Abidova Ziyoda Askarovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tibbiyot xodimlarida tolerantlikni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari», 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari). 

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Psi7.

Ilmiy rahbar:Shoumarov G‘ayrat Baxromovich, psixologiya fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Psi.01.07.

Rasmiy opponentlar: Kodirov Botir Raxmonkulovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Lutfullaeva Nigora Xalimboevna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tibbiyot xodimlarida tolerantlikni rivojlantirish va shakllantirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

tolerantlik darajasini jins, tug‘ilgan joy, oila va farzandlari mavjudligi, ota-onalarining ma’lumoti va oiladagi tug‘ilish ketma-ketligiga kabi ijtimoiy omillar bilan o‘zaro aloqasi aniqlangan;

tibbiyot xodimlari faoliyatida zarur bo‘lgan emotsional intellekt, empatik qobiliyatlar, jamoadoshlik ustanovkalari va o‘zgarishlarga shaxs sifatida tayyorlik kabi ijtimoiy-psixologik omillarining tolerantlik rivojlanishiga ta’siri aniqlangan;

tolerantlikni rivojlantirish bo‘yicha tolerantlikning asosini tashkil etuvchi shaxsdagi ichki salohiyatni aniqlash va ochib berishga qaratilgan ochiq didaktik texnikali motivatsion-konstruktiv yondashuv – deduktiv texnologiya va tolerant shaxs sifatlarini shakllantirishga qaratilgan yopiq didaktik texnikali xulq-atvorga (faoliyatli) yo‘naltirilgan induktiv texnologiya ishlab chiqilgan;

tolerantlikni rivojlantirishda pedagogik texnologiyalar shaxsda tolerantlikni shakllantirishga emas, balki uni ochish va rivojlantirishga yo‘naltirilishi kerakligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tibbiyot xodimlarida tolerantlikni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari joriy qilinishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

yaratilgan tolerantlilik darajasi va uning ustuvor komponentlarini aniqlash imkonini beruvchi «O‘z tolerantlik darajasini aniqlash» metodikasi; shaxsda tolerantlikni rivojlantiruvchi va shakllantiruvchi samarali didaktik texnologiyalari; shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirish, qayta tayyorlash, ixtisoslashtirish amaliyotida ulardagi tolerantlikni ochish va rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan psixologik trening dasturlari, taklif va tavsiyalari sog‘liqni saqlash amaliyotida, xususan Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti,  Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi, shuningdek O‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlarni malakasini oshirish va ixtisoslashtirish Respublika markazida foydalanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining  2017 yil 13 oktyabrdagi 8n-z/25-son, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 4 oktyabrdagi 89-03-2196-son ma’lumotnomalari). Mazkur tadqiqot natijalari tibbiyot xodimlarining tolerantligi va kasbiy kompetentligini oshirishga, shuningdek, emotsional zo‘riqishni, tibbiyot muassasalarida nizoli vaziyatlarning yuzaga kelish ehtimolini pasaytirgan holda muammolarni hal etishga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, tibbiyot xodimlarida jamoadoshlik ko‘nikmasini oshishiga, jamoaviy faoliyatni rivojlantirishga, mos klinik bayonnomalarni samarali qabul qilish va shakllantirishga xizmat qilgan;

shaxsda tolerantlikni ochish va rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan psixologik trening dasturlari va tolerantlikni aniqlash imkonini beruvchi «O‘z tolerantlik darajasini aniqlash» metodikasi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazida amaliy psixologlar faoliyatiga joriy qilingan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvning markazi 2017 yil 23 oktyabrdagi 06/603-son ma’lumotnomasi). Mazkur psixologik trening dasturlari va psixodiagnostik metodika yordamida psixologlarning tolerantlik darajasini aniqlashga, uni rivojlantirishga va kasbiy kompetentligini oshirishga, shu bilan birgalikda ulardagi emotsional zo‘riqishni kamaytirish jamoadoshlik ko‘nikmalarini oshirish, hamda ijobiy psixologik muhit yaratishga va samarali jamoaviy faoliyatga erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish