Abbosxujaeva Lola Saydiganixodjaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida menopauzadan keyingi osteoporozning klinik va epidemiologik xususiyatlari», 14.00.03–Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib17.
Ilmiy rahbar: Urmanova Yulduz Maxkamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Xalimova Zamira Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori; Azizov Mirxakim Javxarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mamlakatimizning turli mintaqalarida istiqomat qilayotgan 50 va unda katta yoshdagi ayollar orasida menopauzadan keyingi osteoporoz kasalligi tarqalishini o‘rganish hamda mono va kombinatsiyalangan davolash tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ellik va undan katta yoshdagi ayollar orasida menopauzadan keyingi osteoporoz kasalligi klinik-instrumental belgilarining dinamikasini o‘ziga xosligi (ẞ-Cross Laps oshib ketishi, TPINP, PTN pasayishi, funksional sinamalarni bajarish davomiyligining cho‘zilishi) va namoyon bo‘lish darajalari (engil, o‘rta, o‘rta og‘ir va og‘ir darajali osteoporoz) o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik asoslangan;
menopauzadan keyingi osteoporoz kasalligida suyak rezorbsiyasini (ẞ-Cross Laps) va suyakning tiklanish ko‘rsatkichlari (TPINP, PTN) ikki va undan ortiq marta ishqoriy fosfataza ko‘rsatkichining oshishi, xavf omillarining mavjudligi (menopauzaning davomiyligi, gipodinamiya, sut mahsulotlarini kam iste’mol qilish va D gormonining etishmasligi) bilan suyak va umurtqa pog‘onasida og‘ir degenerativ-distrofik o‘zgarishlarni vujudga kelishi isbotlangan;
osteoporoz kasalligida fosfor-kal`siy va ishqoriy fosfataza almashinuvining buzilishi hamda bel umurtqasi va son suyagi to‘qimasi zichligining pasayishi, mushak kuchi va asab-mushak tizimi muvozanatining buzilish patogeneziga asoslanganligi aniqlangan;
menopauzadan keyingi osteoporoz bilan kasallangan ayollarni kombinatsiyalangan davolash tizimiga kiritilgan dori vositalarining patogenetik xususiyatlari asoslanib, davolashni optimallashtiruvchi suyak rezorbsiyasining ingibitorlari, osteoblast stimulyatorlari va D vitamin faolligini oshiruvchi metobolitlarining samardorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasida menopauzadan keyingi osteporozni tashxislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Respublikamizning turli mintaqlarida istiqomat qilayotgan menopauza davridagi ayollarning salomatligini tiklash va unga qaratilgan davolash va profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida «Menopauzadan keyingi ayollarda osteoporoz» nomli uslubiy qo‘llanma sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 27 oktyabrdagi 8n-d\\45-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma menopauza davridagi ayollarda osteoporoz kasalligi sabablarini erta tashxislash va kasallik asoratlarini oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirishga imkon bergan;
turli mintaqalarda istiqomat qilayotgan menopauza davridagi ayollarda osteoporoz rivojlanishining xavf omillarini hisoblash maqsadida «Menopauza davridagi ayollarda osteoporoz rivojlanishining xavf omillarni kal`kulyator hisoblash» nomli dasturi ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 27 oktyabrdagi 8n-d\\45-son ma’lumotnomasi). Mazkur dastur menopauza davrida ayollarda osteoporoz kasalligi kelib chiqishiga olib keluvchi omillarni kal`kulyator dasturi yordamida aniqlash imkonini bergan;
menopauzadan keyingi osteporozni tashxislash va davolash bo‘yicha ishlab chiqilgan mexanizmlar Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinik shifoxonasida tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 27 oktyabrdagi 8n-d\\45-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga menopauza davridagi ayollarning salomatlik holatini nazorat qilish va osteoporoz rivojlanishining oldini olish samarali tartibini ishlab chiqish va suyaklarning mo‘rtlashishini oldini olish imkonini beradi.