Baydjanov Bekzod Xaitboevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlash tizimini takomillashtirish”. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1743.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2020.Ped.05.07. 
Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Kasimova Zebo Xamidovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlashning didaktik tuzilmasi pedagogik-psixologik fanlarning axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish imkoniyatlarini vertikal va gorizontal yo‘nalishda kengaytirib borish jarayonining produktivlik darajasi intensivligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlashning tizimli-funksional modelining amaliy komponenti axborotlar ustida ishlashga yo‘naltirilgan germenevtik va kontekstli texnologiyalar natijaviyligi identivligining qayta aloqaga kirishuvchanlik jihatiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlashning tashkiliy-didaktik shart-sharoitlari analitik kompetensiyani tadqiqotchilik faoliyati bilan talabalarning axborotlarga skeptik yo‘nalganlik darajasini bevosita  uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlashning pedagogik tizimi “Tanqidiy va analitik tahlil” texnologiyasining analitik, tashkiliy va faoliyatga doir, monitoring va natijaviylik bosqichlarini interaktiv muloqot jarayoni bilan internal kooperatsiyalashuv darajasi valentligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlashning didaktik tuzilmasini pedagogik-psixologik fanlarning axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish imkoniyatlarini vertikal va gorizontal yo‘nalishda kengaytirib borish jarayonining produktivlik darajasi intensivligini ta’minlash orqali aniqlashtirishga doir takliflardan pedagogika ta’lim sohasi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 21 yanvardagi 89-03-349-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlashning tizimli-funksional modelining amaliy komponentini axborotlar ustida ishlashga yo‘naltirilgan germenevtik va kontekstli texnologiyalar natijaviyligi identivligining qayta aloqaga kirishuvchanlik jihatiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika nazariyasi va tarixi magistratura mutaxassisligi uchun “Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘i, 538-169-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda axborot xavfsizligiga doir kompetensiyalarni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlashning tashkiliy-didaktik shart-sharoitlarini analitik kompetensiyani tadqiqotchilik faoliyati bilan talabalarning axborotlarga skeptik yo‘nalganlik darajasini bevosita  uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan A-1-099. “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining axamiyati” (2015-2017 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 21 yanvardagi 89-03-349-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlashning didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlashning pedagogik tizimini “Tanqidiy va analitik tahlil” texnologiyasining analitik, tashkiliy va faoliyatga doir, monitoring va natijaviylik bosqichlarini interaktiv muloqot jarayoni bilan internal kooperatsiyalashuv darajasi valentligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan PZ-20170930223. “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” (2018-2020 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 21 yanvardagi 89-03-349-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlashning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish