Babajanov Xudaynazar Rajabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Moxov kasalligining epidemiologik xususiyatlari, uning profilaktikasini takomillashtirish (Xorazm va Surxondaryo viloyatlari misolida)», 14.00.30 - Epidemiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1773.
Ilmiy rahbar: Eshboev Egamberdi Xusanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01. 
Rasmiy opponentlar: Atabekov Nurmat Satiniyazovich, tibbiyot fanlari doktori; Raxmanova Jamila Amanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida qayd etilgan moxov kasalligining epidemologik xususiyatlarini aniqlash va uning profilaktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida aniqlangan bemorlarning jinsi, yoshi, millati, kasallik aniqlanish muddati bo‘yicha tahlili va kasallikning klinik (lepramatoz, tuberkuloid, qiyoslanmagan) turlari bo‘yicha uchrashi isbotlangan;
moxov kasalligi aniqlanganda endemik o‘choq ularning oilasida oldindan mavjudligi anamnezi, kasallik tarixlarining retrospektiv taxlili natijasida isbotlangan;
moxov kasalligi aniqlangan bemorlarda endemik o‘choq ularning oilasida oldindan mavjudligi isbotlangan;
maishiy-muloqotlar sababli moxov kasalligi ayollarga nisbatan erkaklar o‘rtasida ko‘proq qayd etilishi hamda, moxov kasalligining turg‘un endemik o‘choqlari paydo bo‘lishiga olib kelishi asoslangan;
moxov kasalligi endemik o‘choqlarining shakllanishida ichki va tashqi migratsiyaning ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Moxov kasalligining epidemiologiyasi va uning profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moxov kasalligini xususiyatlarini aniqlash natijasida ishlab chiqilgan «Moxov (lepra) kasalligi etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi, davosi, profilaktikasi va patomorfologiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 avgustdagi 8n–z/265–son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma moxov kasalligini erta diagnostikasi, davolash va profilaktikasini samarali amalga oshirish imkonini berib, kasallanish ko‘rsatkichini kamayishi natijasida yuzaga keladigan mehnatga layoqatsizlik darajasini kamaytirish imkonini bergan;
moxov kasalligining oldini olishga qaratilgan, takomillashtirilgan profilaktikasi, migratsiyaning ahamiyatini to‘liq tushuntirib beruvchi ilmiy ma’lumotlar Xorazm viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri, Xorazm viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 dekabrdagi 08-09/19741-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi tibbiy yordam sifatini oshiradi, shuningdek, tashxislash va profilaktikaning yangi uslublarini qo‘llash orqali moxov kasalligi bilan kasallangan bemorlar hayot sifatini yaxshilash, ambulatoriya hamda statsionar sharoitda davolanish muddatini qisqartirish va maishiy– muloqotdagilar orasida kasallanishni sezilarli darajada kamaytirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish