Fayzimatov Shuxrat Numanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aerodinamik harakat ta’sirida mashinasozlik korxonalaridagi texnologik jihozlarni avtomatlashtirish konsepsiyalari va metodologiyasi», 05.01.08–Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/T32.
Ilmiy maslahatchi: Mamadjanov Alisher Mamadjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.N.03.02.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Baxtiyor Muxammedjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Ismailov Mirxalil Agzamovich, texnika fanlari doktori, professor; Maraximov Avazbek Raximovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda aerodinamik harakatdagi avtomatlashtirilgan texnologik jihozlarni loyihalash va yaratishning ilmiy-nazariy asoslarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aerodinamik harakatlar asosida avtomatlashtirilgan texnologik jihozlarning loyihalash va pardozlovchi-yakunlovchi usuli ishlab chiqilgan;
aerodinamik harakat ta’sirida avtomatlashtirilgan texnologik jihozlarda ishlov berilayotgan yuzani shakllantirish jarayonining borishini eng maqbul sharoiti aniqlangan, ishlov beriladigan detalning fizik-mexanik xossalari va chiqish xarakteristikalari o‘rtasidagi bog‘lanish o‘rnatilgan;
vertikal hamda gorizontal o‘q bo‘yicha teshiklarga parchin mix o‘rnatuvchi, mayda donador buyumlarni uzatish va ularni tarmoqlar bo‘yicha tarqatadigan avtomatlashtirilgan uskunalar konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
aerodinamik effekt asosida avtomatlashtirilgan texnologik jihozlarni loyihalash detallarni ichki yuzalariga ishlov beruvchi texnologiyasi yaratilgan;
aylanma havoda ishlov berilayotgan yuzaga kuchli ta’sir ostida quvurdagi sharning kinematik harakatini hisoblashdagi asosiy bog‘liqliklar, real va defekt qatlam mavjud holat uchun sharning yuza qatlami bilan tutashuvida hosil bo‘ladigan kontakt kuchlanishlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aerodinamik harakat ta’sirida mashinasozlik korxonalaridagi texnologik jihozlarni avtomatlashtirish konsepsiyalari va metodologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
aerodinamik hodisalar asosida silindrsimon detallarga pardozlovchi-mustahkamlovchi ishlov berish qurilmalari konstruksiyasi «Farg‘onaazot» AJga joriy qilingan («O‘zkimyosanoat» AJning 2017 yil 8 avgustdagi 01-4216/P-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarini qo‘llash mehnat sarfini 15% ga kamayish imkonini yaratgan;
aerodinamik pardozlovchi-yakunlovchi usuli, algoritmi va kontakt kuchlanishlarini aniqlovchi dasturiy vositasi Farg‘onaazot» AJga joriy qilingan («O‘zkimyosanoat» AJning 2017 yil 8 avgustdagi 01-4216/P-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarini qo‘llash jarayonida unumdorlikni 4–5 martaga oshirish imkonini bergan;
gidrotsilindr va vtulkalar uchun pardozlovchi qurilma Farg‘onaazot» AJga joriy qilingan («O‘zkimyosanoat» AJning 2017 yil 8 avgustdagi 01-4216/P-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarini qo‘llash boshqa turdagi detallarga ishlov berish imkonini bergan.