Xayitov Yozil Qosimovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zarafshon vohasi qaytarma-oqava suvlarining  shakllanishi, ularni tozalash va ikkilamchi foydalanish», 11.00.03–Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/G10.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti, DSc.27.06.2017.G.47.01.

Rasmiy opponentlar: Chembarisov El`mir Ismailovich, geografiya fanlari doktori, professor; Murodov Shuhrat Adilovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Alimjanova Holisxon Alimjanovna, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Zarafshon vohasi qaytarma kollektor-zovur suvlari va sanoat korxonalari, kommunal-maishiy soha oqava suvlarining shakllanish xususiyatlarini aniqlash va bu suvlardan ikkilamchi foydalanish maqsadida ularni tozalash texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Zarafshon vohasidagi sug‘oriladigan erlarda shakllanadigan qaytarma kollektor-zovur suvlari oqimining hududiy gidrologik va gidrokimyoviy xususiyatlari aniqlangan;

kollektor-zovur suvlari minerallashuvi va kimyoviy tarkibining sug‘orish maqsadlarida olingan suv miqdoriga bog‘liqligi aniqlangan;

vohada shakllanadigan kollektor-zovur suvlari, sanoat korxonalari va maishiy-kommunal soha oqova suvlari gidrologik rejimining viloyatlar bo‘yicha yil davomida o‘zgarishlari baholangan;

Zarafshon vohasida shakllanadigan qaytarma suvlar va sanoat, kommunal-maishiy oqava suvlarni tozalash texnologiyasi laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitida o‘tkazilgan tajribalar asosida takomillashtirilgan;

 Zarafshon vohasi qaytarma-oqava suvlarini hisoblash va prognozlash usullari ishlab chiqilgan hamda ulardan iqtisodiyot tarmoqlarining turli sohalarida qo‘shimcha suv resurslari sifatida qayta foydalanish imkoniyatlari prognozlash natijalariga ko‘ra asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Zarafshon vohasi qaytarma-oqava suvlarining hosil bo‘lish xususiyatlarini aniqlash, miqdoriy baholash, tozalash va ulardan qayta foydalanish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:

Zarafshon vohasining gidrologik, gidrogeologik va tuproq-meliorativ sharoitlarini baholash natijalari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida suv resurslaridan oqilona foydalanishda joriy qilingan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 31 oktyabrdagi 04/32-1034-son ma’lumotnomasi). Natijada hududda kollektor-zovur suvlaridan qo‘shimcha resurs sifatida qayta foydalanish imkoniyatini oshirgan;

qaytarma kollektor-zovur suvlari oqimi, ularning mineralizatsiyasi va kimyoviy tarkibi shakllanishining aniqlangan xususiyatlari ularni sug‘orish maqsadlarida qayta ishlatishda foydalanilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 31 oktyabrdagi 04/32-1034-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalar ushbu jarayonlarda ijobiy tendensiyalarni aniqlashga xizmat qilgan;

sanoat korxonalari va maishiy-kommunal soha oqava suvlarini miqdoriy baholash va ular hajmining o‘zgarish tendensiyalari bo‘yicha olingan natijalar OT-F6-062 raqamli «Orol havzasining gidrologik va tabiiy-geografik jarayonlarining ayrim qonuniyatlarini tadqiq etish» ilmiy loyihasida Zarafshon vohasi tabiiy sharoitini tavsiflashda foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 7 dekabrdagi FTK-03-13/889-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar sug‘oriladigan erlarda kechadigan gidrologik jarayonlar qonuniyatlarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy ma’lumotlar bazasini to‘ldirishga xizmat qilgan;

qaytarma hamda sanoat-kommunal oqava suvlarni tozalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida suv muhofazasi yo‘nalishdagi reja-tadbirlarni ishlab chiqishda joriy qilingan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 31 oktyabrdagi 04/32-1034-son ma’lumotnomasi). Mazkur ishlanmalar natijalari iqtisodiy tejamkor, katta moddiy xarajatlarni talab qilmaydi, ekologik nuqtai nazardan qulay va ayni paytda, sug‘oriladigan erlarning ekomeliorativ holatini yaxshilashga imkon bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish