Istamova Shohida Maxsudovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i  nomi): «Badiiy asarda tushning poetik-kompozision vazifalari» 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil20.

Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti. PhD.27.06.2017.Fil.02.03.

Rasmiy opponentlar: Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori; Imomova Gulchehra, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.        

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek adabiyotida tushning qo‘llanilishi bilan bog‘liq ijtimoiy-psixologik omillarni, estetik qonuniyatlarni o‘rganish asosida uning kompozision hamda uslubiy vazifalarini, poetik san’at sifatidagi mohiyatini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy  yangiligi:

badiiy asarda qo‘llanilgan tush motivining o‘ziga xos xususiyatlari hamda uning estetik, uslubiy, poetik-kompozision vazifalarini talqin va tahlil qilish asoslari ishlab chiqilgan;

tushning qoliplash san’ati, hayot haqiqatini ramziy aks ettirish usuli, kiritma voqea, badiiy detal`, epizodik tasvir, ruhiy tahlil vositasi, tugun yoxud syujet chiziqlarining boshlanish yoki tugash nuqtasi, voqealar rivojini ta’minlovchi, asar voqealarini uyushtiruvchi va yaxlitlashtiruvchi vosita sifatida  qo‘llanilishi, syujetning o‘zak motivi bo‘lib kelishi asoslab berilgan;

 asarda tushdan foydalanishning an’anaviyligi yoki o‘ziga xosligini aniqlashning adabiy-badiiy mezonlari ishlab chiqilgan, tush motivining qahramon psixologik portretini yaratishdagi roli yoritib berilgan;

o‘zbek ijodkorlarining tush komponenti bilan asar syujeti, badiiy maqsadi, konflikti, voqealar rivoji, mohiyati va echimini yoritishdagi mahorati ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbek ijodkorlarining badiiy asarlarida tush motividan foydalanish mahorati, bu estetik tajribaning o‘zbek adabiyoti badiiy takomilidagi o‘rni va roli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

o‘zbek shoir va yozuvchilarining tushdan foydalanish mahorati va tushning badiiy talqini haqidagi ilmiy xulosalardan F-1-06 raqamli «Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi»mavzusidagifundamental tadqiqot loyihasida mazkur tadqiqot natijalaridan foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 9 oktyabrdagi FTA-0211/828-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi  o‘zbek adabiyotida tush hodisasi tasviri va talqinidan foydalanish borasida erishilgan badiiy-estetik tajribalardan foydalanish hamda uning badiiy adabiyot targ‘ibotidagi ahamiyatini anglash va baholash imkonini bergan;

xalqimiz orasida tushga aloqador e’tiqodiy qarashlar va ishonchlar tizimining shakllanganligi, ularning milliy qadriyatlarimiz tizimidan munosib o‘rin egallagani hamda badiiy asarda ruhiy tahlilning o‘ziga xos poetik vositasi sifatida qo‘llanishi xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanalining «Dunyo adabiyoti» ruknidagi ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanalining 2017 yil 3 noyabrdagi 01-15/798-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi  teleko‘rsatuvlarning xalqchilligi va qiziqarliligini oshirgan, adabiy-badiiy mavzulardagi teledasturlar sifatini oshirish ikonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish