Mahmudov Azizbek Valijonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Crocus L. turkumi turlarining O‘zbekiston sharoitida introduksiyasi va bioekologik xususiyatlari», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/B17.

Ilmiy rahbar: Tuxtaev Bobokul Erkulovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Botanika instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.B.39.01.

Rasmiy opponentlar: Raximova Tashxanim, biologiya fanlari doktori, professor; Belolipov Igor` Vladimirovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Crocus turkumi turlarining ontogenezini aniqlash va ko‘paytirish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Toshkent va Farg‘ona sharoitlarida Crocus turkumi turlarining ontogenez davrlari, o‘sish va rivojlanish xususiyatlari qiyosiy aniqlangan;

Crocus turkumi turlarining kunlik va mavsumiy gullash dinamikasi ochib berilgan;

turli sharoitlarda C. alatavicus, C. korolkoviilar potensial va haqiqiy urug‘ mahsuldorligi aniqlangan;

C. sativusning er ustki va ostki qismlari xomashyo hosildorligi aniqlangan;

Crocus L. turkumiga mansub turlar er ustki qismining fitokimyoviy tarkibi asoslangan;

o‘simliklarni turli sharoitlarda ko‘paytirish va etishtirish yo‘llari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Crocus L. turkumi turlarining O‘zbekiston sharoitida introduksiyasi va bioekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

tabiiy va introduksiya sharoitlarida Crocus L. turkumi turlarining populyasiyalari, fenologiyasi va biometriyasiga doir ma’lumotlar “Letopis` Prirodi Evrazii” loyihasida za’faron turlari populyasiyalarini baholash va saqlab qolishda foydalanilgan (Xel`sinki universitetining (Finlandiya) 2017 yil 27 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada Crocus L. turkumi turlari populyasiyalari holatini monitoring qilish va muhofaza chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;

ekma za’faronni etishtirish yo‘llari o‘rmon xo‘jaligi tasarrufidagi maydonlarda plantatsiyalar tashkil etish jarayoniga joriy qilingan (O‘rmon ho‘jaligi davlat qo‘mitasining 2017 yil 18 oktyabrdagi 05/05-2489-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikamizning Andijon, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida jami 36 ga maydonda ekma za’faron plantatsiyalarini tashkil etish imkonini bergan;

ekma za’faronning sanoat plantatsiyalaridan uning dorivor xomashyosini olishda farmatsevtika sanoatida foydalanilgan (Farmatsevtika sanoati davlat-aksiyadorlik konsernining 2017 yil 7 noyabrdagi MD-06/3100-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘simlikdan fitokimyoviy tarkibi xalqaro standartlarga mos keladigan sifatli dorivor xomashyo olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish