Zaxidov Gafurdjan Erkinovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i  nomi): «O‘zbekiston engil sanoatida ishlab chiqarishni klaster usulida tashkil etish va boshqarish samaradorligi», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt.79.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.15.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot:  Buxoro muhndislik-texnologiya  instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotningmaqsadi: O‘zbekiston engil sanoatida ishlab chiqarishni klaster usulida tashkil etish va boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

to‘qimachilik mahsulotlari bozoridagi raqobat, tashqi muhit ta’siri, geografik joylashuv xususiyatlari, klasterning xalqaro bozordagi mavqeini hisobga olgan holda «xomashyo – tayyor mahsulot» vertikal yaxlit texnologik ishlab chiqarish jarayonini ta’minlovchi namunaviy tuzilmasi ishlab chiqilgan;

engil sanoatda tarmoqlararo klaster faoliyatining samaradorligini ta’minlashda tashqi va ichki muhitning o‘zaro muvofiqligi shartlari va asosiy elementlari aniqlangan, ular tarkibining tarmoq xususiyatlari va rivojlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda shakllanishi asoslangan;

to‘qimachilik sanoati salohiyatidan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan «Toshkent shahri va Toshkent viloyati to‘qimachilik klasteri»ning texnologik-iqtisodiy tuzilmasi ishlab chiqilgan;

klasterlarni tashkil etishning zamonaviy konsepsiyalari, rivojlangan mamlakatlar tajribasi, engil sanoat tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlarini umumlashtirish asosida klasterlashtirish mexanizmlarini me’yoriy-huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekiston engil sanoatida ishlab chiqarishni klaster usulida tashkil etish va boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

engil sanoat korxonalari klasterlarini tashkil etishda davlat, ta’lim va venchur korxonalarining o‘rni va maqomini belgilash, engil sanoat korxonalarini tarmoq doirasida birlashtirishga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar ta’sirini hisobga olgan holda engil sanoatda tarmoqlararo klasterni tashkil etish va klasterlar tarkibi bo‘yicha berilgan takliflar «Engil sanoat korxonalari faoliyatini tashkil etish va samaradorligini baholash bo‘yicha yo‘riqnoma»ga kiritilgan («O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2017 yil 7 noyabrdagi FJ­12­3569­son ma’lumotnomasi). Natijada engil sanoat korxonalarida klasterlarni samarali tashkil etish va boshqarish imkoniyati yaratilgan;

klasterlarni tashkil etishning zamonaviy konsepsiyalari, rivojlangan mamlakatlar tajribasi, engil sanoat tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlarini umumlashtirish asosida klasterlashtirish mexanizmlarini me’yoriy-huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar «Engil sanoat korxonalarini istiqbolda rivojlantirish dasturi»ga kiritilgan («O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik kompaniyasining 2017 yil 7 noyabrdagi FJ­12­3569­son ma’lumotnomasi). Natijada engil sanoat korxonalari faoliyatini klasterlashtirishning tashkiliy va boshqaruv mexanizmlari takomillashgan;

to‘qimachilik mahsulotlari bozoridagi raqobat, tashqi muhit ta’siri, geografik joylashuv xususiyatlari, klasterning xalqaro bozordagi mavqeini hisobga olishga asoslangan «xomashyo – tayyor mahsulot» vertikal yaxlit texnologik ishlab chiqarish jarayonini ta’minlovchi na’munaviy tuzilmasi «Engil sanoat korxonalarini istiqbolda rivojlantirish dasturi»ga kiritilgan («O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik kompaniyasining 2017 yil 7 noyabrdagi FJ­12­3569­son ma’lumotnomasi). Natijada engil sanoat tarmog‘ida texnologik ishlab chiqarishni namunaviy tuzilma asosida samarali tashkil etish imkoni yaratilgan;

to‘qimachilik sanoati salohiyatidan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan «Toshkent shahri va Toshkent viloyati to‘qimachilik klasteri”ning texnologik-iqtisodiy tuzilmasi tasdiqlangan («O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik kompaniyasining 2017 yil 7 noyabrdagi FJ­12­3569­son ma’lumotnomasi). Taklif etilayotgan tuzilma asosida «Billur-teks» ip kalava ishlab chiqaruvchi, «To‘y-tepa teks» yigiruv­to‘quv fabrikasi, Yangiyo‘l shahridagi «Sirius Fasion» MChJ hamda «UzTeks-groop» korxonalari ishtirokida to‘qimachilik klasterini tashkil etish natijasida boshqaruv xarajatlari 15 foizga, davriy xarajatlar 18 foizga qisqardi, klasterga birlashtirilgan korxonalarning eksport salohiyati 12 foizga ortdgan;

ishlab chiqarishda klasterlarning vujudga kelishi va ularning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar tizimi kichik sanoat korxonalarining rivojlanishida klasterlarni shakllantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlarida foydalanilgan («O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazining 2017 yil 18  yanvardagi 01-161­son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy resurs va xomashyodan samarali foydalanishda qayta ishlovchi korxonalarni joylashtirish metodikasi takomillashtirilgan;

iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida investisiyalarni optimal taqsimlash bo‘yicha aniqlangan miqdoriy qiymatlarni hisoblash usuli «O‘zbekiston iqtisodiyotida investisiyalarning tarmoqlararo taqsimlanishini ekonometrik modellashtirish» F-4-45 raqamli fundamental loyihasini (2012–2016 yy.) amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 13 fevraldagi FTK-0313/154-son ma’lumotnomasi). Natijada iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion jozibadorlikni oshirish, investisiyalarni optimal taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonlarining ekonometrik tahlili va prognozlashtirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish