Matkarimov Akramjon Muxtorovichning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “PISA halqaro baholash dasturi asosida o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini shakllantirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1535.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Muhayyo Botiralievna Artikova, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor;  Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi PISA xalqaro baholash dasturi asosida o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash, pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirishning pedagogik xususiyatlari va shart-sharoitlari PISA xalqaro baholash dasturi konsepsiyasida mavjud shaxsga qo‘yilgan tezkor tahlil va hayotiy qaror qabul qilish kabi talablarni milliy ta’lim tizimi me’yoriy talablari bilan integrallashuvini barqaror ta’minlash asosida aniqlashtirilgan; 
PISA xalqaro baholash dasturi topshiriqlariga o‘xshash topshiriqlar ishlab chiqishning didaktik imkoniyatlari fanlarga oid integrativ keyslardan iborat  kontekstual ma’lumotlarni topshiriq natijalarini baholash varaqasi mezonlari asosida o‘quv jarayoniga intensiv ta’sirchanlik muhitida kiritish orqali aniqlashtirilgan; 
o‘quvchilar tayanch kompetensiyalarini shakllantirish modeli xalqaro baholash dasturiga tayyorgarlikning o‘quv-me’yoriy (metodik ta’minot, samaradorlik preferensiyalari), tashkiliy («sinf menejmenti», pedagogik shart-sharoitlar) komponentlarini didaktik (analog topshiriqlar, konseptual tamoyillar, kognitiv mustaqillik, emotsional labilizatsiya) muhitda o‘quvchilarning qayta aloqaga kirishish darajasi progressiv dinamikani o‘quv davrlari kesimida barqarorlashtirish asosida takomillashtirilgan; 
o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirishning didaktik ta’minoti ta’lim oluvchilarning o‘quv potensialiga yo‘nalgan differensial, variativ o‘quv muhitiga tizimli va davriy takroriy munosabatda ergonomik qo‘llash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. PISA xalqaro baholash dasturi asosida o‘quvchilar tayanch kompetensiyalarini shakllantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirishning pedagogik xususiyatlari va shart-sharoitlari PISA xalqaro baholash dasturi konsepsiyasida keltirilgan konseptual jarayonlar  va shaxsga qo‘yilgan talablarni milliy ta’lim tizimi me’yoriy talablari bilan integrallashuv darajasining real ta’limiy sharoitdagi barqarorligini ta’minlashga doir taklif va tavsiyalardan tayanch maktab trener-o‘qituvchilari mo‘ljallangan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan (Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazining 2020 yil 11 noyabrdagi 86-01-52-son ma’lumotnomasi). Natijada, tayanch umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarini PISA xalqaro baholash dasturiga tayyorlash bo‘yicha tayanch maktablarning trener-o‘qituvchilarning metodik, diagnostik va baholash kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
PISA xalqaro baholash dasturi topshiriqlariga o‘hshash topshiriqlar ishlab chiqishning didaktik imkoniyatlari fanlarga oid kontekstual ma’lumotlarni topshiriq natijalarini baholash varaqasi mezonlari asosida o‘quv jarayoniga intensiv ta’sirchanlik muhitida joriy etishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 561624-EPP-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE 2015-3722/001-001-raqamli «O‘zbekiston oliy ta’limi jarayonini moderni-zatsiyalash va xalqarolashuvini rivojlantirish» loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 noyabrdagi 89-03-4890-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim jarayonlarini tashkil etishda xalqaro baholash dasturlari imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishilgan;
PISA xalqaro baholash dasturi asosida o‘quvchilar tayanch kompetensiyalarini shakllantirish modeli xalqaro baholash dasturiga tayyorgarlikning o‘quv-me’yoriy (metodik ta’minot, samaradorlik preferensiyalari), tashkiliy («sinf menejmenti», pedagogik shart-sharoitlar) komponentlarini didaktik (analog topshiriqlar, konseptual tamoyillar, kognitiv mustaqillik, emotsional labilizatsiya) muhitda o‘quvchilarning qayta aloqaga kirishish darajasi progressiv dinamikani barqarorlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan tayanch maktab trener-o‘qituvchilari uchun shakllantirilgan  elektron ta’lim resurslari mazmuniga singdirilgan (Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqot-larni amalga oshirish milliy markazining 2021 yil 1 apreldagi 01-24-son ma’lumotnomasi). Natijada tayanch maktablar trener-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro baholash dasturlarida qo‘llaniladigan topshiriqlarga o‘xshash topshiriqlar ishlab chiqish va o‘quv jarayonida samarali foydalanishga erishilgan;
baholash dasturi konsepsiyasi asosida o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirishning didaktik ta’minoti interfaol usullar, rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari, imitatsion o‘qitish shakllarini ta’lim oluvchilarning o‘quv potensialiga yo‘nalgan differensial, variativ o‘quv muhitiga erganomik qo‘llashga doir tavsiyalardan Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish markazi tomonidan «O‘quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlashga mo‘ljallangan Axborotnoma» (3-soni, topshiriqlar to‘plami) qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazining 2021 yil 1 apreldagi 01-24-son ma’lumotnomasi). Natijada tayanch maktablarning trener-o‘qituvchilarini PISA xalqaro baholash tadqiqotining tashkiliy-metodik bosqichini samarali tashkil etilishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish