Kamolov Ixtiyor Nigmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarixiy-badiiy manbalarda Bobur obrazi talqiniga biografik yondashuv”, 10.00.02-O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1741.
Ilmiy rahbar: Quvvatova Dilrabo Xabibovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Ernazarova Gulnoza Xamraevna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Suloymonov Isroiljon Isomiddinovich, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli davrlarda o‘zbek va jahon sharqshunosligida yaratilgan badiiy va tarixiy asarlarda Bobur hayotining yoritilishini biografik yondashuv asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijodkorning qahramonlar xarakteri, fazilatlari, ma’lum voqelikka munosabatida o‘z shaxsiyatiga xos unsurlarni aks ettirishi bu xotirnoma, esdalik, yo‘l xotiralari, sayohatnoma janridagi badiiy asarlarda ifoda topishi dalillangan;
Bobur hayoti va ijodi yoritilgan ilmiy, tarixiy-badiiy manbalar davriy jihatdan aniqlanib, Gulbadanbegim, Muhammad Haydar Mirzo, Hofiz Ko‘hakiy, Xondamir, Hasanbek Rumlu, Xudoyorxonzoda singari muarrixlarning tarixiy asarlari mazmuni ingliz va o‘zbek adabiyotida yaratilgan badiiy asarlar bilan qiyosiy aspektda ochib berilgan;
J. Leyden, U.Erskin, A.Beverej singari tarixchi hamda H.Lamb, F.Vyurtle kabi G‘arb adiblari asarlarida Boburning shoir, nosir, buyuk sarkarda, davlat arbobi, xalq manfaatini o‘z manfaatlaridan ustun qo‘yuvchi millat sardori sifatidagi badiiy obrazi, uning shaxsiyati kabi fazilatlar mavjudligi dalillangan;
jahon adabiyotshunosligi va tarixshunosligida biografik metodga munosabat masalasi, tarixiy shaxs obrazi yaratilgan badiiy asarlarda ushbu metoddan keng foydalanish, uning afzallik jihatlari ijodkorlarning maqsadini to‘g‘ri anglashi, muallifning tarjimai holi o‘zi yaratgan badiiy asarga, obrazlar tasviriga ta’sir etishi, tarixiylik, haqqoniylik tamoyillarining namoyon bo‘lishi kabi xususiyatlar orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarixiy-badiiy manbalarda Bobur obrazi talqiniga biografik yondashuv bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
jahon adabiyotshunosligi va tarixshunosligida biografik metodga munosabat masalasi, tarixiy shaxs obrazi yaratilgan badiiy asarlarda ushbu metoddan keng foydalanish, uning afzallik jihatlari ijodkorlarning maqsadini to‘g‘ri anglashi, muallifning tarjimai holi o‘zi yaratgan badiiy asarga, obrazlar tasviriga ta’sir etishi, tarixiylik, haqqoniylik tamoyillarining namoyon bo‘lishi kabi xususiyatlar orqali asoslangan ilmiy xulosalardan FA-F1-OO5 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 18 yanvardagi 17.01/211-son ma’lumotnomasi). Natijada Bobur hayoti va ijodining jahon va o‘zbek adabiyotshunosligidagi ahamiyatini asoslash imkonini bergan;
«Bobur hayoti va ijodi yoritilgan ilmiy, tarixiy-badiiy manbalar davriy jihatdan tasniflanib, Gulbadanbegim, Muhammad Haydar Mirzo, Hofiz Ko‘hakiy, Xondamir, Hasanbek Rumlu, Xudoyorxonzoda singari muarrixlarning tarixiy asarlari ingliz va o‘zbek adabiyotida yaratilgan badiiy asarlar bilan qiyosiy aspektda ochib berilgan ilmiy xulosalardan FA-F1-OO5 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» (2017-2020 y.y.) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 18 yanvardagi 17.01/211-son ma’lumotnomasi). Natijada inglizzabon G‘arb, o‘zbek nasri hamda tarixiy manbalarda ifoda etilgan Bobur obrazi talqinidagi mushtarak va o‘ziga xos jihatlarni aniqlash imkonini bergan;
ijodkorning qahramonlar xarakteri, fazilatlari, ma’lum voqelikka munosabatida o‘z shaxsiyatiga xos unsurlarni aks ettirishi bu xotirnoma, esdalik, yo‘l xotiralari, sayohatnoma janridagi badiiy asarlarda ifoda topishi biografik yondashuv vositasida dalillanganligiga doir xulosalaridan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining «Sakkizinchi mo‘jiza», «Adabiyot bo‘stonida» ko‘rsatuvlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 22 sentyabrdagi 1/242-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning Bobur biografiyasi bo‘yicha xulosalarini boyitish imkonini bergan.