Ochilov Alisher To‘lis o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quyi Zarafshonda tarixiy jarayonlar va qadimgi antropogen landshaftning rivojlanishi (antik davriga qadar)”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar413.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Ilmiy rahbar: Cagdullaev Anatoliy Sagdullaevich, tarix fanlari doktori, professor, akademik.
Rasmiy opponentlar: G‘afforov Shokirjon Safarovich, tarix fanlari doktori, professor; Raimqulov Abdusaid A’zamovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Quyi Zarafshon vohasining qadimgi davr tarixi va moddiy madaniyatini, vohada miloddan avvalgi IV asrga qadar kechgan tarixiy-jarayonlar va qadimgi antropogen landshaftning rivojlanishi masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:
Quyi Zarafshon vohasida mezolit-neolit davrlarida ovchilar, baliqchilar va termachilar jamoalariga xos xo‘jalik-madaniy tipning o‘zga dasht hududlari (Markaziy Qizilqum, Orolbo‘yi) singari bir xilligi, o‘xshash tabiiy-geografik sharoitda umumiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayoni bilan belgilanganligi aniqlashtirilgan;
Quyi Zarafshon vohasida tosh, bronza va ilk temir davri tarixiy geografiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va vohada kechgan tarixiy-madaniy jarayonlar,  inson va atrof-muhitning o‘zaro munosabatlari hamda ta’siri natijasida antropogen landshaftning rivojlanishi, ishlab chiqaruvchi xo‘jalik turlarining taraqqiyot omillari, tarixiy-madaniy jarayonlarning o‘zgarish dinamikasi va qadimgi urug‘-qabilalar jamoalarining turmush tarzi va moddiy madaniyatidagi o‘zgarishlar asoslab berilgan;
Bronza davridan boshlab, Quyi Zarafshon va Janubiy Qizilqum hududlarida tabiiy resurslarni nisbatan jadallik bilan ishlatish natijasida madaniy landshaftning umumiy ko‘rinishi yangilanganligi hamda Quyi Zarafshon vohasidagi qadimgi etnik guruhlarning boshqa jamoalar bilan iqtisodiy-madaniy aloqalari, tashqi migratsiyalarning ta’siri natijasida vohada yangi madaniyat va etnik guruhlarning (Andronova madaniyati vakillari ta’siri natijasida) vujudga kelganligi dalillangan;
ilk temir davri manzilgohlari (qo‘rg‘onlari, qal’alar, qishloqlar)dan Sug‘dning markaziy va janubiy viloyatlariga nisbatan G‘arbiy Sug‘d (Quyi Zarafshon havzasi) aholisining kam sonliligi, voha jadal o‘zlashtirilmaganligi, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan notekis rivojlanganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quyi Zarafshonda tarixiy jarayonlar va qadimgi antropogen landshaftning rivojlanishi tarixini tadqiq etish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar, ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Quyi Zarafshon vohasida mezolit-neolit davrlarida ovchilar, baliqchilar va termachilar jamoalariga xos xo‘jalik-madaniy tipning o‘zga dasht hududlari (Markaziy Qizilqum, Orolbo‘yi) singari bir xilligi, o‘xshash tabiiy-geografik sharoitda umumiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayoni bo‘yicha ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida jonli tarzda efirga uzatiladigan “Tarixiy savol” tok-shousida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat unitar korxonasining 2021 yil 11 oktyabrdagi 44-40-1097-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarga Quyi Zarafshonning qadimgi davr tarixi,  vohada antropogen landshaftning shakllanishi va rivojlanish omillari bo‘yicha tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan;
Quyi Zarafshon vohasida tosh, bronza va ilk temir davri tarixiy geografiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va vohada kechgan tarixiy-madaniy jarayonlar,  inson va atrof-muhitning o‘zaro munosabatlari hamda ta’siri natijasida antropogen landshaftning rivojlanishi, ishlab chiqaruvchi xo‘jalik turlarining taraqqiyot omillari, tarixiy-madaniy jarayonlarning o‘zgarish dinamikasi va qadimgi urug‘-qabilalar jamoalarining turmush tarzi va moddiy madaniyatidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Buxoro viloyat Madaniy meros boshqarmasiga taqdim etilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 01-31-08.10.2021-son ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan arxeologik ob’ektlarni xatlovga olish va ular haqida ma’lumotlar tayyorlash imkoniyati yaratilgan;
Bronza davridan boshlab, Quyi Zarafshon va Janubiy Qizilqum hududlarida tabiiy resurslarni nisbatan jadallik bilan ishlatish natijasida madaniy landshaftning umumiy ko‘rinishi yangilanganligi hamda Quyi Zarafshon vohasidagi qadimgi etnik guruhlarning boshqa jamoalar bilan iqtisodiy-madaniy aloqalari, tashqi migratsiyalarning ta’siri natijasida vohada yangi madaniyat va etnik guruhlarning (Andronova madaniyati vakillari ta’siri natijasida)  vujudga kelganligiga doir ko‘rgazma tashkil etishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 27 oktyabrdagi 03-46/9646-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar muzey eksponatlarini davriy jihatdan kengaytirishga va boyitishga xizmat qilishdan tashqari, “Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi”ga keluvchilarga xizmat qiladigan Gidlarning ilmiy bilimlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
ilk temir davri manzilgohlari (qo‘rg‘onlari, qal’alar, qishloqlar)dan Sug‘dning markaziy va janubiy viloyatlariga nisbatan G‘arbiy Sug‘d (Quyi Zarafshon havzasi) aholisining kam sonliligi, voha jadal o‘zlashtirilmaganligi, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan notekis rivojlanganligi  to‘g‘risidagi ma’lumotlardan «O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tosh, ilk metallar va antik davrlari yodgorliklarini tizimli tadqiq etish, hamda O‘zbekiston xalqlari tarixiy merosi ob’ektlarini saqlash» (2017-2020 yy)  mavzusidagi FA-F-1-001 raqamli amaliy ilmiy loyihani bajarishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Milliy arxeologiya markazining 2021 yil 28 oktyabrdagi 356-son ma’lumotnomasi). Natijada Quyi Zarafshon vohasi arxeologik yodgorliklarini o‘rganish, saqlash bo‘yicha ishlarni rejalashtirish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish