Muminov Bahodir Boltaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Noravshan va stoxastik axborot muhitlarida ma’lumotlarni izlash va qayta ishlash modellari, usullari», 05.01.04–Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/T75.
Ilmiy maslahatchi: Raxmatullaev Marat Alimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Bekmuratov To‘lqin Fayzievich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Tursunov Baxtiyar Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Bobomuradov Ozod Jo‘raevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korporativ axborot kutubxona tizimlarining noravshan va stoxastik axborot muhitlarida ma’lumotlarni izlash va qayta ishlash modellari, usullarini ishlab chiqish va dasturiy ta’minotini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korporativ axborot kutubxona tizimlarida ma’lumotlarni samarali izlash va qayta ishlashning rekurrent munosabatli saqlash algoritmi takomillashtirilgan va dasturiy moduli ishlab chiqilgan;
elektron resursning kiruvchi va chiquvchi havolalari asosida dastlabki reytingini hisoblash usuli va dasturiy moduli ishlab chiqilgan;
korporativ tarmoqning stoxastik axborot muhitlarida ma’lumotlarni mantiqiy semantik izlash modeli yaratilgan;
noravshan so‘rovlar uchun lingvistik o‘zgaruvchiga asoslangan parametrik tegishlilik funksiyalarini loyihalashtirish usuli takomillashtirilgan va dasturiy moduli ishlab chiqilgan;
noravshan va stoxastik axborot muhitlarida mantiqiy munosabatga asoslangan ma’lumotlarni izlash tizimining semantik yadro modeli, algoritmi va dasturiy moduli ishlab chiqilgan;
noravshan axborot muhitlarida ma’lumotlarni intellektual izlash tizimining Mamdani qoidasiga muvofiq bilimlar bazasini yaratish modeli, algoritmi va dasturiy moduli ishlab chiqilgan;
korporativ tarmoqda ma’lumotlarni izlash tizimini yaratuvchi FSV texnologiyasi, uning arxitekturasi, IDEF modellari va algoritmlari, ma’lumotlar bazasining loyihasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Noravshan va stoxastik axborot muhitlarida ma’lumotlarni izlash va qayta ishlash modellari, usullari, FSV texnologiyasi asosida korporativ axborot kutubxona tizimining «ARMAT++» dasturiy ta’minoti negizidagi natijalari asosida:
elektron resursning dastlabki reytingini havolalar asosida hisoblash usuli, foydalanuvchilarning noravshan so‘rovlari uchun lingvistik o‘zgaruvchiga asoslangan parametrik tegishlilik funksiyalarini loyihalashtirish algoritmi va dasturiy moduli, bilimlar bazasini yaratish usuli, algoritmi va dasturiy moduli Fanlar akademiyasi asosiy kutubxonasining korporativ tarmoqlariga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 30 oktyabrdagi33-8/7293-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida elektron resurslarining reytingini hisoblash samaradorligini 30%ga oshirish, resurslarni taqdim qilishda foydalanuvchilarga reytingi yuqori resurslardan foydalanish, korporativ tarmog‘ida so‘rovlarni qayta ishlash samaradorligini 15%ga oshirish, ma’lumotlarni yig‘ish, izlash va qayta ishlash, taqdim qilish samaradorligini 12%ga oshirish imkonini bergan;
mantiqiy semantik izlashning matematik modeli, so‘rovlarini qayta ishlash uchun lingvistik o‘zgaruvchiga asoslangan parametrik tegishlilik funksiyalarini loyihalashtirish algoritmi va dasturiy moduli, semantik yadro yaratish modeli, usullari, algoritmlari va dasturiy moduli Respublika ilmiy qishloq xo‘jaligi kutubxonasi va uning filiallariaro korporativ tarmog‘iga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 30 oktyabrdagi33-8/7293-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida tabiiy tilda bayon qilingan so‘rovlarga mos resurslarni tanlash imkoniyatini 30%ga, ma’lumotlarni izlash samaradorligini 8%ga, topilgan mos elektron resurslar sonini 2 barobar kamaytirish hamda aniqligini 30 %ga oshirish imkonini bergan.
ma’lumotlarni rekurrent munosabatli saqlash algoritmi, semantik yadro modeli, algoritmi va dasturiy moduli, Mamdani qoidasiga muvofiq bilimlar bazasini yaratish modeli, algoritmi va dasturiy moduli Intellektual mulk agentligi axborot resurs markaziga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 30 oktyabrdagi33-8/7293-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida boshlang‘ich ma’lumotlarni shakllantirish va qayta ishlash samaradorligini 15 %ga, ma’lumotlarni izlash samaradorligini 12%ga, noravshan termli so‘rovlarni qayta ishlash orqali so‘rovga mos ma’lumotlarni sonini 30%ga oshirish hamda ortiqcha ma’lumotlarning sonini 50%ga kamaytirish imkonini bergan;
elektron resursning dastlabki reytingini havolalar asosida hisoblash usuli va dasturiy moduli, mantiqiy semantik izlashning matematik usuli va dasturiy moduli, ma’lumotlarni izlash tizimini yaratish uchun ishlab chiqilgan FSV texnologiyasining IDEF modellari, arxitekturasi va ma’lumotlar bazasining loyihasi «E-Line Press» MChJga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 30 oktyabrdagi33-8/7293-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ilmiy resurs va davriy nashrlarning dastlabki reytingini aniqlash samaradorligini 1,5 martaga, ma’lumotlar bazasini yaratish samaradorligini 20%ga, ma’lumotlarni izlash samaradorligini 5% ga oshirish, topilgan mos resurslar sonini 50 %ga kamaytirish va aniqligini 1,3 martaga oshirish imkonini bergan.