Kamolova Nargiza Po‘latbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Xorazm vohasida dehqonchilik an’analari tarixi (XIX asr – XX asr boshlarigacha), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tar466.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jumaniyozova Mamlakat Tajievna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Xorazm Ma’mun akademiyasi.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mavlanov O‘ktam Mahmasobirovich, tarix fanlari doktori, professor; Sariboev Maman Ktaybekovich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm vohasi aholisining XIX asr − XX asr boshlaridagi an’anaviy dehqonchiligining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm vohasi mahalliy aholisi dehqonchilik xo‘jaligi bilan bog‘liq erga ishlov berish, sun’iy sug‘orish va hosil etishtirishda mohir ziroatchilarga aylanishining negizida aholining iqlim va tabiiy shart-sharoitdan kelib chiqib, tabiiy resurslardan oqilona foydalanganliklari kelgusida ham erning unumdorligini saqlab qolish uchun erdan foydalanishda tabiatni asrab-avaylashga katta e’tibor berganliklari kabi omillar yotishi aniqlanib, ekin erlarini muttasil ravishda o‘g‘itlash, sug‘orish, dam oldirish, almashlab ekish ishlarini amalga oshirganliklari dalillangan;
Xiva xonligida dehqonchilik ishlari, asosan, qadimiy mahalliy an’analar negizida rivojlanganligi ko‘rsatilishi bilan birga, Sirdaryo havzalari, Ettisuv va Sharqiy Turkiston singari Markaziy Osiyoning shimoli-sharqiy hududlariga xos qadimiy an’analar, xususan, o‘troq turkiylarga xos dehqonchilik an’analari Xorazm vohasi xo‘jalik hayotida ham muhim o‘rin tutganligi “atiz”, “qayir”, “to‘qirtqa” singari erga ishlov berish va sug‘orish bilan bog‘liq qadimgi turkiy atamalar ushbu vohada ham keng yoyilgani aniqlangan;
o‘rta asrlarda bir qismi ko‘chmanchi chorvador bo‘lgan turkiy elat va urug‘larning Xiva xonligi davrida o‘troq dehqonchilik xo‘jalik tarziga yoppasiga o‘ta boshlagani, bu Yovmut, Qiyot, Qo‘ng‘irot, Nayman, Uyg‘ur, Kenagas kabi turkman, qoraqalpoq va o‘zbeklarning ko‘chmanchi urug‘lari bilan bog‘liq o‘nlab toponimlarning, ayniqsa, ko‘plab gidronimlarning yuzaga kelishiga asos bo‘lganligi dalillangan;
Xiva xonligi dehqonchiligining rivojlanishida taqvimlarning muhim o‘rin tutganligi aniqlanib, bu masalada vohaning mahalliy aholisi bo‘lmish turkiy (muchal), qadimgi eroniy (zardushtiylarga xos) va musulmon (arabcha taqvim) an’analarining o‘zaro uyg‘unlashuvi ko‘zga tashlanishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm vohasida dehqonchilik an’analari tarixi (XIX asr – XX boshlarigacha)ni o‘rganish asosida:
Xiva xonligida dehqonchilik ishlari asosan, qadimiy mahalliy an’analar negizida rivojlanganligi ko‘rsatilishi bilan birga, Sirdaryo havzalari, Ettisuv va Sharqiy Turkiston singari Markaziy Osiyoning shimoli-sharqiy hududlariga xos qadimiy an’analar, xususan, o‘troq turkiylarga xos dehqonchilik an’analari Xorazm vohasi xo‘jalik hayotida ham muhim o‘rin tutganligi “atiz”, “qayir”, “to‘qirtqa” singari erga ishlov berish va sug‘orish bilan bog‘liq qadimgi turkiy atamalar ushbu vohada ham keng yoyilgani misolida tasdiqlanganligi kabi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamg‘armasi Xorazm viloyati bo‘limida “Avesto va Xorazm” risolasini qayta nashr qilishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya fondining 2021 yil 23 noyabrdagi 10-son ma’lumotnomasi). Natijada Xiva xonligi sug‘orma dehqonchiligiga oid ko‘pgina atamalarning  ilmiy muomalaga kiritilishi,  muzey fondlari ma’lumotlarini yangilash va uni iste’molga kiritilgan;
Xiva xonligida dehqonchilik ishlari, asosan, qadimiy mahalliy an’analar negizida rivojlanganligi, Markaziy Osiyoning shimoli-sharqiy hududlari − Sharqiy Turkiston, Ettisuv va Sirdaryo bo‘yiga xos qadimiy an’analar ham voha xo‘jalik hayotida muhim o‘rin tutib, erga ishlov berish va sug‘orish bilan bog‘liq o‘troq turkiylarga xos an’analar Xorazm vohasi dehqonchiligida katta o‘rin tuta boshlaganligi, qadim va o‘rta asrlarda bo‘lganidek, Xiva xonligi davrida ham dastlab bir qismi ko‘chmanchi chorvador bo‘lgan bir qator turkiy elat va urug‘lar o‘troq dehqonchilik xo‘jalik tarziga yoppasiga o‘ta boshlab, vohada Yovmut, Qiyot, Qo‘ng‘irot, Nayman, Uyg‘ur, Kenagas kabi turkman, qoraqalpoq va o‘zbeklarning ko‘chmanchi urug‘lari bilan bog‘liq o‘nlab toponimlar, ayniqsa, gidronimlar yuzaga kela boshlaganligi kabi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” va “Tarixiy savol” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2021 yil 22 noyabrdagi 40-40-1765-son ma’lumotnomasi). Natijada Xorazm sug‘orma dehqonchilik madaniyatining  qadimiyligi va mamlakatimiz hamda jahon dehqonchiligining tarixiy rivojigidagi ahamiyati haqida muayyan ilmiy xulosalarning shakllanishiga xizmat qiladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish