Qurbonov Nuriddin Yahyoqulovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktab o‘qituvchisining ijodiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped760.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01.
Rasmiy opponentlar: Ibraimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Meliev Xamidulla Abdullaevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktab o‘qituvchisining ijodiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab o‘qituvchisining kasbiy-ijodiy kompetentligini rivojlantiruvchi tashkiliy-pedagogik sharoitlar va texnologiyalarni ta’lim jarayoniga kiritish hamda kreativ kompetentlikning motivatsiyali, gnesologik, texnologik va empatiya singari mezonlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
maktab o‘qituvchisini baholash diagnostikasi mazmuniga kreativ, kognitiv, pragmatik, refleksiv rivojlantirish kabi komponentlarni kiritish orqali ijodiy kompetentlik kvalimetriyasi takomillashtirilgan;
malaka oshirayotgan o‘qituvchilarning faoliyatida ijodiy kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan komponentli modelga maqsadli, diagnostik, motivatsion-faoliyatli singari tarkibiy tuzilmalarni hamda empatiyaga moyil, yuksak axloqli va ijodkorlik kompetensiyalarini baholash mezonlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
maktab o‘qituvchisining ijodiy kompetentligini rivojlantirishga mo‘ljallangan uch bosqichli innovatsion texnologiyalarni qo‘llash yuzasidan o‘qituvchining kommunikativ-ijodiy kompetentligi va kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish hamda o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktab o‘qituvchilarining ijodiy kompetentligini rivojlantirish asosida:
ijodiy kompetentlikning kreativ, kognitiv, pragmatik, refleksiv rivojlantirish mezonlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan takliflardan P3-2014-0910185149-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishda yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” amaliy loyihaning maqsadli vazifalarini bajarishda foydalanilgan va xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (Xalq ta’limi Vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2021 yil 23 iyundagi 01/11–03/03-863–son ma’lumotnomasi). Natijada, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida o‘qituvchilarning ijodiy kompetentligi diagnostikasi xizmat servisi takomillashtirilgan;
maktab o‘qituvchisini baholash diagnostikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan kvalimetriyaga oid tavsiyalardan P3-2014-0910185149-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishda yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” amaliy loyihaning maqsadli vazifalarini bajarishda foydalanilgan (Xalq ta’limi Vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2021 yil 23 iyundagi 01/11–03/03-863–son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab o‘qituvchisining ijodiy kompetentligini rivojlantirish haqida etarlicha ma’lumotga ega bo‘lish va ular asosida ijodiy kompetentlikni tahlil qilish va baholash imkoniyatlari kengaygan;
takomillashtirilgan diagnostika metodikalari, trening texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash yuzasidan taklif etilgan tavsiyalardan 2015-2017 yillarda bajarilgan P3-2014-0910185149-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishda yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” amaliy loyihaning maqsadli vazifalarini bajarishda foydalanilgan (Xalq ta’limi Vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2021 yil 23 iyundagi 01/11–03/03-863–son ma’lumotnomasi). Natijada, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida malaka oshirayotgan o‘qituvchilarning o‘zaro ta’siri va faoliyati vositasida ijodiy kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qiladigan 5 blokli va 12 ta tuzilmaviy komponentli model` takomillashtirilgan;
o‘qituvchilar ijodiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan 2015-2017 yillarda bajarilgan P3-2014-0910185149-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishda yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” mavzusidagi amaliy grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Xalq ta’limi Vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2021 yil 23 iyundagi 01/11–03/03-863–son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab o‘qituvchisining ijodiy kompetentligini rivojlantirish darajalarini tahlil qilish va baholashga xizmat qilgan.