Safarova Feruza Ergashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning shimoli-sharqiy suv havzalaridagi Cyprinidae oilasi baliqlarining gel`mintlari», 03.00.06–Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/B21.
Ilmiy rahbar: Shakarboev Erkinjon Berdikulovich, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Zoologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.52.01.
Rasmiy opponentlar: Dadaev Said Dadaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Abdurasulov Shavkat Abdurasulovich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Cyprinidae oilasi baliqlari gel`mintlarining tur tarkibi va gel`mintofaunaning shakllanish yo‘llarini aniqlash hamda karp baliqlari gel`mintozlari profilaktikasining ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Cyprinidae oilasi baliqlari gel`mint turlari xilma-xilligining zamonaviy holati aniqlangan va ularning 49 turdan iborat ro‘yxati tuzilgan;
Bothriocephalus, Dioctophyme, Gnathostoma va Raphidascarisavlodlarining tibbiyot va veterinariya uchun ahamiyati aniqlangan;
Sanguinicolidae, Diplostomidae, Bothriocephalidae, Ligulidae va Anisakidae oilalarining bir muncha patogen turlari va ularning baliqchilik sohasining rivojlanishiga ta’siri asoslangan;
ilk marotaba oq do‘ngpeshonada Raphidascaris acus, oddiy qizil ko‘z balig‘ida Dioctophyme renale nematoda lichinkalarining parazitlik qilishi aniqlangan;
O‘zbekistonning shimoli-sharqiy qismi suv havzalaridagi Cyprinidae oilasi baliqlari gel`mintlari faunasining shakllanish omillari isbotlangan;
turli tipdagi suv havzalari baliqlarining parazitlar bilan biotsenotik aloqalari ochib berilgan;
taksonomik guruhlar – Cestoda, Trematoda, Acantocephala va Nematoda sinflari va ular dominant turlarining o‘zaro nisbatlari baholangan va baliqlar gel`mintoz kasalliklarining kelib chiqish sabablari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonning shimoli-sharqiy suv havzalaridagi Cyprinidae oilasi baliqlari gel`mintlarni tadqiq qilishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
karpsimon baliqlar gel`mintozlari va ularga qarshi kurash chora-tadbirlari bo‘yicha tavsiyalar amaliyotga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 2 fevraldagi 02/25-45-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar ovlanadigan baliqlarda parazitar kasalliklarini 80–90% kamaytirish va baliqchilik xo‘jaliklarida baliqlar mahsuldorligini oshishiga imkon bergan;
oq amur va oq do‘ngpeshona baliqlari gel`mintozlari hamda invaziyasiga qarshi kurash chora-tadbirlari bo‘yicha tavsiyalar veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya qo‘mitasining 2017 yil 31 oktyabrdagi 25/04-86-son ma’lumotnomasi). Natijalar tabiiy va sun’iy suv havzalaridagi oq amur va oq do‘ngpeshona baliqlar gel`mintoz kasalliklarini tezkor tashxislash, monitoring qilish va epizootologiyasiga qarshi kurashish imkonini bergan hamda baliqchilik xo‘jaliklarida baliqlar mahsuldorligini 12,5% oshirishga erishilgan;
Cyprinidae oilasi baliqlari gel`mintlarining 3 ta turkum, 5 ta oilasiga mansub 7 ta turdan iborat namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan «Zoologiya kolleksiyasi» noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2017 yil 3 noyabrdagi 4/1255-2243-son ma’lumotnomasi). Natijada namunalar baliq gel`mintlari fondini boyitgan va gel`mintlar turlari xilma-xilligini aniqlash, turkum va oilalarini sistematik tahlil qilish imkonini bergan.