Yarmatov Sardorbek Sobirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tabiiy ipak tolalari asosida polifunksional “Gemosorb” gemosorbenti: olinishi, tuzilishi va xossalari», 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/K364.
Ilmiy rahbar: Sarimsoqov Abdushkur Abduxalilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
Rasmiy opponentlar: Kudishkin Valentin Olegovich, kimyo fanlari doktori, professor; Chulpanov Komiljon Aminjonovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy ipak tolalari asosida yangi, tolasimon, polifunksional gemosorbentlar olish, ularning tarkibi, tuzilishi, fizik-kimyoviy va tibbiy-biologik xossalarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suvli sharoitda yuqori harorat va bosim ostida yopiq tizimda serisin va fibroin olishning ilmiy va amaliy asoslari yaratilgan;
ilk bor tabiiy ipak fibroinidan polifunksional gemosorbent olishda, suvli sharoitda yuqori harorat va bosim ostida yopiq tizimda gidrolizlash va fizik omillar ta’sirida modifikatsiyalashning maqbul sharoitlari aniqlangan;
ilk bor fibroin asosida yuqori g‘ovaklikka ega bo‘lgan, tola sirtida va shakllantirilgan g‘ovaklarda reaksion faol guruhlarni hosil bo‘lishining ilmiy va amaliy asoslari yaratilgan; 
fibroin asosida yuqori sorbsion faollikka ega bo‘lgan, spesifik bo‘lmagan tolasimon polifunksional gemosorbent yaratilgan va uning model tizimda, qon va qon zardobi detoksikatsiyasida yuqori samaradorligi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Tabiiy ipak tolalari asosida polifunksional “Gemosorb” gemosorbenti: olinishi, tuzilishi va xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy ipak tollari asosida gemosorbentlar olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (IAP 06273, 30.09.2020 y.). Natijada, suvli sharoitda yuqori harorat va bosim ostida fibroinni gidrolizlash va fizik omillar ta’sirida qo‘shimcha modifikatsiyalash orqali yuqori sorbsion faollikka ega tolali polifunksional gemosorbent namunalari olingan;
ipak fibroini asosidagi ma’lum tuzilish va xossali, oqsil tabiatli gemosorbentni yaratish bo‘yicha olingan natijalardan O‘zR SSV TTA da bajarilgan PZ-2017092910 “Yumshoq to‘qimalar va terini turli genezli jarohatlanishini davolash uchun yarim o‘tkazuvchi va biodegradatsiyalanuvchi jarohat qoplamlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada kollagenning fizik-kimyoviy xususiyatlari, zarracha o‘lchami, qalinligi, bo‘kish darajasini tadqiq etishda foydalanilgan (O‘zR SSV TTA ning 2021 yil 16-sentyabrdagi 03-2820-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kollagen asosida yarim o‘tkazuvchi va biodegradatsiyalanuvchi jarohat qoplamlarini ilk bor olishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish