Graboves Nina Viktorovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gossypium L. turkumining diploid va tetraploid vakillarida urug‘ qobig‘i shakllanishida anatomo-morfologik ko‘rsatkichlarini tavsiflash», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/B16.

Ilmiy rahbar: Abdullaev Abdumavlon Abdullaevich, biologiya fanlari doktori, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Botanika instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.B.39.01.

Rasmiy opponentlar: Butnik Antonina Anatol`evna, biologiya fanlari doktori, professor; Shamsuvalieva Laylya Abdraximovna, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Gossypium turkumi vakillari chigit qobig‘ining shakllanish va rivojlanish jadalligini aniqlash va ayrim vakillarning amaliyotda foydalanish imkoniyatlarini baholashdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor turli tezpisharlik guruhiga mansub bo‘lgan g‘o‘za nav va nav namunalari fenofazalarining doimiyligi, tuguncha va urug‘kurtaklarning o‘sish sur’ati, etilgan chigitlarning o‘lchami aniqlangan;

nav va nav namunalari urug‘ mahsuldorligi elementlarining miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlangan;

chigit etilish jarayonida turli yoshdagi urug‘kurtak integumentlari tuzilishida yoshga bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar isbotlangan;

tezpisharlik va tolaning ifloslanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan chigit qobig‘i qattiqligining strukturaviy belgilari ochib berilgan;

diploid va tetraploid, yovvoyi va madaniy vakillari o‘rtasida umumiy va bir-biridan farq qiluvchi belgilar hamda har bir taksonomik guruh uchun xos bo‘lgan belgilar isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Gossypium L. turkumining diploid va tetraploid vakillari urug‘ qobig‘i shakllanishida anatomo-morfologik ko‘rsatkichlarining tavsiflash doirasida olingan natijalar asosida:

A-738, A-352 va A-2492 nav namunalari respublikamizning shimoliy hududlari uchun tezpishar navlar yaratish borasida boshlang‘ich manba sifatida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jalik vazirligining 2017 yil 31 yanvardagi 02/20-43-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar tezpishar donorlar olish, tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini bergan;

A-739, A-361, S-460 nav namunalari «tolali qobiq»ning ifloslanish chegarasiga moyil bo‘lmagan navlar sifatida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 31 yanvardagi 02/20-43-son ma’lumotnomasi). Ilmiy izlanishlar etilgan chigit urug‘lari qobig‘ining eng yaxshi strukturaviy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan donorlar olish imkonini bergan;

Gossypium turkumining diploid, tetraploid va tetraploid vakillarida urug‘ qobig‘ining shakllanishining anatomik ko‘rsatkichlari FA-A8T017 raqamli “G‘o‘za genofondining diploid va tetraploid turlariga oid dunyoviy xilma-xilliklari orasidan turli uslublar qo‘llash asosida qimmatli namunalar ajratib olish, baholash, seleksiyaviy jarayonni jadallashtirish” mavzusidagi loyihada diploid va tetraploid turlarning qimmatli xo‘jalik belgilarini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2017 yil 7 noyabrdagi 4/1255-2356-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar genetika-seleksiya ishlari uchun urug‘ qobig‘i tolani ifloslantirmaydigan namunalar – A-739 (G. herbaceum L.), A-361 (G. arboreum L.), S-460 (G. hirsutum L.) va Ash-8 (G. barbadense L.) navlarini ajratib olish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish