Normurodov Davlat Soyibnazarovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Virussiz kartoshka urug‘chiligining agrobiologik asoslari», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Qx18.

Ilmiy maslahatchi: Ergashev Ibrohim Toshkentovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti,

DSc27.06.2017.Qx.13.01.

Rasmiy opponentlar: Bo‘riev Xasan Cho‘tboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Rahmonqulov Murod Said-Akbarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Mamarahimov Bunyod Ikromovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Sabzovotchilik, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kartoshkaning virussiz asosdagi urug‘chiligi uchun mos navlarni tanlash, uchki meristema usulida sog‘lomlashtirish, dastlabki material yaratish va sifatli urug‘lik materiali etishtirishning agrobiologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor kartoshka urug‘chiligini virussiz asosda tashkil etishning agrobiologik omillarga ta’siri aniqlangan;

serhosil, tezpishar, virus kasalliklarga chidamli, bir yilda ikki marta hosil olishga yaroqli va virussiz asosdagi urug‘chilik uchun mos kartoshkaning «Farovon»  va «Firuza» navlari yaratilgan;

urug‘lik sifatiga virus kasalliklarining ta’siri, ularning tarqalishi va keltiradigan zarariga, nav xususiyatlari, ekologik omillar hamda agrotexnik tadbirlarning ta’sir etishi isbotlangan;

kartoshka virussiz asosdagi urug‘chilik uchun dastlabki material yaratish usullari, uchki meristema usulida sog‘lomlashtirilgan tuganaklardan foydalanish samaradorligi aniqlangan;

mahalliy fitotsenozda virus tashuvchi hasharotlarning rivojlanish dinamikasi, tur tarkibi va transmission xususiyatlari asosida kartoshka virussiz urug‘chiligida sog‘lom o‘simliklarni qaytadan viruslar bilan zararlanishini oldini olish tadbirlari ishlab chiqilgan;

birlamchi urug‘chilik pitomniklarida uchki meristema usulida sog‘lomlashtirilgan tuganaklarning ko‘payish koeffisientini oshirilgan va virussiz asosdagi urug‘chilik tizimi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Kartoshkaning virussiz asosdagi urug‘chiligining agrobiologik asoslarini yaratish bo‘yicha olib borilgan izlanishlar natijalari asosida:

virus kasalliklariga chidamli, tezpishar, serhosil va bir yilda ikki marta hosil olishga yaroqli kartoshkaning yangi «Farovon», «Firuza», «Ulug‘bek» va «Go‘zal» navlari yaratilgan. Kartoshkaning yangidan yaratilgan  «Farovon» va «Firuza» navlari Davlat nav sinoviga topshirilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasining 2017 yil 13 martdagi 53/4-144-son va 2017 yil 10 iyuldagi 53/4-306-son ma’lumotnomalari). Ushbu navlardan sabzavotchilik fermer xo‘jaliklarida gektaridan o‘rtacha 2,2–5,9 tonnagacha qo‘shimcha kartoshka hosili olishga erishilgan.

urug‘lik kartoshka reproduksiyalari ertagi va ikki hosilli ekinlar sifatida yaratilgan birlamchi urug‘chilik texnologiyasi 2012–2016 yillarda Samarqand viloyatining Urgut, Tayloq, Jomboy va Bulung‘ur tumanlari sabzavotchilik fermer xo‘jaliklarida 144 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 15 avgustdagi 02/22-424-son ma’lumotnomasi). Bunda kartoshkachilik bo‘yicha urug‘ etishtiruvchi xo‘jaliklarda sifatli, unuvchanligi yuqori bo‘lgan va viruslarga chidamli generativ urug‘lik kartoshka hosili etishtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish