Turdiqulov Islom Hayitboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Polietilen asosida bioparchalanuvchi materiallarning olinishi, tuzilishi va xossalari», 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2021.4.PhD/K437.
Ilmiy rahbar: Ataxanov Abdumutolib Abdupatto o‘g‘li, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamediev Muxtarjan Ganievich, kimyo fanlari doktori, professor; Rafikov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polietilen asosida bioparchalanuvchi kompozisiyalar olish, ularning tuzilishi va xossalarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p atomli spirtlar (gliserin va sorbitol) aralashmasining belgilangan aniq nisbatlarda va optimal sharoitda kraxmalni plastifikatsiya qilish orqali termoplastik holatiga o‘tkazish sharoitlari aniqlangan va bunda hosil bo‘ladigan molekulalararo vodorod bog‘lar hisobiga ekspluatatsion xossalarining yaxshilanishi aniqlangan;
ilk bor suyuqlanmada yuqori almashininsh darajasiga ega maleinizatsiyalangan quyi molekulyar polietilen sintez qilingan, sintez jarayoniga ta’sir qiluvchi o‘zgaruvchan omillarga bog‘liq ravishda reaksiya kinetikasi tadqiq qilingan, uning tuzilishi va xossalari aniqlangan hamda  polietilen asosida kompozisiya olishda kompatibilizator sifatida qo‘llash imkoniyatlari ko‘rsatilgan;
ilk bor o‘zgaruvchan valentli metall tuzlari asosida prooksidant (okso-qo‘shimcha) birikmalari sintez qilingan va ularning ul`trabinafsha nurlar ta’sirida polietilen zanjirda destruksiya jarayonini inisirlash hususiyati isbotlangan;
ilk bor yangi sintez qilingan kompatibilizator ishtirokida polietilen, termoplastik kraxmal, prooksidant asosida mustahkamligi yuqori bo‘lgan, cheklangan muddatlarda mikroorganizmlar va ultrabinafsha nurlar ta’sirida bioparchalanuvchi plyonka shaklidagi kompozisiyalar yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Polietilen asosida bioparchalanuvchi materiallarning olinishi, tuzilishi va xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida “Jizzaxplastmassa” AJ bilan polietilen asosida bioparchalanuvchi plyonka olish usulini yaratish bo‘yicha shartnoma tuzilgan (2017 yil 24 martdagi 24/03-sonli shartnoma). Natijada, polietilen asosida bioparchalanuvchi plyonka ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish va “Jizzaxplastmassa” AJda tadbiq qilish imkonini bergan; 
bioparchalanuvchi polimer kompaund (Ts 21889093-01:2019) va bioparchalanuvchi polimer plyonka (Ts 25261285-08:2019) uchun texnik shartlari  “Uzstandart” agentligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Mazkur texnik shart mahsulotlarning sifati va texnologiya jarayonini nazorat qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish