Yunusova Muslima Xalmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Eksperimental miokarditli kalamushlar yurak-qon tomir tizimiga tabiiy birikmalar ta’sirini o‘rganish», 03.00.01 – Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B293.
Ilmiy rahbar: Dalimova Surayyo Nugmanovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Nosirjon Muxamedjanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xadjimetov Abdug‘ofur Axatovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: GLAS supramolekulyar kompleksining tomir-trombotsitar gemostaz hamda miokardit modelli kalamushlar yurak hujayralaridagi ba’zi biokimyoviy jarayonlarga ta’sir mexanizmini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
GLASning tomir-trombotsitar gemostazga ta’sir mexanizmi trombotsitlarning, qisqa vaqt ichida kuzatiladigan, umumiy sonini kamayishi, trombotsitlarni agregatsiya va adgeziyasining pasayishi bilan bog‘likligi aniqlangan;
GLASni kalamushlar trombotsitlari, yurak gomogenati va mitoxondriyalarida yaqqol namoyon bo‘ladigan antioksidant ta’sirga ega ekanligi aniqlangan;
eksperimental miokarditli kalamushlar yurak mitohondriyalarining funksional holatini susayishi va nafas olish zanjiri fermentlarining ingibirlanishi ma’lum bo‘ldi. Bunday hayvonlarga GLAS preparatini yuborilishi o‘rganilgan ko‘rsatkichlarni tiklanishiga olib kelgan;
eksperimental miokarditli kalamushlar qoni va yurak gomogenatida azot oksidi metabolitlarning miqdori indusibel NO-sintaza (iNOS) fermenti faollanishi evaziga oshib ketishi aniqlandi. GLAS preparati ta’sirida azot oksidi metabolitlari miqdorini kamayishi va indusibel NO-sintaza (iNOS) fermenti faolligini susayishi aniqlangan;
GLASni sotuvda bo‘lgan aspirin preparatiga nisbatan terapevtik ta’sirni amalga oshishi hamda terapevtik ta’sirni kengligi bo‘yicha avfzalligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Mahalliy o‘simliklardan ajratib olingan tabiiy birikmalarning antioksidant faolligini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
glisirrizin kislota bilan aspirin asosida yaratilgan supramolekulyar kompleksning (GLAS) FA-A11-T070-sonli «Maxalliy xom ashyo asosida ishlab chiqilgan samarali immunomodulyator yaratilishi» mavzusidagi fundamental loyihada (GLAS) preparatini kalamushlar va quyonlar tomir – trombotsitar gemostaziga ta`sirini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 25 yanvardagi 4/1255-175-son ma’lumotnomasi). Natijada, GLAS preparatini kardiomiotsitlar mitoxondriyalarining nafas olish va oksidlanuvchi fosforlanish jarayonlari va fermentlar faolligiga ta`sirini o‘rganish imkonini bergan;
o‘simlik tabiatli birikmalar (glisirrizin kislota) bilan aspirin asosida yaratilgan supramolekulyar kompleksi GLASning eksperimental hayvonlar tomir – trombotsitar gemostaziga trombotsitlarning agregatsiya va adgeziya jarayonlarini susaytirish orqali ta`sir etishini aniqlashda PZ-201 709302112-sonli «Metabolizmning istiqbolli regulyatorlari sifatida mahalliy o‘simlik materiallardan ajratilgan proantosiyanidinlarning antigipoksant husussiyatlarini skrining qilish» loyihada GLAS hayvonlar qon zardobida yurak gomogenati va mitoxondriyalarida antioksidantlik faolligini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish Vazirligining 2022 yil 11 martdagi 02-02/1351 - son ma’lumotnomasi). Natijada, GLAS kompleksi yurak xastaliklarda tomir va yurak hujayralaridagi ba’zi patologik jarayonlarni tiklash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish