Pardaeva Diyora Toxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak o‘qituvchilarning lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped578.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Talibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jumanazarov Umid Umirzakovich, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari bo‘lajak o‘qituvchilarining lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning lingvistik kompetensiyalari motivatsiyali, differensiallashgan leksik va grammatik bilimlarni, maqsadli produktiv yondashuvlarni komplekslash, o‘zini-o‘zi korreksiyalash va baholashga asoslangan integrativ-innovatsion yondashuvlarni kiritish asosida rivojlantirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning leksik grammatik kompetentligi bilimlarni tabaqalashtirib umumlashtirish, nutq jarayonlarini faollashtirish, nutqiy va vizual muloqotga ehtiyojini loyiha faoliyatiga korrektiv modellashtirish asosida rivojlantirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarining lingvistik kompetensiyalarini ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umuminsoniy barqaror kompetensiyalar, pirovard maqsadni belgilash omillari munosabatlarining validligini motivatsiyali ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishga korrektiv yondashuvning nazariy modeli bo‘lajak o‘qituvchilarning uslubiy jihatdan harakatlari hamkorligini o‘rnatish, o‘z-o‘ziga va shaxslararo munosabatlarni o‘zgartirish, til tuzish, o‘quv faoliyati va o‘qituvchining o‘qitish faoliyati munosabatlari uyg‘unligini adekvat ta’minlash asosida rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
bo‘lajak o‘qituvchilarning lingvistik kompetensiyalari motivatsiyali, differensiallashgan kognitiv va operativ komponentlarni, produktiv yondashuvlarni komplekslash, o‘zini-o‘zi korreksiyalash, hamda to‘g‘rilash va baholashga, didaktik tizimi, xususiyatlari va mexanizmlariga asoslangan innovatsion yondashuvlarni birlashtirish asosida rivojlantirishga oid takliflar A-1-197 raqamli «Ingliz va nemis tillarini o‘rganish uchun o‘quv-uslubiy modullarni takomillashtirish va ulardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari» nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 3 martdagi 02-07-623/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning lingvistik kompetensiyasini rivojlantirishning psixologik va pedagogik imkoniyatlarini tahlil etishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning leksik grammatik kompetentligi bilimlarni umumlashtirish, faollashtirish, nutqiy va vizual muloqotga ehtiyojini loyiha faoliyatiga modellashtirish asosida rivojlantirishga doir takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 3 martdagi 02-07-623/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarining chet tili kommunikativ kompetensiyasining lingvistik va leksikogrammatik komponentining mazmun-funksional jihatlarini rivojlantirish imkoni oshirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarining lingvistik kompetensiyalarini sotsiolingvistik, diskurs, strategik, kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy kompetensiyalar, motivlar, ehtiyojlar, maqsadni belgilash omillari munosabatlarining validligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar A-1-197 raqamli «Ingliz va nemis tillarini o‘rganish uchun o‘quv-uslubiy modullarni takomillashtirish va ulardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari» nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 3 martdagi 02-07-623/04-son dalolatnomasi). Natijada, korrektiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarining lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish tamoyillarini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishga korrektiv yondashuv nazariy modeli bo‘lajak o‘qituvchilarning uslubiy jihatdan harakatlari hamkorligini o‘rnatish, o‘z-o‘ziga va shaxslararo munosabatlarni o‘zgartirish, til portfeliosini tuzish, o‘quv faoliyati va o‘qituvchining o‘qitish faoliyati munosabatlari uyg‘unligini adekvat ta’minlash asosida rivojlantirishga doir ma’lumotlar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 3 martdagi 02-07-623/04-son dalolatnomasi). Natijada lingvistik kompetensiyani rivojlanishining nazariy modelini, baholash mezonlari va darajalash indikatorlarini takomillashtirish imkoni oshirilgan.