Xazratkulov Xamidjon Alikulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Naqshli trikotaj assortimentini ishlab chiqarishda to‘qima tuzilishini o‘zgartirish hisobiga xomashyodan samarali foydalanish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T111.
Ilmiy rahbar: Muqimov Mirabzal Mirayubovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedxodjaev Xamit Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor; Petrosova Larisa Ivanovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xomashyo sarfi kam bo‘lgan, gigienik va xaridorgirlik xususiyatlari yaxshilangan ichki va tashqi bozor talablariga javob beruvchi, raqobatbardosh naqshli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo‘lgan ustki trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishda xomashyodan samarali foydalanish usullari ishlab chiqilgan;
trikotajning texnologik ko‘rsatkichlari va fizik-mexanik xususiyatlariga trikotaj tuzilishidagi qo‘shimcha elementlarning ta’sir etish qonuniyatlari aniqlangan;
aylana ignadonli to‘quv mashinasida tukli trikotaj to‘qimasini olishda tukli ip tarangligini o‘lchaydigan aniqligi yuqori bo‘lgan yangi qurilma yaratilgan;
protyajkalari trikotajni bir va ikki tomonida joylashgan arqoqli tukli trikotaj to‘qimalarini tuzilishi va olishning resurstejamkor usuli ishlab chiqilgan;
lastik va interlok to‘qimalari asosida aralash trikotaj to‘qimalarining yangi namunalarini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Trikotaj mashinalarida yangi tuzilishdagi tukli, aralash trikotaj to‘qimalarini olishning resurstejamkor texnologiyalarini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
tukli trikotaj to‘qimalarini yangi tuzilishiga va ularni olish usullariga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan («Tukli trikotaj to‘qimasidan donali trikotajni yassi ignadonli mashinada to‘qish usuli», №IAP 05268-2016y.). Natijada yassi ignadonli fang trikotaj to‘quv mashinasida tukli trikotaj to‘qimasini olishning yangi usuli ishlab chiqilgan, trikotaj to‘quv mashinasining ish unumdorligi 25-30 % ga oshirish imkonini bergan;
arqoq ipining asos to‘qima tarkibida mahkamlanganlik darajasi oshirilgan hamda protyajkalari trikotajni bir va ikki tomonida joylashgan arqoqli tukli trikotaj to‘qimalarining tuzilishi va olishning yangi usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patentlari olingan («Ko‘ndalangiga to‘qilgan arqoqli trikotaj», №FAP 00617-2011y.; «Ikki tomonli arqoqli trikotaj», №FAP 00634-2011y.). Natijada arqoqli trikotaj to‘qimasi sifatini yaxshilash, yuqori issiqlik va shakl saqlash xususiyatlariga ega bo‘lgan trikotaj to‘qimasini olish, shuningdek mashinaning ish unumdorligini oshirish imkonini bergan;
aralash trikotaj to‘qimalarining yangi namunalarini olish texnologiyasi «UZTEX Chirchik» MChJ qo‘shma korxonasida va «TURON-TEX» MChJda joriy etilgan («O‘zbekengilsanoat» AJning 2017 yil 27 oktyabrdagi DM-156-son ma’lumotnomasi). Natijada aralash trikotaj to‘qimalarining tuzilishini o‘zgartirish hisobiga trikotajning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga, xomashyo sarfini 10–12% ga kamaytirishga erishilgan.