Tair Igrarovich Gyul`ning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘ida antik va o‘rta asrlarga oid ma’naviy madaniyat va diniy bag‘rikenglik (arxeologik va yozma manbalar asosida)” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2016.1.Tar.287.
Ilmiy rahbar: Ataxodjaev Azimxo‘ja Muzaffarovich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.02/30.12.2019.Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Boboyorov G‘aybulla Bollievich, tarix fanlari doktori, dotsent; Shaydullaev Shapulat Bazarovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘rta Osiyo ikkidaryosi oralig‘i hududida antik va ilk o‘rta asrlar davridagi e’tiqodiy-diniy hayotning o‘ziga xos taraqqiyotini va uni tasavvur qilishning asosini, bu erda shakllangan barqaror bag‘rikenglikning sabablarini va mazkur hududda ro‘y bergan siyosiy, iqtisodiy va etnomadaniy jarayonlarni madaniy qorishuv (sinkretizm) kontekstida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
madaniy o‘troq va ko‘chmanchi xalqlarning muntazam aloqalari va etnomadaniy xilma-xillikning saqlanishi sababli O‘rta Osiyo zardushtiyligining qorishiq tabiati va uning jez-ilk temir asrida hind-eron dinining anikonizm, teroteizm, arxaik kul`tlar kabi qadimgi an’analarga yaqinligi asoslangan;
O‘rta Osiyo hududida yuz bergan etnomadaniy aloqalar va ko‘p xudolik ta’limoti tarafdorlari bo‘lgan etnik guruhlar tomonidan yirik davlatlarning tashkil etilishi ikkidaryo oralig‘ida diniy bag‘rikenglik muhitini saqlanishiga va bu jarayonda zardushtiylik an’analarining ustunligiga sabab bo‘lganligi aniqlangan;
O‘rta Osiyo diniy hayotida Avesta an’analarining ustun bo‘lishiga qaramay, madaniyatida ayol ma’budi ustun bo‘lgan ko‘chmanchi (daxo-sarmat) qabilalar va ellin davrida Kichik Osiyoning ta’siri (Kibela-Ishtar ma’budi) sabab Baqtriya-Toxariston, Sug‘d va Xorazmdagi sig‘inilgan ma’budlar tizimida Buyuk Nana (Nanay) ma’budasi ta’limotining ham yetakchi o‘rinda bo‘lganligi asoslagan;
O‘rta Osiyoda yirik davlatlar (Yunon-Baqtriya, Kushon, Eftaliylar davlati)ni tashkil qilgan kelgindi etnoslar (yunon, yuechji, eftaliy) tomonidan davlat ichki barqarorligini asrash uchun mahalliy diniy ta’limotni qabul qilish va din mavqeini saqlashda moslashuvchan siyosat yuritishi dunyoviy va ruhoniy hokimiyat o‘rtasidagi munosabatlarning xarakteriga ta’sir qilgani aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan xulosa va takliflar asosida:
O‘rta Osiyo xalqlarining qadimgi ma’naviy madaniyati, O‘zbekiston hududida islomgacha bo‘lgan e’tiqod va diniy hayotning o‘ziga xos xususiyatlarini oid illyustrativ materiallar hamda ilmiy xulosalardan O‘zbekiston xalqlari tarixi Davlat muzeyining “O‘zbekiston hududida davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi miloddan avvalgi I ming yillik - milodiy IV asr” va “O‘zbekiston hududida davlat shakllari V-VIII asrlar” kabi ekspozisiyalarni jihozlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 16 avgust 2021 yildagi 3/1255-2252-son ma’lumotnomasi). Muzey ko‘rgazmasidan o‘rin olgan mazkur ekspozisiyalar Markaziy Osiyo xalqlarining islomgacha bo‘lgan davrdagi diniy an’analari va ma’naviy madaniyati haqida tushunchalar olishga ko‘maklashgan; 
O‘rta Osiyo ikkidaryo oralig‘i xalqlarining arxeologiya va yozma manbalarga tahliliga ko‘ra aniqlangan antik va ilk o‘rta asrlarda ma’naviy madaniyati va konfessional bag‘rikengligi doir ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi" telekanalining “Haqiqat chorrahasida” teledasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi" teleradiokanali DUKning 17 fevral 2021 yildagi 02-40-244-son ma’lumotnomasi). Bu ko‘rsatuvlarda ko‘tarilgan ilmiy muammolar keng jamoatchilikka O‘zbekistonning qadimgi xalqlari tarixiy o‘tmishi va islomgacha bo‘lgan ma’naviy madaniyati haqida yangi ma’lumotlar berishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish