Marufova Zulfiya Nabievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mumtoz badiiy matnlarda “go‘zallik” konseptining verballashuvi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2040.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Odilov Yorqinjon Raxmonalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Jamoliddinova Dilnoza Mirhojiddinovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek mumtoz badiiy matnlarida “go‘zallik” konseptining verballashuvi hamda mazkur konsept bilan o‘zaro assotsiatsiyadagi birliklarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mumtoz badiiy matnlar asosida sharqona “go‘zallik” tushunchasining milliy-etnik, emotsional-ekspressiv xususiyatlari, belgilangan davr badiiy matnlarida “go‘zallik” konsepti asosan ilohiy yoki majoziy ishq vositasida voqelanishi, go‘zallik etaloni oshiq nuqtai nazaridan sub’ektiv baho doirasida asoslangan;
o‘zbek mumtoz matnlarida “go‘zallik” konseptining kognitiv, assotsiativ-verbal nuqtai nazardan namoyon bo‘lishi, “go‘zallik” konsepti semantik maydonining yadrosiga taalluqli ot-leksemalar va periferiyadagi sifat va fe’llar aniqlanib, inson va nabotot, inson va hayvonot qiyosida assotsiativ bog‘lanishlar tabiati dalillangan;
“go‘zallik” konseptining lisoniy voqelanishida jonivor nomlari (zoonimlar), o‘simlik nomlari (fitonimlar), diniy antroponimlar, ilohiy timsollar, barqaror uslubiy xos so‘zlar va ijtimoiy mavzularga oid lisoniy birliklar milliy-madaniy xususiyatlarining konseptual jihatlari ochib berilgan;
“go‘zallik” tushunchasi mavzuiy jihatdan tabiat go‘zalligi va inson go‘zalligiga ajratilib, inson go‘zalligida ayol go‘zalligining o‘rni ochib berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XV asrga xos badiiy matnlarning poetik xususiyatlari, emotsional-estetik qadriyatlarning matnlardagi ifodasini tadqiq qilish natijasida olingan ilmiy ma’lumotlar asosida:
o‘zbek mumtoz matnlarida “go‘zallik” konseptining kognitiv, assotsiativ-verbal nuqtai nazardan namoyon bo‘lishi, “go‘zallik” konsepti semantik maydonining yadro va periferiyalari aniqlanib, asssotsiativ bog‘lanishlar tabiati borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-A1-G006 raqamli “Qoraqalpoq xalq qo‘shiqlari qo‘lyozma nusxalarini tekstologik tahlil qilish va nashrga tayyorlash” (3-jild) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 17.09.2021 yildagi 17.01/230-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘lyozma nusxalar tahlili milliy-etnik madaniyatga oid ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
“go‘zallik” konseptining lisoniy voqelanishida jonivor nomlari (zoonimlar), o‘simlik nomlari (fitonimlar), diniy antroponimlar, ilohiy timsollar, barqaror uslubiy xos so‘zlar va ijtimoiy mavzularga oid lisoniy birliklar milliy-madaniy xususiyatlarining konseptual jihatlariga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-A1-G007 raqamli “Qoraqalpoq naql va maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi amaliy-ilmiy loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 3 fevraldagi 17.01/21-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpoq xalq qo‘shiqlariga xos qo‘lyozma manbalar tahlilida bir qator badiiy matnlar, ularda qo‘llanilgan lug‘aviy birliklarning ma’no xususiyatlari boyitilgan;
mumtoz badiiy matnlar asosida sharqona “go‘zallik” tushunchasining milliy-etnik, emotsional-ekspressiv xususiyatlari, belgilangan davr badiiy matnlarida “go‘zallik” konsepti, asosan, ilohiy yoki majoziy ishq vositasida voqelanishi, go‘zallik etaloni oshiq nuqtai nazaridan sub’ektiv baho doirasiga oid tadqiqot materiallaridan “O`zbekiston” teleradiokanali va uning tarkibidagi “O`zbekiston tarixi” telekanalida “Taqdimot”, “O‘zlikka yo‘l”, “Ziyoli minbari” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“O`zbekiston” teleradiokanalining 2022 yil 25 martdagi 02-13-650-son ma’lumotnomasi), “Yoshlar” teleradiokanalining 2022 yil 8 mart kuni efirga berilgan “Biz tomonlarda...” ko‘rsatuvida foydalanilgan (“Yoshlar” teleradiokanalining 2022 yil 25 martdagi 14-01-94–son ma’lumotnomasi), “Mening yurtim” teleradiokanalining 2022 yil 10 mart kuni efirga berilgan “Hudud” ko‘rsatuvida foydalanilgan (“Mening yurtim” teleradiokanalining 2022 yil 26 martdagi 263/22-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlarning o‘zbek mumtoz badiiy matnlar tilini, adabiyotini, tariximizni yosh avlodga chuqur singdirishda, ularni milliy madaniyatimiz, mumtoz adabiy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati yanada ortgan.