Maxmudov Mansurjon Abdugopporovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XX asrning 20-30 yillari O‘zbekistonda madaniy meros masalalari (davr matbuoti materiallari asosida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2018.4.PhD/Tar.396.
Ilmiy rahbar: Mustafaeva Nodira Abdullaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor; Xushvaqov Nabi Olimovich, tarix fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning 20-30 yillari O‘zbekistonda madaniy meros masalalari bilan bog‘liq jarayonlar va ularning davr matbuotida yoritilishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Bol`sheviklar hukumatining Turkiston xalqlarini milliy madaniyat va qadriyatlaridan uzoqlashtirish maqsadi bo‘lgan bir sharoitda mahalliy ziyolilarning madaniy merosni, milliy adabiyot, milliy san’at va xalq og‘zaki ijodini saqlash borasidagi sa’i harakatlari, ular tomonidan  o‘rta asr allomalarining ijodiga murojaat etilgan ilmiy tadqiqiy asarlar ko‘plab chop etilganligi, biroq mafkuraviy tazyiqlar oqibatida asar muallifiga “o‘tmishni qo‘msamoqda”, “o‘tmishni ideallashtirmoqda” yoki “xalqlar do‘stligini buzib ko‘rsatgan” ayblovlar qo‘yilganligi asoslangan; 
mustabid tuzum sharoitida xalq ijodiyoti, milliy musiqiy merosni tadqiq va targ‘ib etish ishlari yo‘lga qo‘yilganligi, biroq, ulardan “sinfiy mohiyat” izlanganligi tufayli bu asarlar davr mafkuraga mos kelmaydigan jihatlardan tozalanib, chop etilganligi dalillangan; 
1920-1930 yillarda yaratilgan tadqiqotlarda o‘lka tarixi, etnografiyasi, topografiyasi, osori-atiqalari tarixi keng ochib berilganligi isbotlangan;
o‘rganilayotgan davrda madaniy merosni asrash bo‘yicha ilmiy muassasalar, kutubxonalar, muzeylar tashkil etish, yodgorliklarni ro‘yxatga olish, ilmiy o‘rganish, muhofaza qilish va ta’mirlash borasida dastlabki qadamlar qo‘yilganligiga qaramay, mutaxassis kadrlarning etishmasligi sababli bu ishlar etarli darajada amalga oshirilmaganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asrning 20–30 yillari O‘zbekistonda madaniy meros masalalari (davr matbuoti materiallari misolida) mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflari asosida:
Bol`sheviklar hukumatining Turkiston xalqlarini milliy madaniyat va qadriyatlaridan uzoqlashtirish maqsadi bo‘lgan bir sharoitda ziyolilarning madaniy merosni, milliy adabiyot, milliy san’at va xalq og‘zaki ijodini saqlash borasidagi sa’i harakatlariga doir taqdim etilgan davr matbuoti materiallari, arxiv ma’lumotlari, turli fotosuratlar asosida Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida yangi ko‘rgazma tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 8 apreldagi 05-12-08-1900-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2995-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan;
mustabid tuzum sharoitida madaniy merosni asrash bo‘yicha ilmiy muassalar, kutubxonalar, muzeylar tashkil etish, shuningdek, yodgorliklarni ro‘yxatga olish, ilmiy o‘rganish, muhofaza qilish va ta’mirlash borasida ijodi ishlar, 1920–1930 yillarda xalq ijodiyoti, milliy musiqiy merosini ilmiy tadqiq va targ‘ib etish ishlari yo‘lga qo‘yilganligi, biroq, bularning barcha kuchli siquv va nazorat ostida olib borilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida “O’zbekiston tarixi” telekanalida 2021 yil 10 fevralda efirga uzatilgan “Mavzu” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 26 maydagi 01-35-833-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarga madaniy merosni o‘rganish, tarixiy bilimlarni rivojlantirishga hissa qo‘shgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish