Alimov Shamsiddin Paxritdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Balpantog‘ va Yangi-Davon konlarida ma’dan tabiiy turlarining shakllanish xususiyatlari va joylashish qonuniyatlari», 04.00.02–Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/GM4.
Ilmiy rahbar: Soy Vladimir Den`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Mineral resurslar instituti» DK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.03.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Koneev Rustam Ismailovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Axundjanov Raxmadjan, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «Yalpi geologik tasvirlash-izlash ekspedisiyasi» DK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Balpantog‘ va Yangi-Davon oltin ma’danli konlardagi ma’danlarning tabiiy turlarini (MTT), ularni mineralogik-geokimyoviy tavsiflari, joylashish qonuniyatlarini, shakllanish sharoitlarini va ma’danlarning texnologik turlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Balpantog‘ va Yangi-Davon konlarida ajratilgan MTT ma’lum bir kimyoviy va mineral tarkiblar, element-aralashmalarga egaligi va bu G‘arbiy O‘zbekistonning boshqa konlari uchun ham tipomorf ekanligi aniqlangan;
oltin ma’danlashuvining joylashish xususiyatlari, asosan, ma’dan qamrovchi jinslarning shakllanish sharoitlari, litologik tarkibi, deformatsiya xususiyatlari va ular bilan bog‘liq tektonik buzilishlar bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor oltin ma’danlashuvi shakllanishining geologik-strukturaviy sharoitlari, gidrotermal, metasomatik va gipergen jarayonlarning namoyon bo‘lish xususiyatlariga asosan oltin ma’danli konlar uchun MTT shakllanish sxemasi ishlab chiqilgan;
ma’danlar va ma’dan oldi jinslarning joylashish xususiyatlari, ulardagi metasomatik o‘zgarishlarni namoyon bo‘lish jadalligini baholashga asoslangan geologik-mineralogik va texnologik xaritalash uslubiyati ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Balpantog‘ va Yangi-Davon konlarida oltin ma’dan tabiiy turlarining shakllanish xususiyatlari va joylashish qonuniyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Balpantog‘ oltin konida ma’danlarning moddiy tarkibi, mineralogik va geokimyoviy xususiyatlari, ularda oltinning uchrash shakllari yuzasidan olingan tadqiqot natijalari «Qizilqum geologiya qidiruv ekspedisiyasi» davlat unitar korxonasii tomonidan Balpantog‘ oltin konida qidiruv-baholash ishlari jarayonida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2017 yil 11 sentyabrdagi 04/03spr-son ma’lumotnomasi). Natijada Balpantog‘ konida oltin ma’danlashuvning sifat ko‘rsatkichlari aniqlangan, oltinning zaxirasini hisoblash imkonini bergan.
Yangi-Davon oltin konida ma’danlarning moddiy tarkibi, mineralogik va geokimyoviy xususiyatlari, ularda oltinning uchrash shakllari yuzasidan olingan tadqiqot natijalari «Zarafshon geologiya qidiruv ekspedisiyasi» davlat unitar korxonasi tomonidan Yangi-Davon oltin konida qidiruv-baholash ishlari jarayonida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2017 yil 11 sentyabrdagi 04/03spr-son ma’lumotnomasi). Natijada Yangi-Davon konida oltin ma’danlashuvning sifat ko‘rsatkichlari aniqlangan, oltinning zaxirasini hisoblash imkonini bergan.
Balpantog‘ va Yangi-Davon oltin konlaridagi ma’dan tabiiy turlarining shakllanish xususiyatlari va oltin ma’danlashuning joylashish qonuniyatlarini aniqlash bo‘yicha tadqiqot natijalari «Geologiya qidiruv ishlari bo‘yicha Davlat dasturi» doirasidagi «G‘arbiy O‘zbekistonning qadimiy qatlamlarini ma’danliligini o‘rganish» (2008-2012yy.) loyiha bajarilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2017 yil 11 sentyabrdagi 04/03spr-son ma’lumotnomasi). Natijada G‘arbiy O‘zbekiston konlari uchun xos bo‘lgan Markaziy Qizilqum qadimiy qatlamlaridagi oltin ma’danlashuvining tipik geologo-strukturaviy vaziyatlarini aniqlashga imkon bergan.