Sherov Anvar Gulamovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘orma dexqonchilikda erlarning meliorativ holatini yaxshilash va suvdan tejamli foydalanish texnologiyalarini ishlab chiqish», 06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dexqonchilik (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/T68.

Ilmiy maslahatchi: [Baraev Fridun Axmedovich], texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.02.

Rasmiy opponentlar: Kurbanbaev Erejep, texnika fanlari doktori; Raximov Shavkat Xudargenovich, texnika fanlari doktori, professor; Mirzajonov Qirg‘izboy, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, akademik.

Yetakchi tashkilot: Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘oriladigan erlarning meliorativ holati uchun  agrobiomeliorativ usullarni qo‘llash asosida yaxshilash va suvdan tejamli foydalanishda ekinlarni sug‘orishning zamonaviy resurstejamkor texnika va texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kuzgi bug‘doy bilan beda ekinlarini birgalikda etishtirishning sug‘orish texnikasi va texnologiyasi yaratilgan;

suv tanqisligi sharoitida g‘o‘za ekinini egatlab sug‘orishning resurstejamkor texnika va texnologiyasi ishlab chiqilgan;

sug‘orish kanallaridagi foydali ish koeffisientini aniqlashda nisbiy suv yo‘qolishi formulasidagi , % 1 km da, \"A\" va \"m\" koeffisientlari kanallarning mavjud tuproq-iqlim sharoitini hisoblash natijasida asoslangan;

xo‘jalik ichki kanallarida suv sarfi va hajmini o‘lchaydigan ul`tratovushli mahalliy suv o‘lchash uskunasi yaratilgan;

suv tanqisligi sharoitida Suv iste’molchilari uyushmasi va fermer xo‘jaliklariga suvni etkazib berishning uslubi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash va suvdan tejamli foydalanish texnologiyalarini ishlab chiqish asosida:

kuzgi bug‘doyni beda ekini bilan birgalikda etishtirishning sug‘orish texnikasi va texnologiyalarini yaratish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (\"Tuproq unumdorligini oshirish usuli\" № IAP 04245-2008 yil). Natijada erlarning meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini oshirish va suvdan tejamli foydalanishga erishish imkoniyati yaratilgan;

kuzgi bug‘doy bilan beda ekinini birgalikda etishtirishning texnologiyasini yaratish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (\"G‘alla ekinlarini etishtirish usuli\" № IAP 04825–2011 yil). Natijada sug‘oriladigan maydonlarning sho‘rlanish darajasi va sizot suvlari mineralizatsiyasi darajasining kamayishi kuzatilgan;

g‘o‘za ekinini keng egatlar bo‘yicha vegetatsion sug‘orishning resurstejamkor texnika va texnologiyalarini yaratish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (\"G‘o‘za etishtirish usuli\" № IAP 04466–2008 yil). Natijada g‘o‘za ekini hosildorligini oshiruvchi va suv resurslarini tejovchi egatlab sug‘orishning resurstejamkor texnika va texnologiyasini yaratish imkonini bergan;

erlarning meliorativ holatini yaxshilash va sug‘orishning resurstejamkor texnikasi va texnologiyalari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga kiruvchi Sirdaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi fermer xo‘jaliklarining sug‘orish maydonlari va kanallariga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 19 maydagi 04/32-516-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining joriy etilishi fermer xo‘jaliklarida erlarning sho‘rlanish darajasini 16,7 % ga kamayishi va suvdan foydalanish samaradorligini 5-7 % ga oshishini ta’minladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish