Jabborova Dilfuza Pushkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gidroponika sharoitida soya o‘simligining fiziologik va simbiotik xususiyatlari», 03.00.07–O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/V23.
Ilmiy rahbar: Davranov Kaxramon, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Safarov Karimdjon, biologiya fanlari doktori, professor; Mavlyanova Ravza Fazliddinovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gidroponika sharoitida soya o‘simligining morfofiziologik xususiyatlari hamda rizobakteriyalar bilan simbiotik aloqasiga ozuqa muhitlari ta’sirini aniqlash va gidroponikada soya etishtirish agrotexnologiyasi uchun samarali ozuqa muhitini tanlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gidroponika sharoitida natriy xlorid (NaCl) tuzi eritmasining 50 mM va 75 mM konsentratsiyali ozuqa muhitlarida soyaning ildiz uzunligi, yuzasi, diametri, hajmi, ildiz egallagan maydon va tugunaklar sonini pasaytirishi isbotlangan;
ilk marotaba gidroponika sharoitidagi sho‘rlantirilgan ozuqa muhitida soya ildiziga B.japonicum USDA110 va P.putida TSAU1 bakteriyalari aralashmasi bilan ishlov berilganda ildiz tizimining yaxshi rivojlanishi, tugunak hosil bo‘lishining jadallashishi, o‘simlikdagi N, P hamda bargidagi xlorofill va protein miqdorining oshishi, Bradyrhizobium bilan simbiotik aloqasi yaxshilanishi va o‘simlikni sho‘rlanishga chidamliligi oshishi aniqlangan;
gidroponika sharoitidagi yuqori miqdorda P (N 3000 µmol va P 250 µmol; N 300 µmol va P 250 µmol) saqlagan ozuqa muhitlari soyaning morfologik va fiziologik xususiyatlariga ijobiy ta’sir etishi asosida soya ildiz uzunligi, diametri, hajmi, ildiz egallagan maydoni, o‘simlikdagi P, bargdagi protein va xlorofill miqdori oshganligi asoslangan;
ilk bor kam miqdorda N va yuqori miqdorda P saqlagan ozuqa muhitida soya ildiziga B.japonicum USDA110 va P.putida TSAU1 bakteriyalari bilan ishlov berilganda soyaning tugunak hosil qilishini kuchaytirishi, ildiz ko‘rsatkichlarini oshirishi, bargidagi protein hamda o‘simlikdagi N va P miqdorlarini oshirishiga samarali ta’sir etishi ochib berilgan;
ilk bor kam miqdorda N va yuqori miqdorda P saqlagan ozuqa muhitida B.japonicum USDA110 bilan P.putida TSAU1 shtammlarining aralashmasi bilan ishlov berilganda soya ildizi uzunligi va yuzasida kuchli ijobiy, ildiz maydoni va diametri o‘rtasida o‘rtacha ijobiy korrelyasion bog‘liqlik borligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gidroponika sharoitida soya o‘simligining fiziologik va simbiotik xususiyatlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
gidroponika sharoitida sho‘rlanishning soya o‘simligining fiziologik va simbiotik xususiyatlariga ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar 10 dan ortiq xorijdagi impakt-faktori (ResearchGate, Web of Science) yuqori ilmiy jurnallarda o‘simlik navlarining sho‘rlanishga chidamliligini aniqlash, sun’iy ozuqa muhitlarini o‘simlik ildiz tizimining morfofiziologik va simbiotik xususiyatlarini tahlili uchun foydalanilgan (Plant Soil, 2016, V.405, №40, ResearchGate, IF 3,42; Front Microbiol, 2016, Vol.7, №1, Web of Science, IF 4,07; Plant Soil, 2017, V. 416, №40, ResearchGate, IF 3,42; Russian Journal of Plant Physiology, 2017, Vol.64, №40, ResearchGate, IF 0,77; Applied Microbiology and Biotechnology, 2016, Vol.100, №40, ResearchGate, IF 3,81). Natijalar soyaning tuproq sho‘rlanishiga chidamliligini aniqlash, o‘simlik ildiz tizimining rizobakteriyalari bilan aloqasini baholash, sun’iy ozuqa muhitlarining o‘simliklarga ta’sirini asoslash imkonini bergan;
gidroponika sharoitida soyaning o‘sishi va fiziologik jarayonlariga sho‘rlantirilgan ozuqa muhitlarining ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar 31500225 raqamli “Qurg‘oqchilikka chidamlilikning molekulyar mexanizmlari” mavzusidagi loyihada soya navlarining sho‘rlanishga chidamliligini baholashda foydalanilgan (Xitoy Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining 2017 yil 20 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natija sho‘rlantirilgan ozuqa muhitlarining soya navlarini fiziologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlash va sho‘rga chidamliligini baholash imkonini bergan;
gidroponika sharoitida soyaning o‘sishiga turli ozuqa muhitlarining ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar PSFAISLPIP-BZU raqamli “Turli harorat va namlik darajalarining Bt.cruciferous o‘simligining seleksiyasiga va Plutellaxylostellahasharotga chidamliligini rivojlanishiga ta’siri” mavzusidagi loyihada sho‘rlantirilgan ozuqa muhitlaridan Bt.cruciferous o‘simligi navlarining sho‘rlanishga chidamliligini baholashda foydalanilgan (Baxauddin Zakariya universitetining 2017 yil 17 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natija sho‘rlantirilgan ozuqa muhitlari Bt. Cruciferous navining chidamliligini aniqlash imkonini bergan.