘qitish talablariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid xulosa va takliflardan IOT-2012-1-32-sonli Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining “Tarjima nazariyasi va amaliyoti fanidan darslik yaratish” innovatsiya loyihasida foydalanilgan (Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining 2022 yil 6 yanvardagi 01-03-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning o‘zini-o‘zi baholash mezonidan foydalanishi ularga o‘z bilimlarini kuzatish, aks ettirish va mas’uliyatni o‘z zimmalariga olish imkonini beradi va ularning sa’y-harakatlari, taraqqiyotga va yutuqqa erishish uchun o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttiradi;
filologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining metakognitiv kompetensiyasini shakllantirish orqali ingliz tilini o‘qitishga oid xulosa va takliflardan A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti Xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha 26-08-2021.XTB 272-son “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish–2022” loyihasi doirasida ingliz tili fani o‘qituvchilari bilim ko‘nikmalarining samaradorligini oshirishda, mavjud dasturlar va qo‘llanmalarning takomillashuvida foydalanilgan (A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 22 noyabrdagi 01/09-1138/1-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar metakognitiv kompetensiyasining rivoji uning ma’naviy dunyosini kengaytirishda muhim omil bo‘lishi; samarali natijaga erishishi, qiyinchiliklarni  bartaraf etishi, shuningdek, o‘z ustida ishlash, o‘zini o‘zi bilish faoliyatini  rivojlantirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish