Xashimova Naima Abitovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  «O‘zbekiston Respublikasida investision salohiyat rivojlanishining ilmiy-metodologik asoslarini takomillashtirish», 08.00.02–Makroiqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Iqt11.

Ilmiy maslahatchi: Tursunxodjaev Marat Lutfullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,  DSc.27.06.2017. I.15.01.

Rasmiy opponentlar: Usmonov Anvar Saidmaxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Trostyanskiy Dmitriy Valer`evich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abulqosimov Xasan Pirnazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot:  G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotningmaqsadi: O‘zbekistonda investision salohiyatni rivojlantirishning ilmiy-metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

investision salohiyatning kategorial mazmunini tavsiflovchi investision salohiyat nazariyasiga, joriy va kelajakdagi investision resurslar o‘zaro birgalikda harakatlanadigan investision maydon tushunchasi va uning mazmuni masalalariga yondashuv takomillashtirilgan;

investision strategiya samaradorligi va natijaviyligini oshirish imkonini beruvchi investision salohiyat shakllanishi mexanizmining agregat tuzilishi metodologik asoslari ochib berilgan;

investision jozibadorlik va faollikni belgilovchi omillarning integral tahlilini tuzish orqali investision muhit holatini makroko‘lamda baholash metodikasi takomillashtirilgan;

agregat yondashuv asosida alohida olingan har bir agregat va ularning umumiy tavsifini shakllantiruvchi turli sharoit va omillarning o‘zaro ta’sirini hisobga olish imkonini beruvchi investision salohiyatni integral baholash metodikasi takomillashtirilgan;

investision salohiyatni rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash imkonini beruvchi investision salohiyatning rivojlanish va o‘sish zaxiralarini baholash metodikasi takomillashtirilgan;

yuqori darajadagi barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonning investision salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish  mexanizmlarini takomillashtirishning chora-tadbirlari taklif etilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Investision salohiyat rivojlanishining ilmiy-metodologik asoslari va mexanizmlarini takomillashtirish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:

investision salohiyatning shakllanish mexanizmiga doir agregat yondashuv va uning asosida ishlab chiqilgan investision salohiyatning integral baholash metodikasi; investision muhitni makroko‘lamda baholash metodikasi; investision salohiyatni rivojlantirish va o‘sish zaxiralarini baholash metodikasi; investision salohiyat kategorial mazmunini asoslashda investision maydon tushunchasi va uning mazmuniga baho berish masalalariga nazariy-ilmiy yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan «2018 yilning asosiy makroiqtisodiy prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va investision dasturlarni shakllantirish bo‘yicha metodologik qo‘llanma»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiyot vazirligining 2017 yil 3 noyabrdagi AD-3-1/20-110-son ma’lumotnomasi). Natijada iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari bo‘yicha investision dasturlarni shakllantirishning metodologik asoslari takomillashgan; 

investision salohiyat va uning asosiy tarkibiy agregatlari bo‘yicha safarbarlikni prognozlashtirish natijalari; barqaror iqtisodiy o‘sish jarayonini ta’minlovchi uzoq muddatga mo‘ljallangan rivojlanish bo‘yicha investision salohiyat asosiy agregatlaridan foydalanishning 2030 yilgacha bo‘lgan maqsadli yo‘nalishlari bo‘yicha prognozlar; ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ustuvor jihatlaridan kelib chiqqan holda, uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan investision siyosatning strategik vazifasi sifatida investision salohiyatning agregatlarini rivojlantirish takliflari  O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (Iqtisodiyot vazirligining 2017 yil 17 yanvardagi TD-3-1/20-33-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflardan 2018 yildagi makroiqtisodiy prognozlarni shakllantirishda foydalanilgan;

investision salohiyatni generatsiya qilish metodologiyasi; investision faoliyatni boshqarish natijalarini tahlil qilish va baholash metodikasi; investision salohiyat va uning agregatlari samaradorligini aniqlovchi indikatorlar tizimi, xorijiy investorlarga maksimal qulay investision muhit yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar, tegishli mutasaddi davlat idoralariga kiritiladigan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy sarmoyadorlarga yuqori darajada qulay investision muhit yaratish borasidagi takliflari jamlangan umumiy bazasiga kiritilgan (Savdo-sanoat palatasining 2017 yil 30 yanvardagi 11/ASh-27-481-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar asosida O‘zbekistonda investision strategiyani belgilashda investision salohiyatni rivojlantirish va investision resurslarni mobilizatsiya qilishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy omillarni bashoratlash imkonini bergan;

investision salohiyatni rivojlantirishning metodologik asoslari; investision strategiya va ijtimoiy siyosat samaradorligini oshirish imkonini beruvchi investision salohiyatning agregat tuzilishi asoslari barqaror iqtisodiy o‘sish omili sifatida foydalanish kabi materiallar O‘zbekiston Milliy universitetida Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida 2012–2016 yillarda bajarilgan F1-17 raqamli «Iqtisodiyotni modernizatsiyalash ta’sirida mutanosiblikning o‘zgarishi va uni tartibga solishning asosiy yo‘nalishlari» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2017 yil 10 martdagi FTK-0313/267­son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida investision salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar hamda strategik maqsadlarni aniqlash imkonini bergan;

investision salohiyat rivojlanishi mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlanmalar O‘zbekistonning investision  siyosatini tahlil etish imkonini berdi (Xolon Texnologiya institutining 2016 yil 9 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Ushbu ishlanmalar O‘zbekiston va Isroil o‘rtasidagi savdo va investision faoliyat rivojlanishiga ko‘maklashuvchi investision dasturlar tayyorlanishi hamda shakllanishida, shuningdek, «Savdo va iqtisodiy hamkorlik bitimi»ga muvofiq ikki tomonlama hamkorlikning yangi yo‘nalishlari va imkoniyatlarini belgilashda asos bo‘lib xizmat qilgan;

investision salohiyatning yuzaga kelish negizlari hamda uning shakllanish mexanizmlarining metodologik asoslari, investision jarayonlarning iqtisodiy hodisa sifatida o‘z-o‘zini tartibga solishi va ularning davlat tomonidan tartibga solinishining sinergetik tavsifini asoslash orqali investision faoliyatni tashkil etish va jonlantirishning metodologik asoslari, investision salohiyat shakllanishi mexanizmining agregat tuzilishi asoslari, shu jumladan, muhim tarkibiy qismi hisoblangan ijtimoiy soha agregatlarini aniqlash metodikasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti ilmiy ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar institutining 2016 yil 8 sentyabrdagi 01/01-270­son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan mamlakatmizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirishga yo‘naltirilgan investision strategiyaning iqtisodiy mexanizmini ishlab chiqishda ijtimoiy samaradorlikka erishish imkonini bergan;

agregat yondashuv asosida investision salohiyatni integral baholash va investision salohiyatni o‘sish zaxiralarini baholash metodikalari, investision salohiyatni shakllantirish hamda rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tiklanish va taraqqiyot fondining amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tiklanish va taraqqiyot fondining 2017 yil 19 oktyabrdagi 08/08-716-kson ma’lumotnomasi). Mazkur taklif etilgan metodologik yondashuvlar va tavsiyalar  O‘zbekiston Respublikasi Investision Kodeksi loyihasini ishlab chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturi loyixalarini tayyorlashda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish