Safarov Shohruh Sharofovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Murakab konstruktiv shakldagi yupqa magnitelastik plastina va qobiqlarning nochiziqli deformatsiyalanish jarayonlarini matematik modellashtirish», 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4. PhD/T905.
Ilmiy rahbar: Nuraliev Faxriddin Murodillaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar Polatov Asxad Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, proffessor. Isomiddinov Anvarjon Inomjonovich, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat Transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektromagnit maydon kuchlar ta’sirini hisobga olgan holda magnitelastik murakkab shakldagi yupqa plastina va qobiqlarning geometrik nochiziqli deformatsiyalanish jarayonlarini matematik modellashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektromagnit maydon ta’sirini hisobga olgan holda yupqa plastina va qobiqlarning geometrik nochiziqli deformatsiyalanish jarayonining umumlashgan matematik modellari ishlab chiqilgan;
R-funksiya usuli asosida murakkab konstruktiv shakldagi yupqa magnitelastik plastinalar uchun chegaraviy shartlarni qanoatlantiruvchi echimlar tuzilmalari ishlab chiqilgan;
analitik RFM hamda variatsion Bubnov-Galerkin sonli usullar yordamida murakkab konstruktiv shakldagi plastina va qobiqlarning geometrik nochiziqli deformatsiyalanish jarayonining iteratsion hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
murakkab konstruktiv shakldagi yupqa magnitelastik plastinalarning nochiziqli deformatsiyalanish holatini hisoblash uchun dasturiy majmua tuzilmasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Murakkab konstruktiv shakldagi elektro‘tkazuvchan yupqa magnitelastik plastinalarning geometrik nochiziqli deformatsiyalanish holatini hamda elektromagnit maydon ta’sirlarini hisobga olgan holda tadqiq qilish uchun ishlab chiqilgan matematik modellar, hisoblash algoritmlar hamda dasturiy majmua asosida:
elektromagnit maydon ta’sirini hisobga olgan holda magnitelastik plastinalarning nochiziqli geometrik masalasini deformatsiyalanish masalasini echishning R-funksiya va Bubnov Galerkin variatsion usullarini birgalikda qo‘llagan holda hisoblash algoritmi hamda hisoblash tajribalarini o‘tkazish uchun dasturiy majmua tuzilmasi «Buxoro viloyati Olot tuman sanoatni rivojlantirish va kapital qurilish» bo‘limi ob’ektlariga va «BEK INTERGROUP» MChJga joriy etilgan (Qurilish vazirligining 2021 yil 6 maydagi 17-06/5481 ma’lumotnomasi). Natijada qurilish-montaj ishlarini loyihalash jarayonlarida vaqt sarfini kamayishi hisobiga ish unumdorligi 8-10% ga oshirishga, hisoblash aniqligining ortishi hisobiga material sarf-xarajatlari 5-10% ga kamayishiga imkon bergan;
murakkab konfiguratsiyali yupqa magnitelastik plastinalarning mexanik va elektromagnit maydon kuchlarini hisobga olgan holda geometrik nochiziqli deformatsiyalanish jarayonlarini sonli natijalarni tahlil etishga imkon beruvchi avtomatlashtirilgan tizim «PROEKT-SERVIS» MChJ tomonidan loyiha hisob ishlarini amalga oshirish jarayoniga joriy qilingan (Qurilish vazirligining 2021 yil 6 maydagi 17-06/5481 ma’lumotnomasi). Natijada loyihalash jarayonlari uchun vaqt sarfini kamayishi hisobiga ish unumdorligining 10-15% gacha oshirishga hamda hisoblash aniqligining ortishi hisobiga material sarf-xarajatlarini 1,2 marta kamayishiga imkon bergan.