Nosirova Ra’no Xamidovnaning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Metakognitiv ko‘nikmalarni shakllantiruvchi  klaster asosida bolalarni maktabga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.08 –Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped1053.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shahzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: A’zamova Maloxat Nadjimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa   doktori  (PhD); Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi metakognitiv ko‘nikmalarni shakllantiruvchi klaster asosida bolalarni maktabga tayyorlashning samarali usullarini aniqlash va texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bolalarni maktabga tayyorlashning pedagogik-psixologik  xususiyatlari maktabgacha ta’limning didaktik funksiyalariga doir pedagogik jarayonda o‘yinli ta’limning erkinlik, ko‘rgazmalilik, vaziyatboplik kabi tamoyillariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
metakognitiv ko‘nikmalarni shakllantiruvchi klasterni joriy etish modeli bolalarda noyoblikni yuzaga chiqaruvchi nutq va jismoniy harakatlar uyg‘unligini namoyon etish kabi integral indikatorni bola rivojlanish xaritasi mazmuniga kiritish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’limning metabilish usullari metakognitiv ko‘nikmalarni shakllantiruvchi maqsadli hamkorlik klaster mexanizmi hamda bolalarni maktabga kompleks tayyorlashning tashkiliy-metodik omillarini pedagoglar innovatsion faoliyatiga integrativ tatbiqi asosida  optimallashtirilgan;
bolalarni maktabga tayyorlashning didaktik ta’minoti teskari ta’lim elementlari(uyda bajarilgan topshiriqqa mashg‘ulotda tayanish)ni maktabgacha ta’lim o‘quv-tarbiyaviy jarayonining tayyorgarlik bosqichi mazmuniga singdirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Metakognitiv ko‘nikmalarni shakllantiruvchi klaster asosida bolalarni maktabga tayyorlash yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha ta’limda metakognitiv ko‘nikmalarni shakllantiruvchi klaster vositasida bolalarni maktabga tayyorlashning pedagogik-psixologik xususiyatlari maktabgacha ta’limning umumiy funksiyalariga qaratilgan pedagogik jarayonda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim nazariyalariga doir taklif va tavsiyalaridan “Maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari” o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘i). Natijada, metakognitiv ko‘nikmalarni shakllantiruvchi klaster asosida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bolalarni maktabga tayyorlashning metabilish usullari maktabgacha ta’limda metakognitiv ko‘nikmalarni shakllantiruvchi klaster tamoyillarini bilishning regulyativ jarayoniga konsentrik optimallashtirishga oid taklif va tavsiyalari asosida A1-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy  va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy ahloqiy tarbiyalashning muammolari” nomli loyihaning protsessual qismini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 7 fevraldagi 23-son ma’lumotnomasi). Natijada, klaster sharoitida bolalarni maktabga tayyorlashning yaxlit tizimidan foydalanish orqali maktabgacha ta’lim samaradorligini monitoring qilish imkoniyati yaratilgan;
maktabgacha ta’limda metakognitiv ko‘nikmalarni shakllantiruvchi klasterni joriy etish modeli bolalarda shakllanishi lozim bo‘lgan soha kompetensiyalari darajalarini belgilovchi indikatorlarni bolalardagi noyoblikni yuzaga chiqaruvchi texnologiyalardan foydalanishga doir tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi DUK madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar muharririyatining “Bolalar uchun”, “Ta’lim taraqqiyoti” radioeshittirishlarini tayyorlashda (2020–2021 yy.) foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradio-kompaniyasining 2021 yil 30 noyabrdagi 04-25-1824-son ma’lumotnomasi). Natijada, radio-eshittirishlar mazmunan boyishi va faktik materiallar bilan ta’minlanishiga erishilgan;
metakognitiv ko‘nikmalarni shakllantiruvchi klaster asosida bolalarni maktabga tayyorlashning didaktik ta’minotini zamonaviy ta’lim muhiti komponentlarining  mazmuniy va faoliyatli integratsiyasi asosida takomillashtirishga asoslangan taklif va tavsiyalardan A1-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy  va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy ahloqiy tarbiyalashning muammolari” nomli loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 7 fevraldagi 23-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagoglarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv-tarbiyaviy faoliyatni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish ko‘nikma va malakalari ortgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish