OLIY MALAKALI ILMIY VA ILMIY-PEDAGOG KADRLAR ATTESTASIYaSINING ASOSIY NATIJALARI

ILMIY DARAJALAR (DSc, PhD)

Mamlakatimizda 2017 yilning 1 iyulidan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy qilinishi sharoitida 2021 yil yakuni bo‘yicha 2327 nafar talabgor ilmiy darajalarda, jumladan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasida 1976 nafar, fan doktori (DSc) ilmiy darajasida 351 nafar  talabgor tasdiqlandi.

Talabgorlarni falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasida yillar bo‘yicha tasdiqlash

Talabgorlarni falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasida yillar bo‘yicha tasdiqlash

Talabgorlarni falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarida yillar bo‘yicha tasdiqlash

Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash (bundan buyon matnda Ilmiy kengash deb yuritiladi) – muayyan fan tarmog‘ining (tarmoqlarining) tegishli ixtisosliklari yo‘nalishida talabgorlar uchun ko‘zda tutilgan attestatsiya tadbirlarini amalga oshirishni tashkil etish yuzasidan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi huzurida muayyan muddat davomida jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatish uchun tuzilgan ilmiy-tashkiliy tuzilma bo‘lib, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi tizimining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.
Ilmiy kengash tuzish ishlari qat’iy ravishda nizomlar talabi asosida ilmiy salohiyat va talab mavjud hollarda tegishli vazirlik va idoraning taklifi asosida amalga oshiriladi. 01.02.2017 yil holatiga ko‘ra 40 ta ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, mavjud talab va ilmiy  salohiyatidan kelib chiqqan holda bugungi kunda ularning soni 248 taga etdi.
Mintaqalarda joylashgan OTM va ITM ilmiy salohiyatidan unumli  foydalanish va izlanuvchilarga qulay shart-sharoit yaratish uchun ular huzurida tuzilgan (01.02.2017 y.) 5 ta ilmiy kengash 117 taga etkazildi.
Oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonini raqamlashtirgan holda “Elektron OAK” tizimi doirasida qo‘shimcha ravishda 5 ta axborot tizimi ishlab chiqilib, amaliyotga 100% joriy etilishi tashkil qilindi:
ilmiy darajalar bo‘yicha barcha attestatsiya ishlari mazkur (2327 ta - 100%) «Ilmiy darajalar kompleks-tahliliy axborot tizimi» orqali qabul qilindi;
dissertatsiya himoyasi haqidagi ma’lumotlarni OAK veb-saytida e’lon qilish bo‘yicha 6981 ta (100%) attestatsiya ishi mazkur axborot tizimi orqali qabul qilindi (fan doktori (DSc)  - 1 053 ta, falsafa doktori (PhD) – 5 928 ta);
oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar hamda ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar va OAK o‘rtasidagi barcha yozishmalar (10 614 ta) korporativ axborot tizimi orqali amalga oshirildi (8081 ta qabul qilindi, 2533 ta jo‘natildi).

* * *

2017– VI.2020 yillarda talabgorlarni DSc, PhD ilmiy darajalarida tasdiqlash 2013–2017 yillarga nisbatan quyidagicha shakllandi:
ilmiy darajalar (DSc, PhD) bo‘yicha o‘rta hisobda bir oyda 2013–2017 yillarda 9 ta dissertatsiya himoyasi o‘tkazilgan bo‘lsa, 2017– VI.2020 yillarda 112 ta dissertatsiya himoyasini tashkil qilishga erishilib, o‘sish sur’ati 1244% ni tashkil etdi;
talabgorlarni jami DSc, PhD ilmiy darajalarida tasdiqlashning o‘sish sur’ati 1028%, fan doktori (DSc) ilmiy darajasida tasdiqlashning o‘sish sur’ati 246% ni tashkil etdi;
2013– VI.2020 yillarda jami 4375 nafar talabgor ilmiy darajalarda, jumladan, ularning 1344 nafari fan doktori (DSc) va 3031 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarida tasdiqlandi.
Ixtiro yuzasidan samarali ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish va yaratilgan intellektual mulk ob’ektlaridan samarali foydalanish maqsadida ixtiroga patent va seleksiya yutuqlari patenti muallifiga dissertatsiya tayyorlamasdan avtoreferat shaklidagi taqdimnomaga ko‘ra ilmiy kengashda o‘tkaziladigan muhokama asosida DSc, PhD ilmiy darajalarini berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.
Ushbu amaliyotga ko‘ra 63 nafar talabgor ilmiy darajalarda, jumladan, ularning 22 nafari fan doktori (DSc) va 41 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarida tasdiqlandi. Mazkur amaliyot asosida talabgorlarni ilmiy darajalarda tasdiqlash oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning 2 pog‘onali tizimi sharoitida (62 ta) bir pog‘onali tizimiga (1 ta) nisbatan o‘sish sur’ati 6200% ni tashkil etdi.
Fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalari bo‘yicha tayyorlangan dissertatsiyalar, jumladan, quyidagilar bilan tavsiflanadi:
birinchidan, dissertatsiyalar milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish, ijtimoiy sohalarni sifat jihatdan rivojlantirish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish hamda barkamol avlodni tarbiyalash kabi muammolar echimiga muayyan darajada xizmat qiladi;
ikkinchidan, har bir dissertatsiyada olingan ilmiy yangilik (yangiliklar) Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari»ning 22-bandiga muvofiq iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar tarmoqlariga joriy etilgan.
Fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari ilmiy natijalarini iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar tarmoqlariga etkazish tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilib, jumladan:
ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish yuzasidan tadqiqotning maqsadi va ob’ektiga muvofiq tegishli tashkilotga murojaat qilish nizom asosida talab etiladi;
har bir dissertatsiya ilmiy yangiligi OAK veb-sayti orqali ilmiy jamoatchilikka, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarga etkaziladi;
dissertatsiyalar to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan ma’lumotlarni kitob shaklida ilk bor chop etish, manfaatdor vazirliklar va idoralarga rasmiy ravishda taqdim etish yo‘lga qo‘yilgan;
manfaatdor vazirlik va idoralar so‘rovlari asosida tegishli ma’lumotlar muddatida taqdim etiladi. Masalan, 2020 yilda mazkur mazmundagi 10 ta so‘rov bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.
Shularga ko‘ra barcha himoya qilingan dissertatsiyalar ilmiy natijalari iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlariga joriy etilib, ular ixtiroga patent, seleksiya yutuqlari, guvohnomalar, vakolatli boshqaruv organlari va tashkilotlarining ma’lumotnomalari va tegishli hujjatlar bilan tas­diqlangan. Barcha himoya qilingan 4375 ta dissertatsiyaning (DSc bo‘yicha – 1344 ta; PhD bo‘yicha – 3031 ta) ilmiy natijalari amaliyotga joriy qilingan.
Fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarida tasdiqlan-ganlarning 45% aniq, tabiiy va texnika fanlari, 39% ijtimoiy-gumanitar va 16% tibbiyot fanlari yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi:
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi bo‘yicha talabgorlarning 1316 nafari (98%) ochiq himoya, 22 nafari (1,6%) ixtiroga va seleksiya yutuqlariga patent va 6 nafari (0,4%) ilmiy ma’ruza asosida tasdiqlangan. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi bo‘yicha talabgorlarning 2990 nafari (98,6%) dissertatsiya ochiq himoyasi va 41 nafari (1,4%) ixtiroga va seleksiya yutuqlariga patent asosida tasdiqlangan.
Jamiyatda xotin-qizlarning faolligini yanada oshirish, jumladan, ularning ilmiy faoliyatda samarali ishtiroki yuzasidan shart-sharoitlar yaratilishi natijasida bugungi kunda ilmiy darajada tasdiqlanganlar tarkibida ayollarning ulushi DSc bo‘yicha 31% hamda PhD bo‘yicha 37% ni tashkil etmoqda.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi sifat o‘zgarishlariga monand xorijiy davlatlarda ilmiy darajalar olganlik to‘g‘risidagi diplomlarni nostrifikatsiyalash oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning 2 pog‘onali tizimi sharoitida (136 ta) bir pog‘onali tizimga (7 ta) nisbatan o‘sish sur’ati 1943% ni tashkil etdi.
2013–VI.2020 yillarda xorijiy davlatlarda ilmiy darajalar olganlik to‘g‘ri-sidagi jami 143 ta diplom, jumladan, 13 ta fan doktori, 62 ta falsafa doktori va 68 ta fan nomzodi diplomlari nostrifikatsiya qilindi. Bunda aniq, texnika va tabiiy fanlarining ulushi – 60,1%, ijtimoiy-gumanitar fanlar ulushi – 28,7%, tibbiyot fanlari ulushi – 11,2% ni tashkil etadi. Ilmiy darajalar diplomlari Rossiya Federatsiyasi,  Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Bel`giya, Italiya, Ispaniya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya,  Chexiya, Turkiya, Ukraina, Qozog‘iston Respublikasi, Malayziya,  Hindiston,  Ruminiya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Tojikiston va Niderlandiya kabi mamlakatlarga to‘g‘ri keladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish