Ongarov Mansurbek Bayrambekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quv dala amaliyotida talabalarning kasbiy metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyalari”, 13.00.02 – Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1815. 
Ilmiy rahbar: Mamatqulov Doniyor Anvarovich, biologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.20.04.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Eshmuratov Roxat Artikbaevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quv-dala amaliyotida talabalarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quv-dala amaliyotida talabalarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, o‘qitishning vizual-tadqiqiy imkoniyatlarini kengaytirish, talabalarning izlanishli faoliyatini individuallashtirish jarayonlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quv-dala amaliyotida talabalarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish modeli professor-o‘qituvchi va talabalarning hamkorlikdagi faoliyati internal integrasiyasini ta’minlashga yo‘naltirilgan tashkiliy-funksional shartlarni zoologiya faniga adaptiv tatbiq etishning ko‘p bosqichli algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
o‘quv-dala amaliyotini axborot texnologiyalari vositasida tashkil etishning metodik shart-sharoitlari “Zoologiya” fanidan yo‘naltiruvchi maqsadni aniq ko‘zda tutadigan mobil ilova ishlab chiqish, amaliy faoliyat samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi interfaol dasturiy vositalardan foydalanishning ergonomik talablarini belgilash, talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirishning biologik ta’lim bilan bevosita aloqadorligini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning amaliy ko‘nikma va malakalarini baholashga doir nazorat topshiriqlarini variativ, tabaqalashtirilgan yondashuv asosida ishlab chiqish, kreativ va amaliy yo‘naltirilgan o‘quv maqsadlarini aniqlashtirish, ularning natijaviyligini ta’minlashga doir axborot texnologiyalari vositasida  o‘quv-dala amaliyotida talabalarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishga doir ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quv-dala amaliyotida talabalarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyalari asosida:
o‘quv-dala amaliyotida talabalarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, o‘qitishning vizual-tadqiqiy imkoniyatlarini kengaytirish, talabalarning izlanishli faoliyatini individuallashtirish jarayonlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5110400 – Biologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “O‘quv-dala  amaliyotida talabalarning kasbiy metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va  o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son buyrug‘i, 110-119 raqamli guvohnoma). Natijada, o‘quv-dala amaliyotini tashkil etishning pedagogik-psixologik, metodik va ergonomik talablarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘quv-dala amaliyotida talabalarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish modelini  o‘quv-dala amaliyotini axborot texnologiyalari vositasida tashkil etishning metodik shart-sharoitlari, “Zoologiya” fanidan yo‘naltiruvchi maqsadni aniq ko‘zda tutadigan mobil ilovani ishlab chiqish, amaliy faoliyat samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi interfaol dasturiy vositalardan foydalanishning ergonomik talablarini belgilash, talabalarning mediasavodxonligini rivojlantirishning biologik ta’lim bilan bevosita aloqadorligini hisobga olish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5110400 – Biologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “O‘quv-dala  amaliyotida talabalarning kasbiy metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va  o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son buyrug‘i, 110-119 raqamli guvohnoma). Natijada, o‘quv-dala amaliyotida talabalarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga erishilgan;
talabalarning amaliy ko‘nikma va malakalarini baholashga doir nazorat topshiriqlarini variativ, tabaqalashtirilgan yondashuv asosida ishlab chiqish, kreativ va amaliy yo‘naltirilgan o‘quv maqsadlarini aniqlashtirish, ularning natijaviyligini ta’minlashga doir axborot texnologiyalari vositasida  o‘quv-dala amaliyotida talabalarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishga doir ilmiy taklif va tavsiyalardan 5110400 – Biologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “O‘quv-dala amaliyotida talabalarning kasbiy metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va  o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son buyrug‘i, 110-119 raqamli guvohnoma). Natijada, o‘quv-dala amaliyotini tashkil etish va o‘tkazishda axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish