Yunusova Barchinoy Mahmudxonovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Alpomish” dostoni onomastik birliklarining leksik-semantik va uslubiy tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil1038.
Ilmiy rahbar: Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04. 
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Ma’rufjon Muhammadovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yuldashev Doniyor Taxirovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Alpomish” dostoni matniga xos antroponim, etnonim, mifonim, teonim, toponim va zoonim kabi onomastik birliklarning leksik-semantik va uslubiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Alpomish” dostonidagi antroponim, toponim, zoonim, mifonim  kabi  onomastik birliklarning asar mavzu va g‘oyasiga mutanosib tarzda shakl hamda ma’no uyg‘unligi tamoyilida yaratilganligi dalillangan; 
dostondagi antroponim, mifonim, etnonim kabi onomastik birliklarning xalq va uning og‘zaki poetik ijodi takomilidagi sotsiolingvistik, milliy, madaniy, diniy an’analarni ifodalash bilan bog‘liq lingvokul`turologik hamda poetonimlar nomlanishining o‘zbek xalqining qadimiy urug‘-qabilalari an’anlariga aloqador etnolingvistik jihatlari ochib berilgan; 
dostondagi antroponim, toponim, zoonim va mifoantroponim, mifotoponim hamda mifozoonim kabi onomastik birliklarning lug‘aviy asoslariga doir leksik-semantik, tarixiy-etimologik, etnik jihatlar bilan bog‘liq  milliy-madaniy nominatsion-motivatsion xususiyatlar ochib berilgan;
“Alpomish” dostonidagi bosh timsollarning o‘zbek lingvomadaniyatida xalqning milliy an’analari, g‘ururi, shon-sharafi, orzu-istak hamda ezguliklarini ifodalovchi bahodirlik, pahlavonlik, mardlik, go‘zallik, vafodorlik etaloni va ramzi sifatidagi lingvofol`kloristik qirralari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Alpomish” dostonidagi onomastik birliklar tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan: 
“Alpomish” dostonidagi atoqli otlarning lisoniy tasnifi va tavsifi, sotsiolingvistik, lingvokul`turologik, etnolingvistik, lingvofol`kloristik tahlili va badiiy, uslubiy ahamiyatiga doir xulosalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan PZ-20170927147 – “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 28 oktyabrdagi 04/1-2076-son ma’lumotnomasi). Natijada “Alpomish” dostoni mavzusi, g‘oyaviy mazmuni va timsollariga doir tahlillar mukammallashgan;
dostonning onomastik birliklarining leksik-semantik va uslubiy tadqiqiga doir xulosalar, ilmiy-nazariy qarashlardan Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida F1-FA-0-43429 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 14 apreldagi 17.01/54-son ma’lumotnomasi). Natijada “Alpomish” dostonining o‘zbekcha va qoraqalpoqcha variantlaridagi onomastik birliklarning qiyosiy tadqiqi mukammallashgan;
“Alpomish” dostoni timsollarini ifodalovchi Dovonbiy, Alpinbiy, Hakimbek, Alpomish, Barchin, Boybo‘ri, Boysari, Ultontoz kabi antroponimlar, qo‘ng‘irot, qalmoq etnonimlari va ular bilan bog‘liq xoronimlar (yurt nomlari) va Boychibor, Qoranor zoonimlarining leksik-semantik, etimologik, lingvomadaniy tahliliga doir ilmiy xulosalardan 2019-2020 yillarda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2020 yil 2 dekabrdagi 142-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning “Alpomish” dostonidagi atoqli otlarning lisoniy xususiyatlari hamda matndagi vazifalarini o‘rganishlarida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish