Qurbonov Umidjon Egamberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Etuk axloqiy shaxsni shakllantirishning falsafiy omillari (M.Montenning “Tajribalar” asari asosida), 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal302.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Shodmonov Qurbon Badriddinovich, falsafa fanlar doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zmetova Gulnoza Miraxrarovna falsafa fanlari doktori, professor, Ro‘zmatzoda Qodirqul, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mishel Montenning “Tajribalar” asaridagi etuk axloqiy shaxsni tarbiyalashning hozirgi davr uchun ilmiy-nazariy, ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Mishel Montenning “Tajribalar” asaridagi jism, ruh, aql barkamolligi, insonparvarlik, madaniyatlararo muloqot singari sekulyaristik g‘oyalarning tinchlikni ta’minlash, fuqarolar urushining oldini olish va ziyolilar qadriyatiga aylanganligi G‘arb Uyg‘onish davri gumanist-faylasuflarining ma’naviy merosida yetakchilik qilganligi isbotlangan;
“Tajribalar” asaridagi o‘zlikni anglash, iymon-e’tiqod, vijdon pokligi g‘oyalarining gumanistik mohiyati umrboqiy merosni chuqur o‘rganish va qadrlash, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini egallash, mas’uliyat va oriyat fazilatlar yoshlar ma’naviy qiyofasini shakllantirishda substansional asosga ega ekanligi falsafiy jihatdan dalillangan;
Mishel Monten ilmiy-ma’naviy merosi farzand tarbiyasi masalasidagi axloqiy-estetik muammolar echimini topish yo‘llaridagi bunyodkorlikka undovchi g‘oyaviy asos ekanligi aniqlangan; 
Mishel Montenning ruh pokligi, adolat, vijdon sofligi, erkin fikrlash kabi konstruktiv g‘oyalari demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining bosh tamoyili hamda inson qadrini yuksaltirishning mezoniga aylanishi bugungi davr xarakteriga adekvat ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Montenning etuk axloqiy shaxsni shakllantirishning falsafiy omillarini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Mishel Montenning “Tajribalar” asaridagi jism, ruh, aql barkamolligi, insonparvarlik, madaniyatlararo muloqot singari sekulyaristik g‘oyalarning tinchlikni ta’minlash, fuqarolar urushining oldini olishi va ziyolilar qadriyatiga aylanganligi asosida G‘arb Uyg‘onish davri gumanist-faylasuflarining ma’naviy merosida yetakchilik qilganligi qiyosiy tahlil vositasida falsafiy jihatdan dalillanganligiga oid g‘oyaviy, ilmiy, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalari hamda amaliy takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil II yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasining 8-ustuvor yo‘nalishi “Mahallalarda va oilalarda sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta’minlash” hamda 10-ustuvor yo‘nalishi “Keksa avlod vakillarini ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, xuquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish va Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va Oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 20 sentyabrdagi 02-04/2215-son dalolatnomasi). Natijada, mahallalarda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, shuningdek, tizim xodimlarining ishga bo‘lgan munosabati, shaxsiy javobgarlik va mas’uliyatini oshirishga hamda ularda kasbiy va axloqiy madaniyatini uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qilgan;
“Tajribalar” asaridagi o‘zlikni anglash, iymon-e’tiqod, vijdon pokligi g‘oyalarining gumanistik mohiyati umrboqiy merosni chuqur o‘rganish va qadrlash, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini egallash, mas’uliyat va oriyat fazilatlari orqali yoshlar ma’naviy qiyofasini shakllantirishda substansional asosga ega ekanligi falsafiy jihatdan isbotlanganligiga oid dissertatsiyasida ilgari surilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi majlisining 2021 yil yanvardagi O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” da belgilangan chora-tadbirlar dasturining 6-bandi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari, doktorant va izlanuvchilarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Uchinchi Renessans - yoshlar nigohida” nomli loyihalar tanlovini” hamda 13 - bandi “Ilm-fan, san’at va madaniyat, axborot texnologiyalari, badiiy ijod, arxitektura va dizayn, tadbirkorlik va hunarmandchilik kabi turli sohalarda faoliyat yuritayotgan, tashabbuskor va fidoyi yoshlar o‘rtasida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, mamlakatda boshlangan ulkan bunyodkorlik va yaratuvchanlik harakati, maqsadli islohotlarni keng xalq ommasiga etkazish, jamiyatda faol fuqarolik tuyg‘usini mustahkamlash, bunda ziyolilar, ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot namoyandalari, salohiyatidan unumli foydalangan holda targ‘ibot-tashviqot faoliyatida dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2021 yil 16 avgustdagi 02/08-968-son dalolatnomasi). Natijada, Mishel Monten falsafiy qarashlari mohiyatidagi etuk axloqiy shaxsni shakllantirish, kamolotga erishishda umuminsoniy qadriyatlarga xos bo‘lgan bag‘rikenglik, hurfikrlilik, adolatlilik, kamtarlik, mehnatsevarlik kabi gumanistik g‘oyalarni bugungi davr nuqtai nazaridan tadqiq qilish imkonini bergan;
Mishel Monten ilmiy-ma’naviy merosi farzand tarbiyasi masalasidagi axloqiy-estetik muammolar echimini topish yo‘llaridagi bunyodkorlikka undovchi g‘oyaviy asos ekanligiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflaridan O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi F1-FA-1-16435 FA-F1-G005 “Shaxs akmeologik muammolarning axloqiy echimlari: ijtimoiy-etik tadqiqot” (holat va istiqbol) mavzusidagi amaliy grant loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2021 yil 30 iyuldagi 04/11-3942/1-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlarda ilm, hikmat va ma’rifatga asoslangan g‘oyalar, ma’rifiy dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan ishlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan; 
mutafakkirning ruh pokligi, adolat, vijdon sofligi, erkin fikrlash kabi konstruktiv g‘oyalari demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining bosh tamoyili hamda inson qadrini yuksaltirishning mezoniga aylanishi bugungi davr xarakteriga adekvat ekanligi asoslanganligiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalari, metodologik tavsiyalari hamda amaliy takliflaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Samarqandǃ” ko‘rsatuvining 2021 yil 02 iyul` kuni efirga uzatilgan sonining ssenariysini hamda “Ta’lim va tarbiya” radioeshittirishining 2021 yil 03 iyul` kuni efirga uzatilgan navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 14 iyuldagi 09-09/398-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning etuk axloqli shaxs sifatida shakllantirish, ularning kamolotga erishishida umuminsoniy qadriyatlarga xos bo‘lgan ruh 

Yangiliklarga obuna bo‘lish