Akmuradov Baxtiyor Uralovich falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbek tilidagi matnlar uchun nutqni sintez qilish usullari va algoritmlari», 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2745
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xamdamov Utkir Raxmatillaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Muxamedieva Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor; Elov Botir Boltaevich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tilidagi elektron matnlarni tahlil qilish, dastlabki ishlov berish va nutqni sintezlash modeli, usullari, algoritmlari hamda dasturiy ta’minotlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
multimediali muloqotni tashkil etishga imkon beruvchi o‘zbek tilidagi elektron matnlarni konkatenativ yondashuv asosida nutq signallariga sintezlash tizimining funksional modeli ishlab chiqilgan;
o‘zbek adabiy tili qoidalari asosida matnlarga dastlabki ishlov berish, so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratish va ularni tovushli ifodalashning kompyuter lingvistik usullari hamda dasturiy kutubxonalari yaratilgan;
nutqni sintezlash tizimining funksional modeli asosida matnlardan gaplar va so‘zlarni ajratish, sonlar va belgilarni matnli ifodalash hamda tuvush fragmentlarini konkatenatsiyalash algoritmlari ishlab chiqilgan;
yaratilgan yondoshuv va usullar asosida elektron matnlarni nutq signallariga sintezlash dasturiy majmuasining funksional tuzilmasi va tarkibiy modullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbek tilidagi matnlarni nutqqa sintezlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilidagi matnlarni nutq signallariga sintezlash algoritmlari va dasturiy majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 10 fevraldagi 33-8/731-son ma’lumotnomasi). Natijada, markaz tasarrufidagi elektron resurslar asosida o‘zbek tilida keng qo‘llaniladigan 38 mingdan ortiq so‘zlar va 2.8 mingdan ortiq bo‘g‘inlarning elektron bazasi shakllantirildi. Ta’lim tizimida talaba va o‘qituvchilarning elektron ta’lim resurslari va axborot tizimlaridan foydalanishida inson – mashina interfeysini yanada qulaylashtirish imkoniyati yaratilgan.
o‘zbek tilidagi co‘zlarni «Andozaga qiyoslash» orqali bo‘g‘inlarga ajratish algoritmi va nutq signallariga sintezlash dasturiy majmuasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markaziga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 10 fevraldagi 33-8/731-son ma’lumotnomasi). Natijada berilgan matn tarkibidagi so‘zlarning 98 foizini bo‘g‘inlarga to‘g‘ri ajratishga erishildi. Davlat xizmatchilarining o‘zbek tili imlo qoidalariga mos ravishda hujjatlarni yuritish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilgan.