Narmuratov Zayniddin Radjabovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida “ta’lim”,“ilm” konseptlariga oid paremalarning lingvomadaniy tadqiqi”,
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil1063.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Bakirov Poyan Uralovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04 raqamli bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Mirsanov G‘aybulla Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Qurbonov Parda Axmedovich, filologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Urganch  davlat  universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi ta’lim, ilm konseptli paremalarni chog‘ishtirish orqali ularning umumiy hamda farqli jihatlarini ochib berish, turli tizimli tillarda ularning lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ingliz va o‘zbek tillaridagi ta’lim, ilm konseptli maqol, matal, aforizmlarni chog‘ishtirib o‘rganish orqali ularning lisoniy-madaniy jihatdan o‘xshash (Ingl. A good book is a great friend – “kitob insonning eng yaqin do‘stidir”. O‘zb. Kitobdan yaxshi do‘st yo‘q), semantik hamda tuzilishiga ko‘ra  kabi  farqli (Ingl. Learning is the eye of the mind – “o‘rganish bilimni charxlaydi”. O‘zb. O‘qiganing o‘zingga, Jilov berar so‘zingga) jihatlari ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi ta’lim, ilm konseptli maqollarning monoekvivalent (Ingl. The roots of education are bitter, but the fruit is sweet – “Ilmning ildizi achchiq, ammo mevasi shirin”. O‘zb. Ilmning ibtidosi achchiq, so‘ngi boldan ham totli), poliekvivalent (Ingl. Knowing many languages allows one to have many keys to open doors –  “Ko‘p tilni bilish ko‘p eshikni ochishga yordam beradi” . O‘zb. Til bilgan yo‘lda qolmas; Til bilgan – el biladi; Ilm – ochilmagan eshiklar kaliti),  ma’noviy ekvivalent (Ingl. Education begins a gentleman, conversation completes him – “Jentlmen tarbiyadan boshlanadi, suhbat esa uni maromiga etkazadi”. O‘zb. Yigit orif bo‘lsa, aslini so‘rama),  ekvivalentsiz (Ingl. To punish a student, use a shoelace  – “Talabani xivchin bilan savalamoq”. O‘zb. Ishi yo‘q nomoz o‘qir, noni yo‘q ro‘za tutar) kabi turlari aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi ta’lim, ilm konseptli maqollarni olamning milliy, lisoniy manzarasidagi o‘rnini belgilashda madaniy sema, madaniy fon, lakunalar, lingvokulturemalar kabi lisoniy belgilarni muhim o‘rin tutishi hamda har ikki tilda ta’lim va ilm konseptli maqollar qatoriga mazmunan bir xil yoki yaqin bo‘lganligi uchun ba’zi zoonim tematikasiga doir inglizcha To take the bull by the home (Ho‘kizni tug‘ilgan paytidan parvarish qilish), o‘zbekcha Bolani yoshdan o‘rgat, Otni – boshdan o‘rgat. Ta’lim, ilm leksemalari ishtirok etmagan, biroq mazmuni bilan ta’lim, ilm tematikasiga kiruvchi inlizcha Art is long, life is short (san’at abadiy –  umr qisqa), o‘zbekcha Ilmsiz – bir yashar, ilmli – ming yashar kabi maqollar tematik jihatdan farqlanishi va maqollarning ma’nolarini ochib berishda aynan ularning lingvomadaniy xususiyatlari tafovutlanishi  isbotlangan; 
ingliz tilidagi ta’lim, ilm konseptli  paremalarning   teacher/ o‘qituvchi, muallim, student, pupil/ talaba, o‘quvchi, teach, learn/ saboq, lesson/ dars, knowledge / bilim, reading / o‘qish, book / kitob  kabi semantik-mavzuviy guruhlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida “ta’lim”,“ilm” konseptlariga oid paremalarning lingvomadaniy tadqiqi tahlili yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida: 
“parema” tushunchasining etimologiyasi, maqolning paremiologik birlik sifatida statusiga yangicha munosabat bildirilgan fikrlari, ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollarning semantikasi, lingvomadaniy tahlili haqidagi mulohazalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi 2021 yil 16 fevraldagi 05-16/1091-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollarning semantikasi va lingvomadaniy tahlili asosida zamonaviy qiyosiy paremiologiyaga doir muammolarning echimini topishning yangi yo‘nalishlarini ochib berishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tilidagi  ta’lim, ilm leksemalarining farqli va o‘xshash tomonlarini aniqlab, ularning xalq maqollarida namoyon bo‘lish darajasini solishtirib o‘rganish to‘g‘risidagi mulohazalardan “Oliy ta’lim sohasida potensialni rivojlantirish yo‘nalishidagi PAWER-Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2021 yil 7 sentyabrdagi  06/12-3726-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida ta’lim, ilm konseptli maqollarni  farqli va o‘xshash tomonlarini aniqlab, ularning xalq maqollarida namoyon bo‘lish darajasini solishtirib qo‘llanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan;
ta’lim, ilm konseptli  paremalarni leksikografik jihatdan tadqiq etish maqsadida chog‘ishtirma ingliz va o‘zbek tilshunosligida ilk bor “Qisqacha ikki tilli ilm-ma’rifat paremiologik lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (Qisqacha ikki tilli ilm-ma’rifat paremiologik lug‘at. – Toshkent, “ADAST POLIGRAF” 2020. –  84 b. ISBN:978-9943-6885-2-0; 15.12.2020). Natijada  qiyosiy-chog‘ishtirma tahlil etilgan maqollar, ingliz va o‘zbek xalqlarining til boyligini, urf-odatini, mentalitetini, dunyoqarashlarini va tarixini o‘rganishda, hamda til o‘rganuvchilarda kerakli kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish