Amanov Abdijabbor Sattarovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tilida matn tarkibiy qismlarini bog‘lovchi vositalarning semantik-funksional tadqiqi”, 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4. PhD/Fil.680.
Ilmiy rahbar: Qurbonova Muhabbat Matyakubovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Ma’rufjon Muhammadovich, filologiya fanlari doktori, professor; Madrahimov Ilxomjon Sobirovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi matn tarkibiy qismlarini bog‘lovchi vositalarni aniqlash, ularning semantik-funsional xususiyatlarini matn qurilishidagi ahamiyati va ichki qonuniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
matn va uning tarkibiy qismlarini bog‘lovchi vositalarning badiiy matnlardagi mazmuniy bog‘lovchilik rolining semantik-funksional belgi-xususiyatlari va lingvopoetik voqelikda qo‘llanishining grammatik ko‘lami aniqlangan;
murakkab sintaktik butunlikning mazmuniy shakllanishi va takomillashishida boshlanmaning mazmun uzviyligidagi vazifaviy o‘rni, uning badiiy matn tasvir voqeliklaridagi makon va zamon bilan aloqadorlik asosida yuzaga kelib, bog‘lovchilik vazifasini bajarishi asoslangan;
murakkab sintaktik butunlik tugallanmasining matn yuzaga kelishidagi mazmuniy-uslubiy birlashtirilishi assotsativ roli hamda ularning semantik-funksional jihatlarga ko‘ra kognitiv aloqadorlik va motivatsion yaxlitligi ochib berilgan;
zamon va makon asosidagi munosabatlarni ifodalovchi fe’l-kesimlar badiiy matnlardagi gaplar o‘rtasida bog‘lovchi va semantik-funksional muvofiqlik vazifasini bajaruvchi lisoniy vosita ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Matn tarkibiy qismlarini bog‘lovchi vositalarning semantik-funksional tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
matn va uning tarkibiy qismlarini bog‘lovchi vositalarning badiiy matnlardagi mazmuniy bog‘lovchilik rolining semantik-funksional belgi-xususiyatlari va lingvopoetik voqelikda qo‘llanishining grammatik ko‘lami bo‘yicha chiqarilgan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2012-2016 yillarda olib borilgan FA-A1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 23 dekabrdagi 17.01/301-son ma’lumotnomasi). Natijada, hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishida matn tarkibidagi so‘zlar qurshovining ta’siri masalasi nazariy jihatdan takomillashtirilgan;
murakkab sintaktik butunlikning mazmuniy shakllanishi va takomillashishida boshlanmaning mazmun uzviyligidagi vazifaviy o‘rni, uning badiiy matn tasvir voqeliklaridagi makon va zamon bilan aloqadorlik asosida yuzaga kelib, bog‘lovchilik vazifasini bajarishi bo‘yicha chiqarilgan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadkikot instituti tomonidan 2012-2014 yillarda olib borilgan FA-F1-G007 raqamli “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi amaliy-ilmiy loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi 2021 yil 23 dekabrdagi 17.01/303-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq naql-maqollarini nashrga tayyorlash masalalarida badiiy matnda murakkab sintaktik butunlikning semantik-funksional jihatlarining amaliy jihatdan qo‘llanish imkoniyati kengaygan;
murakkab sintaktik butunlik tugallanmasining matn yuzaga kelishidagi mazmuniy-uslubiy birlashtirilishi assotsativ roli hamda ularning semantik-funksional jihatlarga ko‘ra kognitiv aloqadorlik va motivatsion yaxlitligi hamda zamon va makon asosidagi munosabatlarni ifodalovchi fe’l-kesimlar badiiy matnlardagi gaplar o‘rtasida bog‘lovchi va semantik-funksional muvofiqlik vazifasini bajaruvchi lisoniy vosita ekanligi haqidagi xulosalardan, xususan, tinglovchiga yozma va og‘zaki nutqda bog‘lovchi vositalarning aniq va to‘g‘ri etib borishdagi ayrim mulohazalardan 2020-2021 yillarda O‘zbekiston MTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Milliy ma’naviyat” eshittirishlari va ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda va yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2022 yil 6 yanvardagi 04-36-10-son ma’lumotnomasi). Natijada radiodasturlar mazmunan mukammallashgan, muloqot jarayonlarining so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi muloqoti mazmundorligining ilmiy asosi ta’minlangan.