Yo‘ldasheva Xalida Qo‘zievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tarixiy romanlarining sotsiolingvistik tadqiqi», 10.00.01–O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil118.
Ilmiy rahbar: Qurbanova Muxabbat Matyakubovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor; Usmonova Shoira Rustamovna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tarixiy romanlarining sotsiolingvistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixiy romanlarda nutqning sotsial xoslanishi tarixiy davr va muhit kabi ijtimoiy omillar vositasida ochib berilgan;
nutq sotsial xoslanishining milliy-madaniy xususiyatlari maqol, ibora, etnografizmlar asosida isbotlangan;
nutqning xoslanishida nutq vaziyati, nutq sharoiti kabi pragmatik omillarning o‘rni belgilangan;
nutqning kommunikant xarakter-xususiyatiga ko‘ra xoslanishi nutqiy etiketlar, vul`garizmlar, qarg‘ish so‘zlar vositasida isbotlangan;
nutqning sotsial xoslanishida kommunikantlar ijtimoiy maqomining ta’siri masalasi murojaat shakllari va noverbal vositalar asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbek tarixiy romanlarining sotsiolingvistik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tarixiy romanlarini til va jamiyat mushtarakligi tamoyili asosida o‘rganish, nutqning sotsial xoslanishining milliy madaniy xususiyatlari va pragmatik omillarning nutqning xoslanishiga ta’siri, nutqning so‘zlovchi xarakter-xususiyati nuqtai nazaridan xoslanishi kabi masalalardan A-1-61 raqamli «Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audiokitob ta’minotini yaratish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasidagi o‘quv qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatmalar va ularning audiokitob shaklidagi nusxalarini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 20 oktyabrdagi 89-03-2472-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada keltirilgan dalillar, tahlil natijalari badiiy matnning sotsiolingvistik xususiyatlarini ochib berishda ijobiy samara bergan;
til va jamiyat, til va sotsium, lisoniy birliklarning sotsiolingvistik xususiyatlari, nutqning ijtimoiy omillar ta’sirida xoslanishi, nutqning gender xususiyatlari kabi masalalardan ITD-1-57 raqamli «O‘zbek tilining tatbiqiy yo‘nalishlarini amalga oshirishning dasturini ishlab chiqish» amaliy loyihasida nazariy manba sifatida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 3 noyabrdagi 89-03-2673-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar nutqning sotsiolingvistik, gender xususiyatlarini ochib berish imkonini bergan.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanalining «Bir asar tahlili» ko‘rsatuvining «Navoiy» romani tahliliga bag‘ishlangan sonida romanning til xususiyatlari, undagi personajlar nutqining o‘ziga xos tomonlari, romandagi davr ruhini ifodalovchi til birliklari kabi masalalarni yoritishda, «Bu kitobni o‘qidingizmi?» teleloyihasini tayyorlashda P.Qodirov tarixiy romanlarining til xususiyatlari, jumladan, hazratim, begim, pirim, ustod kabi davr bilan bog‘liq murojaat shakllari haqidagi ma’lumotlarni berishda, «Til ziynati» ko‘rsatuvida o‘zbek tilining boy imkoniyatlari, tarixiy romanlarda davr, muhitni ifodalashda til birliklarning o‘ziga xos o‘rnini ko‘rsatishda dissertatsiya natijalaridan foydalanilan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanalining 2017 yil 26 oktyabrdagi 01-17/779-son ma’lumotnomasi). Natijada ayni ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va yangi manbalar bilan boyigan.