Berdiev O‘ktam Baxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarix fanlarining ijtimoiy-falsafiy metodologik asoslari muammolari”, 09.00.04 – Ijtimoiy-falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fal386.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti
Ilmiy rahbar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlar doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Teshaev Nutfullo Nasrullaevich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarix fanlarining ijtimoiy-falsafiy metodologik asoslarini aniqlashtirish va uning muammolarini mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarix fanlari ijtimoiy-falsafiy metodologik asoslarini tarixni dialektik madaniy tushunishga asoslangan konsepsiyasiga iqlim va inson-tabiat munosabati kabi tabiiy, ishlab chiqarish va kommunikatsiya kabi texnologik, nanotexnologiya va qadriyatlar yangilanishi kabi innovatsion hamda lider, ziyoli va dindorlar kabi tarixda shaxs roli omillarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
jamiyat yadrosi madaniy borliqning korrelyasion-funksional qonunlardagi moddiy, ma’naviy, boshqaruv va tartibga solish xususiyatlari hamda substansional qonunlardagi axloqiy, diniy madaniyat va ta’lim-tarbiya omillarining mohiyati kishilik tarixi mavjudligi va rivojlanish qonunlariga xos ekanligi falsafiy jihatdan ochib berilgan;
madaniy borliq rivojlanishini ob’ektiv aks ettirishda kishilik tarixini formatsion (an’anaviy, industrial, postindustrial) va sivilizatsion (diniy, madaniy, iqtisodiy, siyosiy tizim) davrlashtirish bir-birini to‘ldiruvchi va korrelyasion bog‘lanishga ega yondoshuvlar sifatida dalillangan;
tarixni dialektik madaniy tushunishda sistemaviylik, haqiqiylik va tarixnavislik an’analariga tayanish kabi tamoyillarning, umumfalsafiy, gnoseologik va epistimologik usullarning hamda tarixiy manbalardan foydalanishning axloqiy-ma’naviy, g‘oyaviy-mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy kabi mezonlarning ahamiyati falsafiy jihatdan asoslab berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarix fanlarining ijtimoiy-falsafiy metodologik asoslari muammolarini o‘rganish va tahlil qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
tarix fanlari ijtimoiy-falsafiy metodologik asoslarini tarixni dialektik madaniy tushunishga asoslangan konsepsiyasiga iqlim va inson -tabiat munosabati kabi tabiiy, ishlab chiqarish va kommunikatsiya kabi texnologik, nanotexnologiya va qadriyatlar yangilanishi kabi innovatsion hamda lider, ziyoli va dindorlar kabi tarixda shaxs roli omillarini kiritish orqali takomillashtirilgan kabi nazariy tahlil va xulosalardan 2020 yil 15 avgustda USAID tomonidan e’lon qilingan “Znanie svoix prav – zalog uverennosti v jizni”, 2021 yil 3 martda e’lon qilingan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro Xel`sinki Fondining “Kovorking sentr sozdat usloviya dlya effektivnoy raboti NNO” nomli xalqaro grant loyihalarini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Ndavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiatsiyasining 2021 yil 25 avgustdagi 04-05/431-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatlarda tarixiy-madaniy munosabatlarni keng targ‘ib etuvchi maxsus kovorking markazi tashkil etilgan, investorlarga ijtimoiy tarmoqlar orqali viloyatlardagi madaniy meros ob’ektlari, tarixiy, ijtimoiy-madaniy imkoniyatlari va salohiyati to‘g‘risida muntazam materiallar berib borilishi yo‘lga qo‘yilgan hamda mazkur loyihalar asosida xorijiy sayyohlar va investorlar uchun “Sahro mo‘’jizalari” nomli maxsus qo‘llanma nashr etilgan;
jamiyat yadrosi – madaniy borliqning korrelyasion-funksional qonunlardagi moddiy, ma’naviy, boshqaruv va tartibga solish xususiyatlari hamda substansional qonunlardagi axloqiy, diniy madaniyat va ta’lim-tarbiya omillarining mohiyati kishilik tarixi mavjudligi va rivojlanish qonunlariga xos ekanligi ochib berilganligiga oid nazariy tahlillar, xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tadbiq etilib, xususan, O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining III bobi “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish, ularning insonparvarlik g‘oyalarini hayotga keng tatbiq etish, ajdodlarga munosib qilib tarbiyalashda adabiyot, madaniyat, san’at namunalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari” yo‘nalishiga oid 20-bandi “Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida boy ma’naviy merosimiz, milliy va tarixiy qahramonlarimiz jasoratini keng targ‘ib etishga qaratilgan” ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 26-avgustdagi 02/08-1050-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston yoshlariga milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rgatish hamda ularning insonparvarlik g‘oyalarini hayotga keng tatbiq etishda ilmiy metodologik qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
madaniy borliq rivojlanishini ob’ektiv aks ettirishda kishilik tarixini formatsion (an’anaviy, industrial, postindustrial) va sivilizatsion (diniy, madaniy, iqtisodiy, siyosiy tizim) davrlashtirish bir-birini to‘ldiruvchi va korrelyasion bog‘lanishga ega yondoshuvlar sifatida dalillanganligiga doir ilmiy yangiligi, nazariy xulosalari, metodologik tavsiyalari hamda amaliy takliflaridan Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazining ijtimoiy-siyosiy tadbirlari va o‘quv seminarlarini tashkillashtirishda, xususan, 2020 yil 16 sentyabrdagi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategiyasida 2020-2025 yillar o‘rta muddatda amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 1-yo‘nalishi 10-bandi “Fuqarolik jamiyatini ilmiy-nazariy o‘rganuvchi, uning rivojlanishini doimiy tahlil qilib boruvchi tahliliy, ilmiy-o‘quv laboratoriyasini (aql markazi) tashkil etish”; 11-bandi “Fuqarolik jamiyati rivojlanishi masalalari bo‘yicha amaliy va fundamental tadqiqotlar o‘tkazish” va 2-yo‘nalishi 19-bandi “Fuqarolik jamiyati asoslari” predmeti bo‘yicha amaldagi o‘quv dasturlari va qo‘llanmalarini tanqidiy tahlil qilgan holda mazkur masalada yagona davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish”; 20-bandi “Davlat organlari va tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari uchun doimiy ravishda fuqarolik jamiyati yo‘nalishida maxsus o‘quv kurslari tashkil qilish” bandlari ijrosini ta’minlashda dissertatsiyada ko‘rsatilgan ilmiy yangiliklar hamda ijtimoiy-falsafiy metodologik tahlil va yondashuvlardan foydalanilgan (Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazining 2021 yil 26-avgustdagi 49/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolik jamiyati tuzilmasi, ijtimoiy sherikchilik masalalari hamda nodavlat tashkilotlarning salohiyatini oshirishda ilmiy-nazariy tahlillar asosidagi xulosalar ijtimoiy-falsafiy metodologik jihatdan zamonaviy yondashuvlar vositasida takomillashtirilgan;
tarixni dialektik madaniy tushunishda sistemaviylik, haqiqiylik va tarixnavislik an’analariga tayanish kabi tamoyillarning, umumfalsafiy, gnoseologik va epistimologik usullarning hamda tarixiy manbalardan foydalanishning axloqiy-ma’naviy, g‘oyaviy-mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy kabi mezonlarning metodologik ahamiyati asoslab berilganligi kabi ilmiy yangiligi va nazariy xulosalaridan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan “Mahalla – mening taqdirimda” ko‘rik-tanlovi, “Mening shajaram” aksiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 10-oktyabrdagi “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2050-sonli Qarori asosida tashkil etilgan o‘quv kurslarining samaradorligini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 25 avgustdagi 02-04/2062-son ma’lumotnomasi). Natijada, Mahalla va oilani qo‘llab quvatlash vazirligi tizimida tashkil etilgan “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari”ni tashkil etish va amalga oshirishda nazariy metodologik qo‘llanma sifatida xizmat qilgan.