Kipchokov Xamidjon Gulomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat xizmatchilari faoliyatida ijtimoiy javobgarlikning axloqiy asoslari» 09.00.02 – «Ong madaniyat va amaliyot shakllari (etika)» (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Fal231. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik texnologiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.04.2021.F.76.06 (Bir martalik ilmiy kengash).
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muxamedjonova Lalixon Ashiralievna, falsafa fanlari nomzodi, professor. 
Rasmiy opponentlar: Zamilova Rimma Ramil`evna, falsafa  fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent; Qaxxarova Matlyuba Mannafovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy javobgarlik va axloqiy prinsiplarning davlat xizmatchisi faoliyatida tutgan o‘rni hamda uning faoliyatiga ta’sirini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarda ijtimoiy javobgarlik inson faoliyatining yetakchi determinanti bo‘lganligi sababli «zaruriyat - erkinlik – javobgarlik» prinsiplarining dialektik birligi axloqiy omillar fenomeni ekanligi falsafiy jihatdan aniqlangan;
«ijtimoiy zaruriyat», «aybdorlik», «javobgarlik inqirozi»dan chiqish shaxsda interiorizasiya va ijtimoiy jihatdan eksteriorizasiya prinsiplari asosida rivojlantirish ijtimoiy javobgarlik etikasidagi markaziy nuqta aksiologik ierarxiyani o‘rnatish va undagi axloqiy qadriyatlarning o‘rnini belgilashning fundamental omillari ekanligi asoslangan;  
turli ijtimoiy mavqedagi davlat xizmatchilarining kasbiy sadoqati, davlat va jamiyat oldidagi ijtimoiy mas’uliyatini oshirishda javob, javobgarlikning semantik talqini, hisob berish, ijtimoiy birdamlik lahzasi kabi elementlarning ijtimoiy javobgarlikni utilitar tushunish burch hamda individual taraqqiyotdan ko‘ra, jamoatchilik foydasi va ta’siriga tayanishining latent ta’sir etishi ochib berilgan;
turli soha vakillari uchun ijtimoiy javobgarlikning shaxsiy  va assotsiativ ko‘rinishlari jamiyatda insonning ijtimoiy javobgarligi va uning axloqiy faoliyatiga qo‘yilgan talablarga muvofiq bo‘lishi sababli axloqiy rivojlanish mexanizmlarini assimiliatsiya qilish jarayonlarida natijador omil ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat xizmatchilari faoliyatida ijtimoiy javobgarlikning axloqiy asoslari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflap acocida: 
«axloqiy javobgarlik» va «nokasbiy kompetentlik» tushunchalarining mazmun-mohiyatini falsafiy-axloqiy yondashuvlar asosidagi inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlariga ta’siri, ijtimoiy javobgarlik, inson faoliyatining qiyosiy taxlillari asosida «Davlat xizmatchisi etikasi va imiji» nomli o‘quv qo‘llanmasining «Davlat xizmatchisi va boshqaruv madaniyati», «Davlat xizmatchisi etikasining mezonlari» kabi mavzularni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 oktyabrdagi 89-03-4259-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat xizmatchisi etikasi va imiji mezonlari, ularning ijtimoiy javobgarligini axloqiy omillarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
«ijtimoiy zaruriyat», «aybdorlik», «javobgarlik inqirozi» tushunchalarining tahlili asosida ishlab chiqilgan takliflardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining «Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari» birinchi ustuvor yo‘nalashi 1.2. bandi «Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish» hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaror dasturining II bob «Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga etkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari» 5-bandi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga murojatnomasining mazmun-mohiyatini keng aholi vakillariga etkazishga qaratilgan turkum targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish» mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot va tashviqot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 9 iyuldagi 02/07-785-son dalolatnomasi). Natijada, «ijtimoiy javobgarlik», «erkinlik», «ijtimoiy zaruriyat», «aybdorlik» kabi tushunchalarning axloqiy kategoriya sifatidagi ahamiyatini oshirishga xizmat qilgan;
turli ijtimoiy mavqedagi davlat xizmatchilarining kasbiy sadoqati, davlat va jamiyat oldidagi ijtimoiy mas’uliyati oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalaridan Namangan viloyat bandlik bosh boshqarmasi  ish faoliyatida, xususan, davlat xizmatchilarining ma’naviy-axloqiy andozasini mukammalashtirish, ijtimoiy javobgarlikning namoyon bo‘lish xususiyatlari, uning ijtimoiy hayotga ta’sir ko‘rsatishiga oid tavsiyalaridan davra suhbatlarini tashkil etish hamda ushbu yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishda foydalanilgan (Namangan viloyat bandlik bosh boshqarmasining 2020 yil 30 oktyabrdagi 19/19-01/12-293-son dalolatnomasi). Natijada, davlat xizmatchilari ijtimoiy javobgarligining konsessual-axloqiy omillarini takomillashtirishning latent ta’siri aniqlashga xizmat qilgan;
turli soha vakillari uchun ijtimoiy javobgarlikning shaxsiy (o‘z xatti-harakatlari uchun o‘zi javob berishi) va assotsiativ (qo‘l ostidagilarning xatti-harakatlari uchun) ko‘rinishlari davlat xizmatchilari faoliyatini va uning metodologik-ilmiy  va targ‘ibot texnalogiyalarini rivojlantirish ga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi  hamkorligida davlat xizmatchilari faoliyatiga doir bir qator tele-radio eshtirishlari va dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 12 oktyabrdagi 04-25-1606-son dalolatnomasi). Natijada, axloqiy rivojlanish mexanizmlarni assimiliatsiya qilish jarayonlari va ijtimoiy javobgarlikning axloqiy asoslarini davlat xizmatchisi faoliyatidagi uzviyligini ta’minlashga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish