Meliqo‘ziev Iqboljon Mamasodiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek badiiy fil`mlarida kinooperatorlik mahorati», 17.00.03-Kino san’ati. Televidenie (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/San18. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Ilmiy rahbar: Tojiboeva Oltinoy Qosimovna, san’atshunoslik fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01. 
Rasmiy opponentlar: To‘laxo‘jaeva Muhabbat Turobovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Oybek Veysal o‘g‘li Kopadze, san’atshunoslik fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek badiiy kinosida kinooperatorlik mahorati rivojlanish tarixini va taraqqiyot bosqichlarini, ijodiy maktabning o‘ziga xos jihatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy badiiy kinoda tasviriy echim yaratish, kinotasvir tilini boyitish, kinooperatorlik uslublari rang-barangligiga erishish hamda kompozisiya, nur, soya, rang, optika, kadr formati, rakurs, mezansahna (mezankadr), ramz, metafora vositalaridan badiiy yaxlitlik yo‘lida foydalanish mahorati turli o‘lchamlar, formatlar, texnik-texnologik omillar hamda  ijtimoiy-madaniy muhit ta’sirida namoyon bo‘lganligi sababli bosqichli xarakter kasb etganligi dalillangan; 
kichik hajmdagi (22, 25, 35) ob’ektivda va stedikam sistemasi mavjud bo‘lmagan sharoitda monumental va rangtasvir (jivopis`)li vizual obrazlar yaratishga asos solgan o‘zbek kinooperatorlik maktabining mumtoz an’analari hozirgi raqamli texnologiyalar davrida turli millatlar (hind, koreys, turk) fil`mlariga taqlid qilish hamda videokliplar, reklama roliklariga xos qisqa, yirik planli montaj, ekspressiv yoritish kabi tasviriy usullarga yo‘l qo‘yish va buning natijasida zamonaviy jarayonlarda kinokadr kompozisiyasi, badiiy yoritish, ranglar echimi, metaforik tasvir mezonlari o‘zgarib borayotgani sababli ustuvor ahamiyat kasb etganligi aniqlangan; 
zamonaviy kino ifoda tili, tasviriy echim yaratish konseptlari, raqamli texnika imkoniyatlari kabi ijodiy-texnologik jihatlar hamda kompozisiya va tasviriy echim yaratish, yorug‘likni qo‘llash kabi badiiy an’analardan foydalanish mezonlari milliy maktab xususiyatlarini saqlab qolish, unga vorisiylikni shakllantirish kabi yangi davr tamoyillariga bog‘liqligi dalillangan;
o‘zbek badiiy kinosida XX asrning 40-yillarida Daniil Demuskiy fil`mlari (“Tohir va Zuhra”, “Nasriddinning sarguzashtlari”) bilan kinooperatorlik tasvir madaniyati va ijodiy maktabga asos solinganligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek badiiy fil`mlarida kinooperatorlik mahorati shakllanishi, rivojlanishi, xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek badiiy kinosida o‘tgan asrning 40-yillarida Daniil Demuskiy fil`mlari (“Tohir va Zuhra”, “Nasriddinning sarguzashtlari”) bilan kinooperatorlik tasvir madaniyati va ijodiy maktabga asos solinganligi; milliy uslubning plastik ifodasi o‘lkamiz muhiti, iqlimi, xususiyatidan kelib chiqib, aniq tasviriy dramaturgiyaga ega bo‘lgan vizual obraz va tasviriy echimda kadr postanovkasi, yorug‘lik eksponometridan foydalanish me’yorlarini belgilash o‘ziga xos xarakterda shakllanganligi hamda tomoshabin idroki, tasviriy an’analar va ekran obrazining o‘zaro aloqadorligi hamda badiiy ifoda elementlari korrelyasiyasiga asoslangan vizual tasvirning dominant ahamiyatiga alohida e’tibor qaratish kabi badiiy-estetik mezonlar isbotlangani bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda san’at, madaniyat kollejlarida ta’lim faoliyatini yanada takomillashtirish ilmiy-nazariy malaka talablari, o‘quv rejalari, namunaviy o‘quv fan dasturlari, darslik, o‘quv qo‘llanmalar yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 7 fevraldagi 01-11-10-827-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek kinosida operatorlik mahoratining shakllanish va rivojlanish yo‘llariga qaratilgan kasbiy ta’lim sifatini oshirishga erishilgan; 
milliy badiiy kinoda tasviriy echim yaratish, kinotasvir tilini boyitish, kinooperatorlik uslublari rang-barangligiga erishish, hamda kompozisiya, nur, soya, rang, optika, kadr formati, rakurs, mezansahna (mezankadr), ramz, metafora vositalaridan badiiy yaxlitlik yo‘lida foydalanish mahorati turli o‘lchamlar, formatlar, texnik-texnologik omillar hamda  ijtimoiy-madaniy muhit ta’sirida namoyon bo‘lgani sababli bosqichli xarakter kasb etganligi dalillangani bilan bog‘liq natijalar zamonaviy o‘zbek kinooperatorlik san’ati amaliyotida katta ahamiyat kasb etib, “O‘zbekkino” Milliy agentligining davlat va nodavlat kinostudiyalari ijodiy izlanishlarida qo‘llanilgan (“O‘zbekkino” Milliy agentligining 2018 yil 31 yanvardagi 01-05/01-152-son ma’lumotnomasi). Natijada kinooperatorlik ta’limida nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan; 
kichik hajmdagi (22, 25, 35) ob’ektivda va stedikam sistemasi mavjud bo‘lmagan sharoitda monumental va rangtasvir (jivopis`)li vizual obrazlar yaratishga asos solgan o‘zbek kinooperatorlik maktabining mumtoz an’analari hozirgi raqamli texnologiyalar davrida turli millatlar (hind, koreys, turk) fil`mlariga taqlid qilish hamda videokliplar, reklama roliklariga xos qisqa, yirik planli montaj, ekspressiv yoritish kabi tasviriy usullarga yo‘l qo‘yish va buning natijasida zamonaviy jarayonlarda kinokadr kompozisiyasi, badiiy yoritish, ranglar echimi, metaforik tasvir mezonlari o‘zgarib borayotgani sababli ustuvor ahamiyat kasb etishi aniqlangani bo‘yicha olingan xulosalardan O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi Kinooperatorlik gil`diyasi faoliyatini yanada takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasining 2021 yil 18 yanvardagi 001-a-son ma’lumotnomasi). Natijada uyushmaning mutaxassislik kafedrasi bilan ishlashdagi hamkorlik rejalari doirasini kengaytirishga erishilgan;
zamonaviy kino ifoda tili, tasviriy echim yaratish konseptlari, raqamli texnika imkoniyatlari kabi ijodiy-texnologik jihatlar hamda kompozisiya va tasviriy echim yaratish, yorug‘likni qo‘llash kabi badiiy an’analardan foydalanish mezonlari milliy maktab xususiyatlarini saqlab qolish, unga vorisiylikni shakllantirish kabi yangi davr tamoyillariga bog‘liqligi dalillangani bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida “Kinoteleoperatorlik mahorati (badiiy fotografiya shakllanish va taraqqiyot jarayonlari)” /Toshkent: Lesson press, 2017. - B.276/ deb nomlangan darslik nashr etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-145-son ruxsatnomasi). Natijada mutaxassislik fanini o‘qitish bo‘yicha o‘zbek tilida yaratilgan darslik ta’lim tizimiga olib kirilgan; 
milliy uslubning plastik ifodasi o‘lkamiz muhiti, iqlimi, xususiyatidan kelib chiqib, aniq tasviriy dramaturgiyaga ega bo‘lgan vizual obraz va tasviriy echimda kadr postanovkasi, yorug‘lik eksponometridan foydalanish me’yorlarini belgilashning o‘ziga xos xarakterda shakllanganligi hamda tomoshabin idroki, tasviriy an’analar va ekran obrazining o‘zaro aloqadorligi hamda badiiy ifoda elementlari korrelyasiyasiga asoslangan vizual tasvirning dominant ahamiyatiga alohida e’tibor qaratish kabi badiiy-estetik mezonlar isbotlangani bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalardan YuNESKO IChKAP tashkilotining “2015–2018 yillarda O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosni videohujjatlashtirish” Xalqaro grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining 2018 yil 30 oktyabrdagi 257-18-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihani o‘zbek badiiy kinosida ijodiy maktab xususiyatlari borasidagi ilmiy manbalar hisobiga boyitishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish