Norqo‘zieva Zebo Kamalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «CLIL texnologiyasi asosida bo‘lajak muhandis-texnologlarning kasbiy muloqot kompetensiyasini rivojlantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1763.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Tolibjanovna,  pedagogika fanlari doktori, professor; Qodirova Fazilat Shukurovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.   
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi CLIL texnologiyasi asosida bo‘lajak muhandis-texnologlarning kasbiy muloqot kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak  muhandis-texnologlarning kasbiy tayyorgarligi amaliy yo‘naltirilgan praksiologik va natijador aqliy tuzilmalardan iborat tarkibiy qismlarni nazariy yaxlitlash hamda kasbiy muloqot kompetensiya ierarxiyasini shaxsiy fazilatlarning barqarorligini muntazam ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
kasbiy muloqot kompetensiyasi fan-til integratsiyasi intensivligi, tilning ko‘pfunksionalli kodlangan me’yorlarining leksik va grammatik xususiyatlariga vektorli ustuvorlik berish orqali rivojlantirilgan;
bo‘lajak muhandis-texnologlarning chet tilini o‘zlashtirganlik darajalari illyustrativ deskriptorlar tizimi, intuitiv-miqdoriy va sifatli-kombinatsiya usullari orqali baholashning lingvistik va kasbiy mezonlarini darajasiga ko‘ra yaxlitlash, yosh va individual xususiyatlarga mos o‘zini-o‘zi korreksiyalash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak  muhandis-texnologlarning chet tilini o‘zlashtirish modeli  bilimlarni konstruktivistik nazariyalar bilan adaptiv-sinxronlashtirish hamda tadrijiy rivojlanishning prognostik muqobil konvergativ xususiyatlarini yaxlit loyihalash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. CLIL texnologiyalari asosida talabalarning  kasbiy muloqot  kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari: 
bo‘lajak  muhandis-texnologlarning kasbiy tayyorgarligi praksiologik va aqliy tuzilmalardan iborat tarkibiy qismlarni yaxlitlash hamda kasbiy muloqot kompetensiya ierarxiyasini shaxsiy fazilatlarning barqarorligi asosida takomillashtirishga oid takliflar  A.1-197 raqamli “Ingliz va nemis tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy modullardan foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy - amaliy asoslari” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 18 dekabrdagi 02-07-4131/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak muxandis – texnologlarning chet tilni o‘zlashtirganlik darajalari va illyustrativ deskriptorlari tizimini takomillashtirishga erishilgan. Kasbiy muloqot darajasini baholashning motivatsion, kognitiv va ijodiy faoliyat mezonlari didaktik tamoyillar asosida takomillashtirilgan;
kasbiy muloqot kompetensiyasi fan-til integratsiyasi intensivligi, ikki tilli (bilingval) modulli ta’lim,  tilning leksik va grammatik xususiyatlariga vektorli ustuvorlik berish asosida rivojlantirishga oid takliflar PZ 2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalnilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 18 dekabrdagi 02-07-4131/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak muhandis- texnologlarning xorijiy til va kasbiy fanlar mazmunini integratsiyalash asosida ikki tilli ta’lim texnologiyasining pedagogik imkoniyatlarini aniqlash imkoni yaratilgan;  
bo‘lajak muhandis-texnologlarning chet tilni o‘zlashtirganlik darajalari illyustrativ deskriptorlar tizimi, intuitiv-miqdoriy va sifatli-kombinatsiya usullari orqali baholashning lingvistik va kasbiy mezonlarini yaxlitlash, yosh va individual xususiyatlarga ko‘ra o‘zini-o‘zi korreksiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar A-1-197 raqamli “Ingliz va nemis tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy modullardan foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy - amaliy asoslari” (2015-2017) nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan  (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 18 dekabrdagi 02-07-4131/04-son dalolatnomasi) Natijada, CLIL texnologiyasi asosida bo‘lajak muxandis - texnologlarining kasbiy va chet til muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan modelini takomillashtirishga  va erkin muloqotga kirishish jarayonining o‘sishiga erishilgan; 
bo‘lajak  muxandis-texnologlarning chet tilni o‘zlashtirganlik darajasi individual pedagogik modeli yuzma-yuz o‘zaro muloqot,  kommunikativ o‘zaro faoliyatni (hamkorlikni) individual harakatlar konstruktivistik nazariyalar bilan integratsiyalashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 18 dekabrdagi 02-07-4131/04-son dalolatnomasi). Natijada,  CLIL texnologiyasi asosida bo‘lajak muxandis – texnologlarning kasbiy muloqot kompetensiyasi komponentlarining rivojlanganlik darajasini konstruktivizm yondashuvlari asosida aniqlash imkoniyatlari yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish