Sayt test rejimida ishlamoqda

Kadirov Xasan Irgashevichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korroziya va mineral tuzlar to‘planishiga qarshi yangi ingibitorlar sintezi va texnologiyasi», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2017.1.DSc/T17.

Ilmiy maslahatchi: Turobjonov Sadriddin Mahamaddinovich, texnika fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.

Rasmiy opponentlar: Magrupov Farxod Asaddulaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Saidaxmedov Igamberdi Muxtorovich, texnika fanlari doktori; Muxiddinov Bahodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot  instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida korroziya va mineral tuzlar to‘planishiga qarshi ingibitorlar tarkibi va texnologiyasini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

polidentant birikmalar sintezining qulay usullari va bifuksional xususiyatli birikmalar amidlar, aminlar, aminospirtlarning al`degidlar bilan kondensatlanish reaksiyalarining optimal sharoitlari aniqlangan; 

karbamid va formal`degidning kondensatlanishidan, optimal harorat 82–84°S va dastlabki reagentlar 1:2,8 mol` nisbatlarida katalitik miqdor kislota va asos ishtirokida proton ajralishi va metilolkarbamid anioni orqali 69% bilan metilolhosilalar hosil bo‘lishi isbotlangan;

karbamid metilolhosilalarining urotropin, pentaeritrit, mono-, di- va trietanolaminlar, monoetanolamin kub qoldig‘i, organofosfonatlar bilan kompozisiyalari 4,0 mg/l konsentratsiyada mineral tuzlar to‘planishidan ingibirlash samaradorligi 93,0% gacha etishligi aniqlangan;

karbamid va anilinni natriy pirosul`fidi ishtirokida formal`degid bilan xomashyo nisbatlari 1:2:2 mol va 70°Sda bosqichli nukleofil birikishidan 76% sul`fometilen hosilalari, xlorsirka kislota bilan karboksilashdan ishqoriy usulda rN=8-10, 11 soat davomida, 70–75 oS da 64%, eterifikatsiya usulida 6 soat davomida 81% karboksimetilenlar hosil bo‘lishi isbotlangan;

aminlar va amidlarni sul`fometillash hamda karboksimetillash mahsulotlari sanoat ingibitorlari bilan ekvimolekulyar 2 mg/l nisbatlarda foydalanilganda mineral tuzlar to‘planishidan ingibirlash samaradorligi 94–98,5%ni tashkil etishi aniqlangan;

ko‘p atomli spirtlar va limon kislotasi ishtirokida olingan oksietilidendifosfon kislota rux kompleksonati kristallarining  molekulalararo va ichkimolekulyar bog‘lar orqali tuzilganligi, mineral tuzlar to‘planishiga qarshi ingibitor sifatida suvning qattiqligi 12 mg-ekv/l bo‘lgan sharoitlarda 8 mg/l dozalarda foydalanilganida himoyalash samaradorligi 70°C – 98,0%, 80°C – 94,0% va 90°C – 89,0% bo‘lishligi isbotlangan;

korroziyadan himoyalash darajasi 97,9% (Zn-OEDF : ODEF : PKI-3) va 92,0% (ODEF : sinkat-OEDF : KOMEA) bo‘lgan tarkiblar yaratilib, PKI-3 ishtirokida tayyorlangan kompozisiyalarning himoyalash darajasi yuqoriligi aminokrotonoldagi uglerod-azot mustahkam bog‘larning mavjudligi va metall yuzasida mustahkam himoya qatlamlarining hosil qilishi bilan isbotlangan;

amidlar va aminlarning gidroksi-, karboksi- va sul`foksi-hosilalari, aminospirtlar va OEDF rux kompleksonati asosida MEAKQ, PKI-3, EFK qo‘shib kompozisiyalar holatida kommunal xo‘jalik, kon-metallurgiya, neft` qazib chiqarish va qayta ishlash sanoati suv ta’minotlari uchun korroziya va mineral tuzlar to‘planishiga qarshi ingibitorlar olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Korroziya va mineral tuzlar to‘planishiga qarshi yangi ingibitorlar sintezi va texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

korroziya ingibitori olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 02926, 2002). Natijada suv va uglevodorodlarda eriydigan korroziya ingibitorlari olish imkoniyatini bergan;

mineral tuzlar to‘planishiga qarshi ingibitor «IOMS-ekstra-1» ishlab chiqarishga texnik shart «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Tsh-64-03115643-01:2008). Natijada kommunal xo‘jaligi issiqlik manbalari bug‘ qozonlarida ishlatiluvchi IOMS-1, Option -353 ingibitorlarini almashtirish imkonini bergan;

mineral tuzlar to‘planishiga qarshi ingibitor «IOMS-ekstra-2-1» ishlab chiqarishga texnik shart «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts 03115643-01-2015). Natijada neft`-gaz sanoati suv ta’minoti qurilmalarini mineral tuzlar to‘planishidan himoyalash imkonini bergan;

korroziya va mineral tuzlar to‘planishiga qarshi ingibitor «SUMONO-DYu» ishlab chiqarishga texnik shart «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts 15459299-01:2017). Natijada kommunal xo‘jalik, kon-metallurgiya, neft` qazib chiqarish va qayta ishlash sanoati suv ta’minotlari qurilmalarida korroziya va mineral tuzlar to‘planishidan himoyalash imkonini bergan;

mahalliy xomashyolar asosida korroziya va mineral tuzlar to‘planishi ingibitori tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqarishga Elektrokimyo zavodida  joriy qilingan («O‘zkimyosanoat» AJning 2017 yil 1 noyabrdagi 01/3-5608/A-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikamizda ingibitor ishlab chiqarish imkonini bergan;

yaratilgan «SUMONO-DYu» ingibitori qurilmalarni korroziyadan himoyalash va mineral tuzlar to‘planishidan ingibirlash uchun Navoiy kon-metallurgiya kombinati texnologik jarayonlariga joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2017 yil 3 noyabrdagi 1/01-2093-13463-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirda olib kelinadigan Deropt ingibitori miqdorini 60% ga almashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish