Mansurov Abdullo Ma’rufovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maqbul takroriy ekin turlarini tuproq unumdorligi va kuzgi bug‘doy hosildorligiga ta’siri(Andijon viloyati och tusli bo‘z tuproqlar misolida)», 06.01.01–Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx70.

Ilmiy rahbar: Tellyaev Rixsivoy Shomaxamadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat agrar universiteti, Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: O‘razmatov Nazir, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Qarabaev Ikram To‘raevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.

Yetakchi tashkilot: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida kuzgi boshoqli don ekinlaridan keyin takroriy ekin turlarini tanlash, etishtirish va ularni qayta ekilgan urug‘lik kuzgi bug‘doy hosildorligi hamda don sifatiga ta’sirini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor yangi dehqonchilik tizimida Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida navbatlab ekishning g‘allachilik guruhi takomillashtirilgan;

maqbul takroriy ekinlar tanlanib, ekish muddati va me’yorlari aniqlangan;

tanlangan maqbul takroriy ekin turlarini etishtirish, tuproq unumdorligini saqlash va kuzgi bug‘doy hosildorligini oshirish agrotexnologiyasi ishlab chiqilgan;

kuzgi bug‘doydan keyin urug‘lik g‘alla etishtirishning maqbul agrotexnologik imkoniyatlari yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida maqbul takroriy ekin turlarini tanlash, ko‘chat qalinligi va ekish muddatlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

kuzgi bug‘doy va takroriy ekinlarni etishtirish bo‘yicha «Boshoqli don ekinlari navdor urug‘lik maydonlarida aprobatsiya o‘tkazish hamda rasmiylashtirish», «Ekishga tavsiya etilgan kuzgi bug‘doy navlarining tavsifi hamda ularni etishtirish agrotexnologiyasi bo‘yicha tavsiyanoma» hamda «Sug‘oriladigan erlarning har bir qarichidan unumli foydalanish bo‘yicha tavsiyalar» tavsiyanomalar ishlab chiqilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 10 oktyabrdagi 02/20-335-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanomalar Andijon viloyati sharoitida dehqon va fermer xo‘jaliklarida maqbul kuzgi takroriy ekin turlarini tanlash va etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;

Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida dehqon fermer xo‘jaliklariga takroriy ekin turlarining maqbul ekish muddati va me’yorlari Izboskan va Paxtaobod tumanlarida jami 210 gektardan ortiq maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 10 oktyabrdagi 02/20-335-son ma’lumotnomasi). Bunning natijasida kuzgi bug‘doydan keyin takroriy ekin sifatida ekilgan makkajo‘xorini gektariga 80 ming tup saqlanganda rentabellik darajasi 62,9 foizni, tariq ekinining gektariga 2,5 mln. ekilganda rentabellik 42,3 foizni, mosh ekini gektariga 100 ming tup ekilganda rentabellik darajasi 39,9 foizni tashkil etgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish