Xudoynazarova O‘g‘lonoy Allamurodovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida mifonim komponentli frazeologizmlarning lingvokul`turologik   tadqiqi”, 10.00.06 –Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1389.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Maxmaraimova Shoxista Tuxtashevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04. 
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Eltazarov Jo‘liboy Donaboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy  ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida mifonim komponentli frazeologizmlarning ingliz va o‘zbek lingvomadaniyatida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.    
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mifonim komponentli frazeologizmlarning til frazeologik fondi, milliy lisoniy, milliy qadriyatiy hamda milliy diniy-e’tiqodiy manzarasini shakllantirishdagi lingvomadaniy o‘rni ingliz va o‘zbek tillaridagi mifonim komponentli frazeologizmlar hosil bo‘lish referentativ, leksik-sintaktik farqlari asosida ochib berilgan;
turli tizimli tillarda mifokomponent talqini realionimlarning referentativ asoslari: o‘xshatish birliklarining antroponim, mifonim, fitonim, zoonim, demonim etalon lingvomadaniy kodlariga taqalishi, mutlaq mifonim yuzaga chiqishidagi farq esa hosila nominatsiyaning sodir bo‘lish yo‘llari evaziga  qaror topishi aniqlangan;
diniy-e’tiqodiy tushunchalarni personifikatsiyalashtiruvchi ingliz mentalitetidan farqli, har bir musulmon xalqi diniy manzarasida o‘z o‘rniga ega, Allohning irodasini aks ettiruvchi barcha turdagi frazeologik qurilmalar frazemalar emas, diniy barqaror birikmalar yoxud religionimlar ekani isbotlangan;
qiyoslanayotgan har ikki tilning diniy-e’tiqodiy, mifologik, konseptual manzarasi uchun Jannat (Heaven), farishta (Angel), ruh, arvoh (Spirit, Ghost), Iblis, shayton (Devil), Do‘zax (Hell), Azroil (Azrael) tushunchalari sabab-oqibat, oxirat-jazo falsafiy kategoriyalariga birlashuvchi universal lingvomadaniy konseptlar ekani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Ingliz va o‘zbek tillarida mifonim komponentli frazeologizmlarning lingvokul`turologik tadqiqi tahlili yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi mifonim komponentli frazeologizmlarning hosil bo‘lishidagi farqlarning lingvokonseptual asoslariga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi  Qoraqalpog‘iston  bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan  FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” hamda FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi fundamental va ilmiy-amaliy loyihalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 17 yanvardagi 200-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli tizimli tillarda frazeologizmlar tarkibidagi mifokomponentning hosil bo‘lish usullaridagi farq hosila nominatsiyaning sodir bo‘lish yo‘llari evaziga qaror topishiga doir ma’lumotlar loyiha mazmunining lingvomadaniy jihatdan to‘ldirilishiga xizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz tillari frazeologik sathining tasnifida mifokomponentlar negizidagi o‘xshatish birliklarining lingvomadaniy kodlari borasidagi  xulosalar, mifonim komponentli frazeologizmlarning badiiy va ilmiy asarlar tarjimasi bilan bog‘liq muammolar echimi doirasida ishlab chiqilgan  ilmiy va amaliy tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining  Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan gid-tarjimonlarni tayyorlashda keng foydalanilgan, shuningdek, 5-10-apreldagi “Xalqaro baxshichilik san’ati” festivalida,  24-25-avgustdagi “Meros” haftaligi doirasida “O‘zbekiston - buyuk yo‘llar va sivilizatsiyalar  chorrahasi, imperiyalar, dinlar, madaniyatlar”  mavzusidagi arxeologiya-turizm forumida va 21-22 sentyabrdagi  “Open South International Business  Forum II” xalqaro biznes forumida faol ishtirok etib, tadbirlarning yuqori saviyada o‘tkazilishiga, ingliz va o‘zbek tillari lug‘at tarkibining  o‘zlashgan  frazeologizmlar asosida boyish manbalari, mifonim komponentli frazeologizmlarning diskursiv tahlilini amalga oshirish orqali ularning lingvomadaniy ahamiyatini aniqlashga oid ilmiy tavsiyalaridan  “Gid hamrohligi  va tarjimonlik faoliyati” ta’lim yo‘nalishi uchun  o‘quv-ilmiy manbalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasining 2021 yil 5 noyabrdagi 01-06/785-son ma’lumotnomasi). Natijada noqardosh tillardagi  mifonim komponentli frazeologizmlarning tafovut va o‘xshash tomonlari  chog‘ishtirma  tahlili, ingliz va o‘zbek tilidagi ushbu guruhga mansub frazeologik birliklarning badiiy asarlarda  tutgan o‘rni, siyosiy doirada  qo‘llanilishiga oid bilimlarning mukammallashuviga erishilgan;
tilshunoslikda mifonim, frazeologizm terminlarini tadqiq etish va mifonim komponentli frazeologizmlarning ingliz va o‘zbek tillarida o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy-nazariy xulosalardan Surxondaryo viloyat “Yangi asr” teleradiokompaniyasida ilmiy mavzuga bag‘ishlangan radioeshshittirishni tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 30 sentyabrdagi 01-15/755-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning ilmiy ommabopligi ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish